Xulosa
Talk (nem. Talk; arab — talg) — varaqsimon silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Mg3[Si4O10](OH)2 boʻlib, unda MgO31,7%, SiO263,5%, H2O 4,8%. Baʼzan magniy Fe, Ni, Al, Cr bilan oʻrin almashishi mumkin. Talkning villemseit (nikelli), minnesotait (temirning miqdori 50— 80%), steatit (gilvatasimon yogʻli mineral; zich massivli) agalit (ingichka tolali) turlari mavjud.
Yillik unumdorligi 4 mln tonna bo’lgan Talk rudalarini boyitishga tayyorlash jarayonida, eng qulay, iqtisodiy eng kam xarajatli, texnologik sxemani tuzishga harakat qildim. Tanlagan boyitishga tayyorlash texnologik sxemamda, dastlabki 4 mln tonnalik ruda tarkibidagi eng katta ruda o’lchami Dmax=400mm bo;lgan rudani. Bir bosqichli maydalashda ShKD-90*120 markali maydalagichdan foydalanib, rudaning o’lchamini 108mm gacha maydalab, yanchish jarayoniga yubordim, bir bosqichli yanchishda 1 dona MSHS-55*65 markali tegirmondan foydalandim. Yanchilgan rudani gravitatsion boyitishga yuboramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |