To`lovlilik. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag`larini hisoblangan foizi bilan to`liq o`tkazadilar. Kredit uchun haq to`lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi qo`shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo`ladi. Hozirgi sharoitda ssuda foizi miqdori shartnomada o`z aksini topadi va u kreditlashning o`rtacha normasi va bank marjasidan tashkil topadi. Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog`liqki, qarz oluvchi olingan kreditni ma`lum maqsadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va boshqalar) yo`naltirilgan bo`lishi zarur. Bu maqsadlar kredit beruvchi va kredit oluvchi o`rtasida tuzilgan shartnomada o`z aksini topadi. Korxona olgan kreditni faqatgina kredit shartnomasida ko`rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga va boshqalar) sarflashi kerak.
CHEKI “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki aholining bozordagi holatini to'g'ri baholab va qaror qabul qilish imkoniyatini beradigan moliya va bank yo'nalishi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish bo'yicha faol ish olib bormoqda.
Hozirgi kunga kelib moliya xizmatlari qiyin ko'rinish va tavsifga ega bo'lgan bir paytda, iste'molchilar yechish zarur bo'lgan masalalar paydo bo'la boshladi va bu masalalarni yechish uchun iste'molchida har doim ham yetarlicha bilim va ko'nikmalar bo'lmaydi. Aksariyat hollarda bu jarayon aholida moliyaviy bilimlar yo'qligi, oilaviy byudjetni rejalashtirish bo'yicha yetarlicha ma'lumotga ega emasligi va moliya xizmatlaridan to'laqonli va samarali foydalana olmaslik bilan bog'liq bo'ladi.
Shundan kelib chiqib, CHEKI “Hamkorbank” ATB ommabop moliyaviy xizmatlarni joriy etish bilan birgalikda aholini zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanishi uchun imkoniyatlarini kengaytirishda ham ishlar olib bormoqda.9 CHEKI “Hamkorbank” ATB Aviasozlik filialining jismoniy shaxslarga quyidagi ko‘rinishdagi kredit turlarini taqdim etishi mumkin:
-avtokredit (avtomobil vositalari xarid qilish uchun kredit);
-ipoteka kreditlari;
-maishiy texnikalar uchun kreditlar;
-mikroqarz va boshqalar.
Quyida biz avtokredit misolida mijozlarga kreditning berilishi, uning rasmiylashtirilishi, foiz hisoblanishi hamda qaytarilishigacha bo‘lgan jarayonlarni va uning buxgalteriya hisobini hamda ular bilan bog‘liq hujjatlarni ko‘rib chiqishimiz mumkin. Avtokredit – bunda mijozlar quyidagi bosqichda kreditdan foydalanishlari mumkin hisoblanadi:
Mijoz tomonidan ariza bilan murojaat qilinadi;
Kredit bo‘yicha mutaxassis kredit olish imkoniyatini baholaydi
Bankda hisobraqam ochiladi;
Mijoz tomonidan avtosalon bilan tuzilgan shartnoma va boshqa boshlang‘ich hujjatlar bankka topshiriladi;
Ariza tasdiqlangach esa, bank tomonidan kredit mablag‘i dilerning hisob raqamiga ko‘chirib beriladi.
Kredit shartnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng, bankda kredit berilishi bo‘yicha majburiyat yuzaga keladi hamda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dt 91809 – “Banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari”
Kt 96351 – “Bankning kredit berish majburiyati bo‘yicha kontr- hisobvarag‘i”.
Garovga olingan mulk bilan bog‘liq rasmiylashtiriladigan hujjatlar kredit bo‘limi xodimlari tomonidan konvertga solinadi va yelimlanadi hamda kassaga topshiriladi. Mazkur hujjatlar solingan konvert bir so‘m miqdorida balansdan tashqari schyotga kirim qilinadi. Bunda garov to‘liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari kassada saqlanadi.
Kredit va hisoblangan foiz to‘liq qaytarilganda ta’minot balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan chiqariladi.
Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va qarzdorga berilgan pul mablag‘lari summasini ifodalaydi.
Mijozlarning kredit qaytarish bo‘yicha majburiyati balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi:
Dt 91901/91905 – qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo‘yicha majburiyatlari;
Kt 96345/96349 – qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvaraqlari.10 Banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt – qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i
Kt 22896 – “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”
Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi obyektiv dalillar va sharoitlar aniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bo‘yicha baholanadi:
1) “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yhat raqami 2696, 2015-yil 14 iyul) muvofiq aniqlangan summa bo‘yicha;
2) kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan kutilayotgan kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati o‘rtasidagi farq bo‘yicha.
Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zahiralari yuqorida ko‘rsatilgan talablardan oshsa, bank zahira summasini oxirgi sana holati bo‘yicha aniqlangan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim.
Kreditga layoqatlilik – bu mijozning moliyaviy faoliyatiga har tomonlama berilgan baho bo‘lib, u qarz oluvchining so‘ralayotgan kreditni (asosiy qarz summasi va u bo‘yicha foizlarni) o‘z vaqtida qaytarish va boshqa qarz majburiyatlarini to‘lay olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Xo’jalik subyektlarini kreditlashda kreditga layoqatlilikni tahlil qilishning maqsadi qarz oluvchining majburiyatini o‘z vaqtida va to‘liq qaytarib berish qobiliyatini aniqlashdan iborat.
Korxonaning o’z aylanma mablag’larining yetarliligi (НСОС)
Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotning 1-shakl “Buxgalteriya balansi” to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanib, o’z aylanma mablag’larining yetarlilik darajasi hisoblanadi va u quyidagicha aniqlanadi:
NSOS = (Xususiy kapital (480 – 470 – 460) + Uzoq muddatli kredit va qarzlar (570+580) – Uzoq muddatli aktivlar (130)
Korxonaning uzoq muddatli aktivlari (Balans aktivining I bo‘limi) xususiy kapitalidan oshib ketsa, nolikvid balans vujudga keladi. Nolikvid balansga ega bo‘lgan korxona Bank kreditidan foydalanishga haqli emas.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir tijorat banki uni o‘zi mustaqil aniq laydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffi tsiyentlardan foydalanadilar. Ularga: Qoplash koeffitsiyenti, Likvidlilik koeffitsiyenti, Mustaqillik (muxtoriylik) koeffitsiyenti, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti.
Agar kreditni to‘lay olish qobiliyatining ushbu uchta ko‘rsatkichi hisoblab chiqilgandan keyin summa 9 balldan kamni tashkil etgan bo‘lsa, korxonaga kredit berilmasligi kerak.
Agar ballar summasi 9 dan 19 ballgacha bo‘lsa, bunday korxona kreditni to‘lay olmaydigan hisoblanadi va faqat alohida hollardagina yuqori likvidli aktivlar bilan ta’minlangan holda kredit berilishi mumkin.11