bibliografiya markazi sifatida
Mamlakatimizda uzoq tarixga ega bo‘lgan kutubxona Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidir. 1867- yili 16- avgustda Turkiston
general-gubernatori K. P. Kaufman Xalq maorifi vazirligiga Turkistonda kutubxona
tashkil etish va kitob omborlaridan dublet nusxali kitoblarni ajratish hamda shu
Xurramov Qudrat
asosda kutubxona tashkil etishga yordam so‘rab murojaat qiladi. 1870yil mayida 200
nomdagi 2200 adabiyot to‘planib, Toshkent ommaviy kutubxonasi yadrosi tashkil
etiladi va kutubxona ochiladi. O‘lkashunos olim, kuchli bibliofil va
kutubxonashunos N. V. Dmitrovskiy shu kutubxonaning birinchi direktori etib
tayinlanadi.
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi 2002- yil 20-
fevralda e’lon qilingan Respublikamiz Prezidentining «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini
takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra Respublika ilmiy-texnika
kutubxonasi bilan birgalikda qo‘shilib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi» deb qayta tashkil etildi. Shu yil 4- iyuldagi Vazirlar Mahkamasining
qarori bilan Milliy kitob palatasi ham Milliy kutubxona tarkibiga o‘tkazildi. Milliy
kutubxona respublikamizning davlat kutubxonasi, axborot va madaniyma’rifiy
muassasasi bo‘lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiytadqiqot, ilmiy-uslubiy va
axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxonaning asosiy maqsadi — butun insoniyat
bilimini aks ettirgan, O‘zbekistonga va uning milliy manfaatlariga taalluqli barcha
turdagi hujjatlarning universal fondini yig‘ish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi
uchun taqdim etishdir.
Hozirgi kunda kutubxona jahonning 75 tilidagi deyarli 10 mln nusxa hujjatga
ega, undan 3 mln dan ortig‘i o‘zbek milliy matbuotini tashkil etadi. Har yili
kutubxonaga 15 — 20 ming nusxa hujjat olinadi. Kutubxona 1956- yildan Xalqaro
kitob almashuv tizimida ish olib boradi va jahonning 24 davlatidan 30 dan ortiq
tashkilot bilan hamkorlik qiladi. Kutubxonada 20 dan ortiq bo‘lim mavjud bo‘lib,
kitobxonlarga kutubxonachilik, bibliografik va axborot xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
250 mingdan ortiq nashrga ega bo‘lgan «Noyob va nodir adabiyotlar bo‘limi», 7 mln
dan ortiq hujjatni saqlovchi «Asosiy fondni saqlash bo‘limi», 260 ming hujjatni
saqlovchi «Fondlarni depozitlar saqlash bo‘limi», 35 mingdan ortiq fondga ega
bo‘lgan «Bibliografik ma’lumot nashrlar fondi», 80 mingdan ortiq o‘zbek mumtoz
va jahon musiqasi ovozli yozuvlari, musiqa-nota nashrlari, 150 mingdan ortiq
tavsiriy va amaliy san’at asarlari to‘plangan «Madaniyat va san’at bo‘yicha ilmiy-
axborot bo‘limi», «Kutubxonachilik ilmiy-marketing tadqiqotlari markazi»,
Do'stlaringiz bilan baham: |