Birinchidan , inson o’zining mehnat faoliyati natijasida voqelikni estetik o’zlashtiradi .Undagi go’zallikni kashf etadi va idrok qiladi .
Ikkinchidan , estetik tarbiya ishning barcha usul va vositalari kishida to’g’ri estetik fikr va idrok qilishni rivojlantirishga qaratilmog’ lozim . Ya’ni kishining estetik bahosi , mulohazasi va idroki voqelikda mavjud bo’lgan go’zallikni yoki xunuklikni to’g’ri aks ettirishi kerak .
Uchinchidan , estetik tarbiya kishida har tomonlama va keng estetik did va manfaatllarni rivojlantirishni , kishilarni har qanday xunuklik , yaramaslikka nafrat ko’zi bilan qarash , go’zallikni ijod qilish ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi .
Estetikaning maqsadi – insonda hayotdagi , san’atdagi go’zalliklarni umumjahon qadriyatlari nuqtai nazardan idrok eta bilish va baho bera olish qobilyatini tarbiyalash va o’stirishdan iboratdir .
Biz estetik jihatdan yaxshi tarbiya olgan deb o’z mehnati bilan hayot go’zalligiga qo’shuvchi , mehnat va ijtimoiy faoliyatini estetik kamolot darajasiga ko’taruvchi komil insonni tushunamiz .
“Agar kishini turmush ustozi dono qilmasa , hech dono unga so’z o’rgotmoq uchun ovora bo’lmasinki , mehnati zoya ketadi “ , - deydi Kaykovuz . Demak , kishini tarbiyalashda hayotiy ta’sirining roli Kaykovuzning diqqatidan chetda qolmagan . Yana u tarbiyani inson aqlini , shaxsiy hayotini shakllantiruvchi omillardan deb biladi . Uning fikricha , dunyoni bilishdan maqsad undan foydalanishdir .
Oddiy musiqa kuyi , chiroyli gullar , suratlar dastlabki estetik kechinmani keltirib chiqaradi . Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning estetik tarbiyasi , avvalo , ularning “ korish “ , “ eshitish “ , tabiyat ko’rinishlari , atrof muhitdagi go’zalliklarni ajrata bilish va baholash ko’nikmasini hosil qilishga qaratilgan . Buning uchun ashula , musiqali o’yin , rasm solish , haykalchalar yasash mashg’ulotlari keng qo’llaniladi . Estetik tarbiya aqlli , ahloqiy va jismoniy tarbiya bilan uzviy bog’liq .
Estetik tarbiya yosh avlodning ahloq madaniyatini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi . San’atga ehtiyojni , uni tushunushni , badiiy ijodda faol qatnashishga intilishni tarbiyalash estetik tarbiyaning birinchi navbatdagi vazifasidir . O’z navbatida san’at ham biror maqsastdagi qaratilgan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi.
Estetik hissiyot hayot hodisalarini yoki san’at asarlarini estetik idrok etish jarayonida paydo bo’ladi .
Estetik hissiyot shu idrok yuzaga keltiradigan o’ziga hos kechinmadan iborat bo’lib, go’zallikni va yuksaklikni , fojiaviylik yoki kulgililikni his qilish sifatida yuz beradi . Insonning hayotga estetik munosabati nozik hissiyot tarixiy taraqqiyot mahsulidir . U jamiyat estetik ongining darajasini aks ettiradi .
Avvalo , chiroylilikni , go’zallikni xunuklikdan , jirkanchlikdan farq qila bilish qobilyatidir . San’at asaerlariga baho beradigan hollarda estetik did badiiy did ham deb ataladi . Yaxshi estetik did chinakam go’zallikdan lazzat ola bilish , mehnatda , turmushda , yurish – turishda , san’atda go’zallikni idrok etish va yaratishga ehtiyoj sezish demakdir . Aksincha , yomon estetik did insonni voqelikka estetik munosabatini buzadi , chinakam go’zallikka uni loqayd qilib qo’yadi , ba’zan esa hatto shunga olib keladiki , inson hunuk narsadan lazzat oladigan bo’ladi . Rivojlangan estetik didni shakllantirish – estetik tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir.
Ta’lim – tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o’z diqqat- e’tiborini yakka odamga va ijtimoiy guruhga qaratadi . Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror topdirishga hizmat qiladi . Ayonki , tarbiya inson ongiga , his -tuyg’ulariga , tasavvurlariga , e’tiqodiga , dunyoqarashiga , xatti – harakatlariga , xulq – atvoriga ta’sir o’tkazishni o’z oldiga maqsad va vazifa qilib qo’yadi .
Shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal qilib , ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik hodisan anglatadi . Shuni ta’kidlash lozimki , qadimgi dunyoda umuman tarbiya mqasadi estetik asosda namoyon bo’lgan . Masalan , qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqorolarnihar tomonlama rivojlanishiga , “ rux va badan “ hamaohangligini qaror topdirishga yo’naltirilgan edi .
Aflatun va Arastu kabi zabardast mutafakkirlar ta’limotlarida estetik tarbiya tizimining bir – biridan farqli tomonlari bo’lgani holda umumiylik ham mavjud bo’lib , u yagona estetik orzuni qaror topdirishga , yagona ahloqiy xulq – atvor va fuqorolik hislat fazilatlarini shakllantirishga hizmat qilgan edi .
Bugunbi kunda estetik tarbiyaning ahamiyati yanada ortib bormoqda .
Birinchidan , mustaqillik sharoitida inson omili ortib bormoqda , hayotning barcha jabhalarida faoliyat ko’rsatayotgan insonlarning ezgu hislat - fazilatlari , ongliligi , faolligi , ijodiy qobilyatlari o’smoqda .
Ikkinchidan , O’zbekiston aholisining ko’pchiligining umiumiy madaniyati yuksalib borishi jarayonida yangi texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishni tashkil qilish ishi tobora takomillashib boryapti .
Uchinchidan , yangi ishlab chiqarish munosabatlari , bozor iqtisodiyotining keng o’zin egallab boroyatganligi qonunchiligining yanada rivojlanib amal qilinayotganligi fuqorolarning umumiy madaniyati , ayniqsa , estetik madaniyati darajasining yuksalib borishining taqozo etmoqda .
To’rtinchidan , hozirgi davar ilmiy texnika inqilobi sharoitida elektronika , avtomatika , kibernetika , informatika kabi fanlar ishlab chiqarish sohasini tubdan qayta qurishga imkoniyatlar yaratib beryapti . Bu hol ishlab chiqarishda band bo’lgan odamlarning ruhiy holatining ham tubdan o’zgarishini , ijtimoiy ruhiy , ahloqiy estetik saviyasini oshirishni taqozo etmoqda .
Beshinchidan , radio , matbuot , ayniqsa , “ oynai jahon “ kabi ommaviy axborot vositalaring turmshudan keng o’rin olishi natijasida badiiy axborot hajmining ham keskin ortib borishi estetik tarbiyaga yanada ko’proq e’tibor berishni talab etmoqda .
Avvallari estetik tarbiya o’ta tor va bir tomonlama talqin qilinar , ya’ni uni san’at asarlarini to’g’ri idrok etish , bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san’at turini bilib olib , muayyan badiiy ko’nikmalarga ega bo’lish doirasida in’ikos etilar edi .
Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi bo’lib , u estetikl tarbiyaning asosiy mazmuni va maqsad – yo’nalishlarini to’la ifodalamaydi . Badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi munosabatlarni san’at vositalari yordamida shakllantirishdir .
Insoning estetik ongoning shakllantirish jarayonida uni ahloqiy mehnat ekologik jihatlardan tarbiyalash vazifalarini qamrab oladi .
Ahloqiy tarbiyaga ta’siri shundaki , nafosat olami ezgulik va yaxshilikdan , beg’araslikdan ajralmagan holda amal qiladi . Estetik tarbiyaning mehnat tarbiyasi bilan birlashib ketishi , mehnat jarayoni shaxsning tabiiy ehtiyojiga aylanib borishida o’z ifodasini topadi.
Xulosa:
Ushbu mavzusi orqali men bolalarga kerakligicha ma’lumot yetkazib berishni oʻrgatdim.
Olim, fozil Rizouddin ibn Faxruddin aytadi:
«Odam bolasi aqlli, g’ayratli bo’lib dunyoga keladi, lekin uning aqlini, g’ayrat va ijtihodini ichkilik bitiradi. Dunyoda har narsani aksincha ko’rsatib turuvchi narsa ichimlikdir. Bir kishiga ichkilik qadahini beruvchi odam u bechoraning vijdonini va bir oilaning umidini o’ldirib, eng buyuk jinoyat qilgan bo'ladi».
Olimlarning isbotlashicha, nikotin tutuni tarkibida nikotin, oltingugurt, ammiak, azot, is gazi, turli efir moylari, sianid kislotasi, chumoli kislotasi, sirka va valeriana kislotalari, shuningdek, inson organizmi uchun o’ta zararli bo’lgan boshqa har xil moddalar mavjud1. Bunday giyohlar asosan uchga bo’linadi: ko’knor giyohi, nasha giyohi, tamaki giyohi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni yaqinlashib kelmoqda. Bu kun to‘la ma’noda barchamiz uchun qadrli va ahamiyatli bo‘lib qoldi. Zero, sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz va butun mintaqada tinchlik-totuvlikni ta’minlay oladigan, yovuz kuchlarning g‘arazli niyat va xurujlarini bartaraf etishga qodir armiya mavjud ekan, hayotimiz hamisha osuda, osmonimiz musaffo bo‘ladi.
Bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlashning asosiy mazmuni tarbiyalanuvchilarni har tomonlama jismonan ma'nan va ruhan sog’lom tarbiyalashdan iborat.
Bolalarga geometrik shakllar haqidagi bilimlarni berishda asosan amaliy mashg’ulotlarning ahamiyati katta. Bolalarning kichik guruhdan boshlab maktabgacha tayyorlov guruhiga qadar olgan bilimlari mustahkamlanib, yangilari bilan boyitiladi. Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun narsa-buyumlarni esga tushirishga oid turli topshiriqlar berib boriladi. Bunda har xil o`yinlardan ham foydalanish mumkin
Mamalakatimizning kelajagi ertasi bo'lgan sog'lom avlodni uzluksiz maktab ta'limiga tayyorlashda ilk qadam davlat òquv dasturi asosida talim tarbiya berilmokda. Xozirgi kunda maktabgacha talim tizimini rivojlantirish borasida qator qarorlar ishlab chiqilib izchil isloxotlar olib borilmoqda.
.
FOYDALINGAN ADABIYOTLAR:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Qaror va farmonlari.
2. Ilk qadam oʻquv dasturi.
3. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1997.
4. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.
5. Ishmuhamedov R.J. Innovatsiya texnologiyalari yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. – T.: TDPU, 2004.
6. htpp:/ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |