Bibliografik sharhlar
— hujjatlar haqidagi hikoyadan iborat. Sharhda
axborot beriladigan adabiyotlar soni va uning tartibi maqsadiga, kitobxonlar
guruhi, mavzuning mazmuni va boshqa xususiyatlarga ko‘ra tanlanadi.
Bibliografik sharhning elementi: kirish qismi, tahliliy qism va xulosa. Bibliografik
sharhlarning maqsadi — kitobxonlar guruhida mavzuga qiziqish uyg‘otish,
mavzuga oid eng yaxshi adabiyotlarni tanlashga yordam berish va ularni targ‘ib
qilish. Kitobxon yoki iste’molchi oddiydan murakkabga, aniq masaladan umumiy
masalaga o‘tib borish bilan aniq bir bilimlar hajmiga ega bo‘ladi. Sharhda
tanlangan izchillikda joylashgan har bir adabiyotga to‘la bibliografik tavsif va
undan keyin hikoya beriladi. Buning uchun oldindan bibliografik sharh matni
tayyorlab olinadi. U hujjat sifatida saqlanadi, boshqa talabgorlarga yoki
Xurramov Qudrat
kutubxonalarga tarqatish uchun qo‘llaniladi, tadbirning yaxshi va samarali
o‘tishiga yordam beradi. Bibliografik tavsifda, umuman, sharh o‘qib berilmaydi.
Sharhlarni ommaviy axborot vositalari sahifalarida, radio va televideniya orqali,
internet veb sahifalarida joylashtirish mumkin. „Turon“ nomli Òoshkent viloyat
ilmiy-universal kutubxonasi tayyorlagan va internetga qo‘ygan „Turon
durdonalari“ veb sahifasida Samarqand, Xiva, Buxoro va Òoshkent viloyatlari
kutubxonalari fondida saqlanayotgan nodir qo‘lyozma kitoblar haqida hikoya
qilinadi.
Bibliografik qo‘llanmalar
ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra boshqa mahsulotlardan
ajralib turadi va ularga nisbatan keng qamrovli va katta hajmga ega. Shunga ko‘ra
maxsus va davlat bibliografiyasining turlari tayyorlanadi.
Davlat bibliografik ko‘rsatkichlari
davlat hisobini olib boradi.
Maxsus
bibliografik qo‘llanmalar
ilmiyyordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid, tavsiya
xarakterida bo‘ladi. Nashriyotchilik va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari
nashrdan chiqadigan yangi adabiyotlar yoki nashr etilgan asarlar va kitob savdosi
tizimlarida mavjud adabiyotlar haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi. Berilayotgan
materiallarning mazmuniga ko‘ra bibliografik qo‘llanmalar quyidagi turlarga
ajratiladi:
universal, ko‘p tarmoqli, mavzuli, shaxsga oid, mamlakatshunoslik,
o‘lkashunoslik.
Universal qo‘llanmalar bilimning va amaliy faoliyatning hamma sohalariga va
fan tarmoqlariga oid, ko‘p tarmoqlilari esa bir necha bilim sohasiga ega bo‘ladi.
Tarmoq qo‘llanmalar bilimning bir sohasiga, mavzuli qo‘llanmalar aniq bir
mavzuga, oid materiallarni o‘z ichiga oladi. Shaxsga oid qo‘llanmalar bir shaxsning
hayoti va ijodiga oid barcha adabiyotlarni, mamlakatshunoslikka oid qo‘llanmalar
esa bir yoki bir necha mamlakat haqidagi materiallarni, o‘lkashunoslik xarakteridagi
qo‘llanmalar esa mamlakat haqidagi adabiyotlarni aks ettiradi. Qo‘llanmalar turiga,
maqsadiga ko‘ra ayrim xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Birinchi xususiyati
xronologik
aniq chegaraga ega. Qo‘llanmaning maqsadidan kelib chiqqan holda aniq yillar
davomida nashrdan chiqqan adabiyotlar va boshqa materiallar tanlab olinadi.
Ikkinchi xususiyati
— agar ko‘rsatkich hisobga olish maqsadida tuzilsa, har
Do'stlaringiz bilan baham: |