Xulosa Ilovalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Kirish


CHEKI “Hamkorbank” ATB Aviasozlik filialida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili



Download 230,92 Kb.
bet14/15
Sana26.03.2022
Hajmi230,92 Kb.
#511758
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Hisobot MM64i Olimjonova Sh

CHEKI “Hamkorbank” ATB Aviasozlik filialida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili

CHEKI «Hamkorbank» ATBning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faol ishtirokini shu bilan izohlash mumkinki, bugungi kunda u sarmoya mikdori likvidlilik va barqarorlilik bo‘yicha yagona raqobatbardosh investorlardan biri hisoblanadi. CHEKI «Hamkorbank» ATBvositachilik faoliyatini olib borgan holda boshqa iqtisodiy agentlarga nisbatan ko‘proq imkoniyatlarga ega. Banklarning yana bir ustunligi shundaki, ular iqtisodiy xatar, bozordagi ahvolni malakali tahlil qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tish moliyaviy resurslarning fond bozorida tijorat banklarining faol ishtirokida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ko’zda tutadi.
Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti turli mamlakatlarning valyutalari qiymatining o‘zaro nisbatini o‘lchashni talab etadi. Shu sababli valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementi hisoblanadi.
Valyuta kursining zaruriyati quyidagilarda ifodalanadi:
– tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilishda, kapital va kreditlar harakatida valyutalarni o‘zaro almashtirish uchun bunda, eksporter kelib tushgan chet el valyutasini milliy valyutaga almashtiradi. Chunki boshqa mamlakatlarning valyutalari mazkur davlat hududida qonuniy xarid qilish va to‘lov vositasi sifatida muomalada aylana olmaydi. Importyor chet eldan sotib olgan tovarlarini to‘lash uchun milliy valyutani chet el valyutasiga almashadi. Qarzdor esa qarzini to‘lash uchun va tashqi qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun chet el valyutasini sotib oladi;
– jahon va milliy bozor baholarini taqqoslash, shuningdek, milliy va chet el valyutalarida ifodalangan turli mamlakatlarning baho ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun;
– firma va banklarning chet el valyutasidagi hisob varaqlarini vaqti-vaqti bilan qayta baholash uchun valyuta kursi zarur.
Valyuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarda ifodalangan bahosidir. Tashqi valyuta kursi almashuv qatnashchilari uchun valyuta bozoridagi talab va taklif nisbati orqali aniqlanadigan bir valyutani boshqasiga qayta hisoblash koefitsientidir. Biroq valyuta kursining qiymat asosi bo‘lib valyutaning xarid qobiliyati hisoblanadi.
CHEKI “Hamkorbank” ATB Aviasozlik filiali o‘z mijozlari bilan quyidagi operatsiyalarni bajarishda hamkor hisoblanadi:
- “TOD”, “TOM”, “SPOT” shartlari bo‘yicha chet el valutasini sotib olish va sotish;
- naqd xorijiy valutani sotib olish va sotish; “SWAP” bitimlarini tuzish;
- mablag‘larni jalb qilish / joylashtirish;
- belgilangan limitlarda va yoki ta’minotda banklararo kreditlarni berish;
- erkin almashtiriladigan valutada va O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasida banklararo kreditlarni jalb qilish.
Valyuta operatsiyalari quyidagi amaliyotar orqali amalga oshiriladi:
1) Valyuta ayirboshlash shaxobchasi (VASh) ga pul berilganda:
Dt-10103-000 (so’m uchun)/840 (dollar uchun)- VASh dagi naqd pullar
Kt-10101-000 (so’m uchun)/840 (dollar uchun)-aylanma kassadagi naqd pullar
2) naqd chet el valyutasi sotib olinganda:
AQSh dollarda:
Dt- 10103- 840- VASh dagi naqd pullar
Kt-17101- 840 – Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i
So’mda:
Dt-17101- 000– Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i
Kt-10103- 000- VASh dagi naqd pullar
Agar naqd chet el valyutasi sotilsa:
Dt-17101- 840 – Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i
Kt-10103- 840- VASh dagi naqd pullar
So’mda:
Dt-10103- 000- VASh dagi naqd pullar
Kt-17101- 000– Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i12
Valyutaaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir. Konvvertirlanganlik - darajasiga ko‘ra valyuta kursi 3 ga bo‘linadi.
- erkin «suzib» yuruvchi
- cheklangan darajada «suzib»yuruvchi.
- qayd etilgan valyuta kurslari.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo‘lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan. AQSH dollori, Yaponiya ienasi, Angliya funt stirlingi; Yevro kabi valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi.
Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o‘zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o‘zgarishiga bog‘liq. Misol uchun ko‘pchilik mamlakatlar o‘z valyutalarini AҚSH dollariga, Eropa mamlakatlarining “euro”siga va boshqa boshqa xorijiy valyutalarga bog‘laydilar. Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o‘z valyutalarining tebranish chegarasini o‘zlari hamkorlik kilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. Har qanday baho kabi valyuta kursi valyutaga talab va taklif ta’sirida asosiy qiymatidan (ya’ni valyutaning xarid qilish qobiliyatidan) nari-beri siljiydi. Bunday talab va taklifning o‘zaro mosligi bir qator omillarga bog‘liq.
Valyuta kursining ko‘p omilliligi uning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan bog‘liqligini, jumladan, qiymat, narx, pul, foiz, to‘lov balansi va boshqalar bilan bog‘liqligini aks ettiradi. Shuningdek ularing murakkab biri kuvi va ba’zi omillarning eng muhim omil sifatida yuzaga chiqishiga olib keladi. Bu omillar ichida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
Valyutalarning xarid qobiliyatlari bo‘yicha ularning o‘zaro nisbati o‘zida qiymat qonunini aks ettirib, valyuta kursini aniqlash vositasidir. Shu sababli valyuta kursiga inflyasiya sur’atlari ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatda inflyasiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, milliy valyuta kursi shunchalik past bo‘ladi, (agar boshka omillar qarshi tasir ko‘rsatmasa).
Bank operatsiyalarining 60-70%ni dollarda, yevroda amalga oshirilishi shu valyutalarga bo‘lgan talab va taklif masshtablarini belgilaydi. Valyuta kursiga valyutaning xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilish darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. 90-yillar boshida xalqaro to‘lovlarning 55%ni neft, uchun hisob-kitoblarning 86-90%ni, tashqi qarzdorlikning 70% i dollarda amalga oshirilgan. SHu sababli, davriy neftga narxning o‘sishi, hattoki dollarning xarid qilish qobiliyati tushgan sharoitlarda ham davlat qarzlari bo‘yicha to‘lovlarning o‘sishi dollar kursining ko‘tarilishiga imkon beradi.
O‘zbekiston Republikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga muvofiq O‘zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta operatsiyalarini o‘tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari vakolatli bank hisoblanadi.

  1. CHEKI “Hamkorbank” ATB Aviasozlik filialida bankning daromadlari , xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili, mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari va mazmunini o’rganish

Tijorat banklari daromadlarining manbai boʼlib, bank biznesining quyidagi turlari hisoblanadi:
– ssuda biznesi;
– diskont biznes;
– qimmatli qogʼozlar biznesi;
– mulklar va qimmatliklarni boshqarish biznesi;
– kafolatlar berish;
– mablagʼlarni depozitlarga jalb qilish va ularning hisobini yuritish bilan bogʼliq faoliyat;
– savdo-vositachilik biznesi.
Ushbu faoliyatlarning har bir turi bank ushbu operatsiyalarda qanday vaziyatda qatnashishiga qarab ajralib turadi.
Ssuda biznesi banklarning kreditlash faoliyati orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklari faoliyatining birlamchi ahamiyatga ega boʼlgan yoʼnalishi kreditlash boʼlganligi sababli, kreditlar ular aktivlarining tarkibida salmogʼiga koʼra birinchi oʼrinni egallaydi. Bu esa, kreditlardan olinadigan daromadlarning tijorat banklari daromadlarining umumiy hajmidagi salmogʼining yuqori boʼlishiga asos boʼladi.
Tijorat banklarining kreditlash faoliyati quyidagi ikki yoʼnalishga ega:
– jismoniy va yuridik shaxslarni kreditlash;
– boshqa banklarga kreditlar berish.
Kreditlardan olinadigan daromadlar foizli daromadlar boʼlib, ular kreditlarning turlari va kreditlash shakllari boʼyicha shakllanadi.
Xalqaro bank amaliyotida kreditlar muddatiga koʼra 3 turga boʼlinadi:
* qisqa muddatli kreditlar;
* oʼrta muddatli kreditlar;
* uzoq muddatli kreditlar
diskont stavkasi boʼyicha, regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz, sotib olinadi. Forfeytingda esa, uzatma tijorat veksellari bankning diskont stavkasi boʼyicha regress huquqisiz sotib olinadi.
Bank tomonidan faktoring operatsiyasi uchun olinadigan daromadlar ikki qismdan tashkil topadi:
* faktoring krediti uchun foizli daromad;
* faktoring xizmati koʼrsatganligi uchun olinadigan komission daromad.
Tijorat banklarining qimmatli qogʼozlar biznesi quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
* bankning oʼzini qimmatli qogʼozlarini muomalaga chiqarilishi va ularning bozorda sotilishi;
* boshqa emitentlarning qimmatli qogʼozlarini, ularning topshirigʼiga koʼra, ikkilamchi bozorda joylashtirish;
* korxona va tashkilotlarni xususiylashtirish bilan bogʼliq xizmatlar;
* boshqa emitentlarning qimmatli qogʼozlarini sotib olish;
* sotib olingan qimmatli qogʼozlarni qayta sotish.
Tijorat banklarining qimmatli qogʼozlar biznesidan oladigan daromadlari fozli daromad, dividend va komission daromad koʼrinishida boʼladi.
Mulklar va qimmatliklarni boshqarish biznesi tijorat banklarining trast operatsiyalari orqali amalga oshiriladi.
Trast operatsiyalari bankka daromadni mijoz mulkini (koʼchmas mulk, qimmatli qogʼozlar, hisobraqamdagi mablagʼlar) boshqarish yoki ushbu mulkka doir ayrim maxsus topshiriqlarni bajarish orqali komission toʼlovlar shaklida keltiradi. Trast shartnomalarida mijoz bank kelishuvga muvofiq tarzda bankka mulklarni boshqarish evaziga maʼlum foiz vaʼda qiladi. Mazkur xizmat turida bank va mijoz orasida operatsiyaning aniq turi belgilab berilgan boʼladi. Xususan, joriy yilda mijoz mulkidan foydalanish evaziga kelgan daromad kelishuvga nisbatan past boʼlishi mumkin, bunda esa zarar bank tomonidan qoplanishi kerak. Shu bois, trast xizmatlari uchun komission toʼlovlar ham yuqoriroq boʼladi. Yuqoridagi xususiyatga koʼra, trast xizmati uchun komission toʼlov ham quyidagi elementlardan tashkil topgan:
* mulkni boshqarish uchun olinadigan oʼzgaruvchan toʼlov;
* trast ishi boʼyicha natijalarga mos ravishda bank oladigan qatʼiy belgilangan komission haq.
Bankning kafillik faoliyati bankka pul shaklida daromad keltiradi. Bank mijozlarga kreditlarini olish uchun yoki hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ikki xil kafolat beradi:
– mijozning toʼlov majburiyati boʼyicha beriladigan kafolat;
– mijoz tomonidan yetkazib beriladigan tovarlarning sifati yuzasidan beriladigan kafolat.
Bank daromadlarini shakliga koʼra quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
* foizli daromad;
* foizsiz daromadlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining muhim moliyaviy koʼrsatkichlaridan biri boʼlib, sof foyda hisoblanadi. Sof foyda koʼrsatkichining oʼzgarishida koʼp jihatdan daromad omillari asosiy oʼrin tutadi. Shu sababdan, tijorat banklari amaliyotida moliyaviy barqarorlikka taʼsir etuvchi daromad omillarini aniqlash, tasniflash va tahlil qilish muhim ahamiyatga ega
Oʼzbekiston Respublikasida oʼrta muddatli kreditlar toifasi mavjud emas. Shu sababli, respublikamiz banklarida qisqa va uzoq muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlar mavjud.
Shuningdek, kreditlardan olingan foizli daromadlar kredit shakllari boʼyicha ham turkumlanadi. Jumladan, overdraft kreditlaridan, kontokorrent kreditlash shaklidan olingan daromadlar va hokazo.
Diskont biznesi – bu bank tomonidan tijorat veksellarini, toʼlanmagan talablarni chegirma hisobiga sotib olinishidir.



Download 230,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish