Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Oʻzbekiston Respublikasi xukumati barcha tarixiy obidalarni avaylab asrash, tiklash va kelajak avlodlarga yetkazish masalasini qat’iy qoʻydi va tegishli tashkilotlarni bu ishlarga jalb etdi. Ayniqsa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi 7- sessiyasida 30-avgust 2001-yilda qabul qilingan "Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish" Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi bu sohada katta oʻzgarishlar yaratdi.
YUNESKO tomonidan Xiva shahri Ichan-qal’a ansambli, Buxoro shahri markazi, Shaxrisabz shahri va Samarqand shahri arxitektura yodgorliklari jaxon umuminsoniy qadriyatlari deb e’lon qilinishi, Oʻzbekistonni qadimdan rivojlangan mamlakat ekanligini dunyoga tanitdi. Shu tufayli hozirgi kunda dunyoda bu umuminsoniy qadriyatlarga boʻlgan qiziqish keskin ortib bormoqda va rivojlangan mamlakatlar obidalarimizni restavratsiya qilish, konservatsiyalash ishlariga investitsiya kiritish istagini bildirmoqdalar.
Tadqiqotning ob’yekti. Restavratsiya ishining asosiy bosqichlari boʻlgan me’moriy-restavratsion topshiriqni tuzish va topshirish, tadqiqotlar tizimini bajarish
Tadqiqotning predmeti.
Me’moriy restavratsiya usullarini tanlash, ilmiy-tadqiqot loyihalashtirishini bajarish, me’moriy merosni restavratsiya qilish, qayta ta’mirlash va konservatsiya uslublari hamda konstruksiyalarni tiklash va kuchaytirish usullarini oʻrganish masalalarini qamrab olgan.
Me’moriy obidalarni muhofaza qilishda profilaktik ishlar muhim ahamiyatga ega boʻlib, biron sabablarga koʻra bino ahvoliga solinayotgan xavf-xatarni bartaraf etish va uning chidamliligini oshirishga xizmat qiladigan texnik tadbirlar sohasida oraliqdagi boʻgʻin hisoblanadi. Oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar bino ahvolining yaxshilanishiga olib keladi, yemirilish jarayonlari rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi va konservatsiya va restavratsiya boʻyicha kompleks ishlarni oʻtkazish uchun qulay sharoitlarni yaratib, kelgusidagi restavratsiya boʻyicha ish hajmlari va moliyaviy xarajatlarga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatadi.
Obidalarni muhofaza qilish boʻyicha ishlar jarayonida turli masalalar yuzaga kelishi mumkin. Texnik nuqtai nazardan ularni uchta asosiy yoʻnalishlarga boʻlish mumkin: ogohlantiruvchi ishlar ob’yektning atmosfera yogʻingarchiliklari, yashin urishlari va sh.oʻ. (namlik, yongʻinlar, zamburugʻlar, parazitlar) hodisalardan yemirilib ketishining oldini oladigan, binoning tashqi yoki ichki pardozi va foydalanish qulayliklari bilan bogʻliq boʻlgan elementlari mexanik va kimyoviy shikastlanishiga yoʻl qoʻymaydiganturli vositalardan foydalanish bilan bogʻliq boʻladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |