MAGISTR DARAJASINI OLISH UCHUN YOZILGAN DISSERTATSIYASI
TAQDIMOTI
MAVZU: O’rta Osiyo moddiy-madaniy meros obyektlarining restavratsiya,konservatsiya va muzeylashtirishjarayonlari tarixi ( arxeologik yodgorliklar misolida)
mundARIJA
KIRISH
I BOB. O’rta Osiyo moddiy-madaniy meros obyektlarining restavratsiya,konservatsiya va muzeylashtirish jarayonlari tarixi ( arxeologik yodgorliklar misolida)
1.1. Restavratsiyaning maqsad va vazifalari. Zamonaviy nazariy konsepsiyalash. Restavratsiya usullarining asosiy tavsiflari
1.2. Me’moriy yodgorliklarning qurilish materiallarini tarixiytexnologik jihatdan taxlil qilish. Konstruksiyalarda mahalliy qurilish materiallarini ishlatilishining asosiy omillari
3.1. Hunarmandchilik uyushmalari, ustoz-shogird munosabatlari va an`analari
3.2. Savdo aloqalarining taraqqiy etishi va uning hunarmandchilikka ta`siri
Xulosa
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Restavratsiya jarayonida tiklash ishlarining davri biron ilmiy uslubning ahamiyatli jihatini aniqlaydi. Masalan, koʻchalarining tarixiy va tarixiyShaharsozlik omillarining qadri yuqori darajada boʻlgan aksariyat tarixiy Shaharlarda tiklash ishlari olib borilganda koʻhna koʻchalar boʻylab qad rostlab turgan barcha binolar yuzining tuzilishi, muvofiqligi, balandligi va hajmdorligi saqlab qolinadi. Shuningdek, koʻchalar va maydonlarning koʻlami ham saqlanadi, oldindan shakllanib boʻlgan mavzelarda yangi turar joy yoki jamoat binolari bunyod etilayotganda esa emotsional ta’sir muvozanati faqat yangi va eski imoratlar uygʻun boʻlishi masalasi atroflicha va puxta oʻylab chiqilgan taqdirdagina saqlanib qoladi.