CHEKI “Hamkorbank” ATB ning 2021-yilgi 31-dekabr holatiga
Moliyaviy ko’rsatkichlari5
CHEKI “Hamkorbank” ATB passivlarining tarkibiy strukturasi tahlili.6
№
|
Ko’rsatkich nomi
|
2019-yil
|
2020-yil
|
Farq (+,-)
|
Summa
|
Salmo-g’i %
|
Summa
|
Salmo-g’i %
|
Summa
|
Salmo-g’i %
|
|
1
|
Mijoz hisob varag’idagi mablag’lar
|
3 805 203 133
|
10.1
|
6 063 440 657
|
13.4
|
+2 258 237 524
|
+3.3
|
|
2
|
Jalb etilgan va qarz mablag’lari
|
3 086 517 532
|
8.1
|
3 404 152 614
|
7.5
|
+31 763 508
|
-0.6
|
|
3
|
Aholi jamg’armalari
|
3 898 523 872
|
10.3
|
4 121 531 685
|
9.1
|
+233 007 813
|
-1.2
|
|
4
|
Bank kapitali (O’z mablag’lari)
|
6 477 631 077
|
17.1
|
6 653 017 093
|
14.7
|
+175 386 016
|
-2.4
|
|
Jami passivlar
|
37 824 015 615
|
|
45 315 961 610
|
|
+7 491 945 995
|
|
|
Yuqoridagi jadvalga asosan CHEKI “Hamkorbank” ATB ning 2021-yilda boshqa banklarning mablag’lari 57.8 mlrd so’mni tashkil qilib o’tgan yilgi holatiga nisbatan deyarli 16 mlrd so’mga yuqoriligi ko’rinib turibdi. Mijozlardan jalb qilinga mablag’lari esa 3.6 trln so’mga yaqinligi va bu ko’rsatkich sal kam 300 mlrd so’mga o’sganligini ko’rsatadi. Chiqarilgan qimmatli qog’ozlari esa 10.5 mlrd so’mni tashkil etib bu summa o’tgan yilgi summnaing 50% ini ham tashkil etmayotgani namoyon bo’lmoqda.
CHEKI “Hamkorbank” ATB Aviasozlik filialida bank aktivlari tarkibi va ularning joylashishi va sifatining tahlili
Tijorat banklari faoliyatida uning aktivlari va ular bilan bog'liq aktiv operatsiyalarining risklik darajasini aniqlash va bu jarayonlarni boshqarib borish muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz tijorat banklarining aktivlari O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son qaroriga ilova qilingan.7
Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha
ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g'risida‖gi nizomga asosan ta‘riflanadi va tasniflanadi. Mazkur nizomda aktivlar — kredit, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qog'ozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablag'lar, bo'lib-bo'lib to'lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda moliyalash bilan bog'liq barcha boshqa talablar sifatida ta‘riflanadi.
Bank aktivlari tarkibi deyilganda, balans yakuniga nisbatan har xil sifatdagi aktivlar salmog’i tushuniladi. Tijorat banklari aktivlarini asosan to’rt kategoriyaga bo’lib o’rganish mumkin.
Bank aktivlari deyilganda - bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayoni-da mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi.
Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi. Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur.
Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi.
Tijorat banklari aktivlarining o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlanishi:
Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.
Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.
Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.
Aktivlar sifati quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
Banklarning aktiv operatsiyalar hajmini, jumladan, kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini oshishiga zamin yaratdi.
Tijorat banklarining kredit potensiali - bu jalb qilingan mablag‘larning kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy chegarasi hisoblanadi.
Tijorat banklarining umumiy kreditlash qudratiga quyidagi omillar yig‘indisi ob’ektiv ta’sir ko‘rsatadi:
Bankda yig‘ilgan jami mablag‘larning umumiy hajmi;
Kreditlash qudrati manbalarining tuzilishi va barqarorligi;
Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxiralar darajasi;
Tijorat banklari joriy likvidligini ushlab turish uchun zaxiradan foydalanishga yo‘l qo‘yilgan hollarda undan foydalanish tartibi;
Bank majburiyatlarini tuzilishi va umumiy summasi va boshqalarga bog‘liqdir.
Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari quyidagi turlarga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |