Har bir mamlakatning jahondagi mavqyei uning yer usti va yer osti boyliklari bilan emas, balki uning madaniyat tarixi bilan belgilanadi. Barcha sivilizatsiya tarixiga ega boʻlgan mamlakatlar oʻzining madaniy yodgorliklari, shu jumladan arxitektura obidalari bilan umuminsoniy ma’naviyat boyliklariga xissa qoʻshib kelmoqda. Bu sohada Birlashgan millatlar tashkilotining Ta’lim, Ilm-fan va Madaniyat boʻlimi (YUNESKO) dunyodagi barcha umuminsoniy qadriyatlarni belgilash, tiklash va asrash borasida koʻp ishlarni amalga oshirmoqda. Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi hududi oʻta boy sivilizatsiya tarixiga ega. Unda madaniy qadriyatlar, shu jumladan arxitektura yodgorliklari koʻp boʻlib, oʻziga xos ansambllarni tashkil etgan. Oʻzbekiston Respublikasi xukumati barcha tarixiy obidalarni avaylab asrash, tiklash va kelajak avlodlarga yetkazish masalasini qat’iy qoʻydi va tegishli tashkilotlarni bu ishlarga jalb etdi. Ayniqsa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi 7- sessiyasida 30-avgust 2001-yilda qabul qilingan "Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish" Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi bu sohada katta oʻzgarishlar yaratdi. - Har bir mamlakatning jahondagi mavqyei uning yer usti va yer osti boyliklari bilan emas, balki uning madaniyat tarixi bilan belgilanadi. Barcha sivilizatsiya tarixiga ega boʻlgan mamlakatlar oʻzining madaniy yodgorliklari, shu jumladan arxitektura obidalari bilan umuminsoniy ma’naviyat boyliklariga xissa qoʻshib kelmoqda. Bu sohada Birlashgan millatlar tashkilotining Ta’lim, Ilm-fan va Madaniyat boʻlimi (YUNESKO) dunyodagi barcha umuminsoniy qadriyatlarni belgilash, tiklash va asrash borasida koʻp ishlarni amalga oshirmoqda. Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi hududi oʻta boy sivilizatsiya tarixiga ega. Unda madaniy qadriyatlar, shu jumladan arxitektura yodgorliklari koʻp boʻlib, oʻziga xos ansambllarni tashkil etgan. Oʻzbekiston Respublikasi xukumati barcha tarixiy obidalarni avaylab asrash, tiklash va kelajak avlodlarga yetkazish masalasini qat’iy qoʻydi va tegishli tashkilotlarni bu ishlarga jalb etdi. Ayniqsa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi 7- sessiyasida 30-avgust 2001-yilda qabul qilingan "Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish" Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi bu sohada katta oʻzgarishlar yaratdi.
Malumki, har qanday tarixiy obidadan o’z vaqtida vazifasiga ko’ra foydalanilgan,keyinchalik saqlab kelingan,buzilgan bo’lsa tuzatilgan; bazan qayta tiklangan.Qadimda tarixiylik hissiyoti rivoj topmagan edi.
Me’moriy yodgorliklarni saqlash keyingi paytlarda ommaviy tus oldi. Binolarni qayta qurishdan oldin ularni xususiyatiga qaratiladigan asosiy e’tibor shundan iboratki, bunda yangi vazifalar nazarda tutilgan holda binolarni qayta qurish paytida ularning oldingi qiyofasi mumkin qadar saqlanib qolishi birdan-bir jiddiy maqsad qilib qoʻyiladi. Asrlar oʻtishi bilan asori-atiqalar eskiradi va buzila boshlaydi. Shuning uchun ham ularni ta’mirlashga toʻgʻri keladi.
Har qanday ta’mirlashdan koʻzda tutiladigan umumiy maqsad me’morchilik asarining madaniy-tarixiy rolini hamda ahamiyatini aniqlash va tasdiqlash, shuningdek, ularning badiiy qadriyatlarini roʻyobga chiqarishdan iboratdir.
«Ta’mirlash» umumiy tushunchasining ichida ta’mirchi mutaxassislar uchun ahamiyat kasb etadigan bir qator torroq ma’nolar: konservatsiya, ta’mirlash, qayta qurish, tiklash va yangilash ham mujassamdir.
Bundan tashqari mazkur me’moriy yodgorlikning vazifasi oʻzgaradigan boʻlsa, undan boshqa maqsadlarda foydalanish koʻzda tutiladi, binoni mana shu yangi ehtiyojlarga moslashtirish ishlari olib boriladi.
Ilgari keng foydalanilgan yangilashga endilikda yoʻl qoʻyish mumkin boʻlmay qoldi. Konservatsiya bilan yangilash oʻrtasidagi oraliq holatni ta’mirlash, qayta qurish va tiklash egallaydi.
Ta’mirlash deyilganda binoda alohida detallar va elementlarni aniqlash hamda qat’iy cheklangan holda qisman tiklash bilan bogʻliq tuzatish ishlarini oʻtkazish tushuniladiki, bularni ilmiy asoslash uchun naturadagi binoning oʻzida baxs talab qilmaydigan va yaqqol koʻrinib turgan ma’lumotlar mavjud boʻladi. Qayta-qurish deganda shunday tuzatish-tiklash ishlari tushuniladiki, bunda nafaqat me’moriy yodgorliklarning saqlanib qolgan qismlari tuzatiladi, balki inshootning yoʻqolib ketgan alohida qismlari, masalan, qanotlari, minoraning ustki qismi va hakozolar ham qayta tiklanadi. Bunday ishlar ham baxs talab etmaydigan ilmiy asoslashlar mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Tiklash deganda binoni poydevor ustiga yangidan barpo etish yoki nurab ketgan me’moriy yodgorlikning boshqa qoldiqlarini oʻrniga keltirish tushuniladi. Me’moriy yodgorliklarni saqlashning muhimligi, ularning badiiy va tarixiy ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq namoyon boʻlgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |