Xulosa Ilovalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Kirish


Banklarning o’z mablag’lariga



Download 230,92 Kb.
bet3/15
Sana26.03.2022
Hajmi230,92 Kb.
#511758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Hisobot MM64i Olimjonova Sh

Banklarning o’z mablag’lariga – bankning ustav kapitali va unga tenglashgan mablag’lar, jumladan, zaxira kapitali, maxsus fondlar moddiy rag’batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar hamda taqsimlanmagan foydasi kiradi.
Jalb qilingan mablag’lar – depozitlar, jamg’armalar, qarzga olingan mablag’lar kontokorrent hamda korrespondent hisob varaqlarida o’z ifodasini topadi.
Tijorat banklari resurslarini shakllantirishga quyidagi omillar ta‘sir ko’rsatadi. Bular:

  • banklararo kredit bozorida Markaziy bankning faol ishtirok etishi va bu, o’z navbatida, kredit riskini kamaytirishi;

  • iqtisodiyotda noto’lovlar muammosining mavjudligi va kredit qaytarilmasligi oqibatida tijorat banklarining zarar ko’rish imkoniyatining oshishi;

  • aholi qo’lidagi omonatlarining o’sishi; korporativ qimmatli qog ̳ozlar bozorining yetarli darajad rivojlanmaganligi

Shunday qilib, bankning o’z mablag’lari va qarzga olingan yoki sotib olingan mablag’lari yigindisi tijorat banklarining resurs bazasini tashkil qiladi
Talab qilib olinadigan qo’yilmalar, shuningdek, joriy hisob varag’idan mablag’lar omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi.
Muddatli omonatlar – mijoz tomonidan bankka ma‘lum muddatga qo’yiladigan qo’yilmalar bo’lib, ular orqali mijozlarga bank tomonidan yuqori foizlar to’lanadi. Bankning foiz stavkalari qo’yilmaning muddati va miqdoriga bog’liq bo’ladi
Amaliyotda bank passivlarining 20 foizi banklarning o‘z mablag‘lariga to‘g‘ri keladi. Banklarning o‘z mablag‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi. Bankning o‘z kapitali tarkibiga biz yuqorida keltirib o‘tgan kapitalning bir qismi, yani ustav kapital, risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezerv fond, taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning o‘z kapitali bank kreditorlarining manfaatini himoya qilish, bank faoliyatining barqarorligini ta’minlash, bank faoliyatini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi. Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav fondi summasining oshirilishi bank aksionerlari tomonidan umumiy majlisda hal qilinadi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatilarini bajarishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bank kreditlari hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish mumkin emas. Ustav kapitalini tashkil qilishda chetdan boshqa pul mablag‘larini jalb qilish ham mumkin emas. Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy mablag‘lardan va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga qo‘yilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning o‘z mablag‘lari bilan chetdan jalb qilingan resurslar o‘rtasidagi chegarani belgilab beradi. O‘zbeksitonda bu nisbat 1:20 miqdorida o‘rnatilgan2. Banklarning aksioner kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumukin. Bular:

  1. o‘z aksioner kapitali, bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fonda hisobidan yuzaga keladi;

  2. har xil ko‘zda tutilmagan harajatlarni va to‘lanmagan qarzlarni qoplash uchun tashkil qilingan rezervlar;

v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzoq muddatli veksel va obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin. Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil bo‘ladi va ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatbaho qog‘ozlar kursining tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan.
CHEKI “Hamkorbank” ATB 1991-yil “Andijonbank” aksionerlik tijorat banki sifatida faoliyatini boshladi. Bugunga kelib 30 dan ziyod filiallar va 100 dan ziyod Bank xizmatlari offislari mavjud3. Bosh Bank Andijon viloyatida joylashgan.
O'zbekistondagi tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish natijalariga ko'ra, uning faoliyati ko'lami bo'yicha CHEKI “Hamkorbank” ATB 2020 yilda 15-o'rinni egallab turibdi, bozor ulushi 3 foizni tashkil etdi.
Bank o'z faoliyatini quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha olib boradi:

Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda. Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi Bank tarixida aks etgan.
CHEKI “Hamkorbank” ATB mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi beto‘xtov o‘sib borayotgani, xorijiy kredit yo‘nalishlari keng ko‘lamda jalb etilayotgani CHEKI “Hamkorbank” ATB O‘zbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi. Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yo‘l transporti, aloqa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish loyihalari va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa ko‘plab loyihalardir. Mamlakatimiz bank sho’basi jadal rivojlanayotgan sharoitda Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda.
Bankda zaxira jamg‘armasi tashkil etiladi va ushbu jamg‘arma bank opеratsiyasi bo‘yicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun mo‘ljallanadi hamda ustav fondining 15 foiziga yetgunga qadar sof foydadan yillik ajratmalar (kamida 5 foiz) hisobiga shakllantiriladi.
Bankning mol-mulkini rеalizatsiya qilish (sotish) va ijaraga bеrishdan tushgan mablag‘lar uning tasarrufida qoladi va Bank tomonidan ustav faoliyatiga muvofiq mustaqil foydalanilishi mumkin.
Hamkorbank yillar davomida chet el kapitali ishtirokidagi bank sifatida e’tibor qozondi. Ushbu jarayon 2010-yilda boshlangan — Xalqaro Moliya Korporasiyasi Hamkorbank aksiyadori bo‘ldi. 2014-yilda Gollandiya Taraqqiyot Banki (FMO) Bankning ikkinchi xorijiy aksiyadoriga aylandi va Hamkorbank chet el kapitali ishtirokidagi bank maqomiga ega bo‘ldi. Aynan shu yildan Osiyo Taraqqiyot Banki, Germaniya Taraqqiyot Banki, Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi va Islom Xususiy Sektorni Rivojlantirish Korporatsiyasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 2018-yilda esa “ResponsAbility Investments” xalqaro investitsion kompaniyasi ham bankning aksiyadorlari qatoriga qo‘shildi.
Hamkorbank 30 yil davomida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha tezkor sur’atlar bilan o‘sish hisobiga bank tizimidagi o‘z o‘rnini doimiy mustahkamlashga erishdi. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Hamkorbank mamlakatimizning TOP-10 banklar qatoriga kiruvchi davlat ulushi bo‘lmagan bankdir. Bank aktivlari oxirgi 5 yilda 2,8 barobar, kredit portfelining salmog‘i 3,4 barobar, depozit portfelining salmog‘i 1,4 barobarga, bank kapitalining salmog‘i esa 3,8 barobar o‘sishiga erishdi.
Bank har bir mijozga individual yondashib, ularga xizmat ko‘rsatishda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslanadi hamda “Birgalikda Aviasozlik sari” shiori ostida faoliyat olib bormoqda. Bank bugungi kunda 1 mln 600 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga hamda 40 mingga yaqin yuridik mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Hamkorbank 30 yil davomida o‘z tarmoqlarini respublika hududlari bo‘yicha kengaytirish bilan birga o‘z jamoasini ham kengaytirdi. Faoliyatini 15 kishi bilan boshlagan bankda bugunga kelib Respublika bo‘ylab bank ofislarida 3 350 nafar xodimlar samarali mehnat qilmoqda.
2018-yil iyun oyida Hamkorbank va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi birgalikda O‘zbekiston tarixida birinchi marta London fond birjasida 10 mln AQSH dollari ekvivalentidagi “Samarqand” deb nomlangan obligatsiya joylashtirdi. Ushbu obligatsiyalar realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar kichik va o‘rta biznesni kreditlashni rivojlantirishga yo‘naltirildi.

  • Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2020-yil davomida moliyaviy xizmatlar taklif etish ko‘rsatkichi bo‘yicha reytingida Hamkorbank 1-o‘rin bilan taqdirlandi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Milliy marketing markazi tomonidan tashkil etilgan “Yil brendi 2020” tanlovida Hamkorbank Respublika banklari ichida 1-o‘rinni egalladi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu e’tirof butun O‘zbekiston bo‘yicha bank xizmati iste’molchilari tomonidan onlayn ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.

Men CHEKI “Hamkorbank” ATB ning Namangan viloyatida joylashgan Aviasozlik filialida amaliyot o’tash davrimda amaliyot rahbarim bilan birgalikda bankning passivlari va passiv operatsiyalarini 2021-yilgi Moliyaviy ko’rsatkichlar4 asosida tahlil qildik:



Download 230,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish