MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
“Mir-Jahon” X/k turoperatorlik korxonasining tashkil etilishi asoslari ….6
“Mir-Jahon” X/k turoperatorlik korxonasining infratuzilmasi……………16
“Mir-Jahon” X/k turoperatorlik korxonasining menejment strukturasi ......18
“Mir-Jahon” X/k turoperatorlik korxonasining marketing siyosati tahlili...20
“Mir-Jahon” X/k turoperatorlik korxonasining mamlakat turizm bozoridagi raqobatbardoshliligini ta’minlashda reklama va narx siyosati tahlili ……….…22
“Mir-Jahon” X/k turoperatorlik korxonasining mahalliy va horijiy turistlarga ko`rsatadigan xizmat turlarili..…….………………………………26
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………….30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI……………...…………..32
ILOVALAR………………………………………………………………………33
KIRISH
Turizm industriyasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va 21 asr jahon xo`jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasi jahon turistlik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, ekspertlarning tahlilishuni ko‘rsatmoqdaki, keyingi yillarda mamlakat turizm sohasi davlat investitsiyalarisiz va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini oshirib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlaridan biriga aylanmoqda.
O`zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo`li ustida joylashgan vatanimiz qulay tabiiy iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy me’rosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega.
Hozirgi davrda mamlakatni iqtisodiy modernizatsiyalash bosqichida turizm va mehmondo`stlik industriyasi sohasidagi yechimini kutib turgan masalalar qatorida, turizm industriyasi mehnat bozorida ishlovchi hodimlarga qo`yiladigan malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb masala bo`lib turibdi.
o`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng xo`jalikning barcha tarmoqlarida tub islohotlar olib borilmoqda. Jumladan turizmni rivojlanishiga ham davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.
2020 yilning mart oyidan O‘zbekistonda karantin cheklovlari tufayli xalqaro avia aloqa va temir yo‘l transporti harakati to‘xtatilganiga qaramay mamlakatimizga chet eldan sayyohlar kelishda davom etgan. Aprel - iyun oylari oralig‘ida O‘zbekistonga 2100 nafar xorijlik tashrif buyurdi. Turizm sektoridagi pasayish karantin oldin - yanvar oyi oxiridan boshlab qayd etilgan. Joriy yilning dastlabki uch oyida sayyohlar oqimi 1,2 million kishini tashkil etdi. Umuman olganda, olti oy ichida mamlakatga turizm maqsadida tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar soni 2019 yilning birinchi yarmiga nisbatan 60 foizga kamaydi.
Chet elliklar, asosan, MDH mamlakatlaridan kelishgan - 95,5% (1,16 mln. kishi), sayohatchilarning atigi 4,5% (54,8 ming kishi) uzoq xorijdan kelganlar.
Ko‘pchilik Qozog‘iston - 397,9 ming kishi (32,9%), Tojikiston - 332,8 ming kishi (27,5%), Qirg‘iziston - 298,4 ming kishi (24,7%), Rossiya - 65 ming kishi (5,4%), Turkmaniston - 60,6 ming kishi (5,0%) dan tashrif buyurgan. Xorijiy mamlakatlardan: Turkiya - 13,6 ming kishi (1,1%), Janubiy Koreyadan - 5,3 ming kishi (0,4%), Xitoydan - 4,5 ming kishi (0,4%).
O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining aksariyati tashrifning maqsadi - qarindoshlarini ko‘rish uchun (87,8%). Xorijiy fuqarolarning juda kam qismi quyidagi maqsadlar uchun kelgan: sayohat - 9,3%, davolanish - 1,2%, ish ehtiyojlari - 0,8%, tijorat safari - 0,6%, o‘qish - 0,3%.
Yanvar-mart oylarida 1,4 million o‘zbekistonlik turizm maqsadida mamlakatni tark etgan, aprel -iyun oylarida bu ko‘rsatkich 3500 kishini tashkil etgan. Olti oy ichida bu ko‘rsatkich bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 61,3 foizga kamdir.
Ko‘pincha ular Qirg‘iziston (514,3 ming kishi), Qozog‘iston (492,5 ming kishi), Tojikiston (265,3 ming kishi), Rossiya (43,5 ming kishi), Turkiya (30,9 ming kishi), Turkmaniston (15,9 ming kishi), BAA (14,3 ming kishi), Janubiy Koreya (9,5 ming kishi) ga ketishgan.
Shuni ta‘kidlash lozimki, mamlkatning turizm sohasini rivojlantirishda turistik korxonalarning ro‘li ham kata hisoblanadi. Ular o‘z mahsulotlarini chet el turistlariga sotish, chiqish turizmini yo’lga qo’yish, turistlarni oziq ovqat bilan ta’minlash bilan cheklanib qolmasdan mamlakat uchun zarur bo‘lgan chet el valyutasini olib kelish va mamlakat hududiga tabiiy boyliklarni asrashda ham muhim ro’l o’ynaydi.
Pandemiya sharoitini hisobga olgan holda O`zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy muhitni yaratga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada eng samarali tartibni joriy etish, hududlarning iqtisodiy salohiyati va daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ish o`rinlari yaratish, yurtimizga keladigan turistlar oqimini ko`paytirish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida faol va kompleks ilgari surishga qaratilmoqda.
Xususan, sohada me’yoriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, o`zbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, yurtimizning barcha hududlarida turizmni va soha bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm obyektlari tashkil etish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan 2020-2025 yillarda turizmni rivojlantirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Turizm respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo`jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o`zining munosib o`rniga ega bo`lishiga erishish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biriga aylangan.
Darhaqiqat, Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, har yili o`rtacha 1,2 mlrd. nafar kishi sayohatga chiqadi. Vaholonki, bundan 10 yil muqaddam ro`yxatga olingan turistlar soni 576 mln. nafarni tashkil etgan, xolos.
Ma’lumki, turistik xizmat ko`rsatish va tashkil etishda turoperatorlik xizmatlari asosiy o`rinda turadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda men malakaviy amaliyotimni “Mir-Jahon” X/k turoperatorlik korxonasida o`tkazdim. Amaliyotimni o`tash jarayonida men ma’ruzalarda tinglagan nazariy bilimlarimni amaliyotda qo`lladim, xususan, turistlarni jalb qilish uchun korxonaning marketing strategiyasini tahlil qildim, turistik firmaning reklama va narx siyosatini o`rgandim, turistik firmaning mahalliy va horijiy turistlarga ko`rsatiladigan xizmatlarini tahlil qildim.
Mazkur malakaviy amaliyot hisobotini yozishdan maqsad “Mir-Jahon” X/k turoperatorlik korxonasining faoliyatini o`rganishdir.
“Mir-Jahon” X/k turoperatorlik korxonasining
Do'stlaringiz bilan baham: |