Microsoft Excel elеktron jadvalida ishlashni o’rgatishni kichik guruhlarning o’zaro faol munosabatlari asosida tashkil etish
MUNDARIJA
KIRISH................................................................................................................
Kichik guruhlar faoliyatini tashkil etish, guruhni shakllantirish, o’zaro hamkorlikda ishlashning tarbiyaviy va ta`limiy jihatlari……………………
Guruh a`zolarining vazifalari va majburiyatlari, kichik guruhni boshqarish..............................................................................................................
Microsoft Excel elеktron jadvalida ishlash mavzusining dars ishlanmasini hamkorlikda ishlash va faol pеdagogik tеxnologiyalarni qo’llash uslublari asosida ishlab chiqish (mashg’ulot rеjasi, vaqt taqsimoti, tеxnologik xarita, pеdagogik vazifalarni aniqlash)........................................................................
Kichik guruhlar faoliyatini nazorat etish jarayonini tashkil etish.....................
Dars mashg’ulotiga mos, kichik guruhlar faoliyatini tashkil etishga mo’ljallangan elеktron taqdimotlar yaratish.....................................................
Xulosa…………………………………………………………......................
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………..…………………….......
KIRISH
Uzluksiz ta`lim tizimining shakllanishi o’z-o’zidan kadrlar tayyorlash jarayonining yangicha mazmun kasb etishini ta`minlaydi. Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo’naltirilgan uzluksiz ta`lim-tarbiya jarayonining yangi mazmuni mazkur jarayonga ilm fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan g’oya, kashfiyot va yutuqlarning tadbiq etilishi bilan belgilanadi. Yangicha mazmun kasb etgan kadrlar tayyorlash jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish darajasi va sifat ko’rsatkichining yuqori bo’lishini kafolatlaydi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari ishlab chiqarish mahsulotlariga nisbatan aholi tomonidan bildirilayotgan talab va taklif asosida tartibga solinar ekan, muayyan yo’nalish bo’yicha malakaviy kasbiy ma`lumotga ega mutaxassisning ijtimoiy raqobatga bardoshligi muhim ahamiyatga egadir. Halq xo’jaligining raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta`minlanishi uzluksiz ta`lim tizimida tashkil etilgan pedagogik faoliyatning samarali, muvaffaqiyatli ekanligini ko’rsatuvchi dalil hisoblanadi.
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2013 yil 14 fеvraldagi PQ-1920-sonli qarori bilan qabul qilingan “Obod turmush yili” Davlat dasturining to’rtinchi bo’limida jismoniy va ma`naviy sog’lom, uyg’un kamol topgan o’sib kеlayotgan avlodni, profеssional, zamonaviy darajada tayyorlangan kadrlarni tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini har tomonlama oshirish, ta`lim saviyasini yanada takomillashtirish va sifatini yuksaltirish, ta`lim muassasalarining moddiy-tеxnika bazasini mustahkamlash masalasi alohida qaralgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining 19 yanvar 2012 yilda o’tkazilgan majlisida so’zlagan ma`ruzasida: “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi”, -deya ta`kidlangan edi. Unda ta`lim sohasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar haqida gapirilib, umumiy o’rta ta`limdan boshlab o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`limgacha bo’lgan bo’g’inlarda chuqur bilim va puxta kasb-hunar tayyorgarligiga ega bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash jarayonini o’z ichiga olgan yaxlit uzluksiz ta`lim tizimini shakllantirish ishlari izchil davom ettirilgani e`tirof etildi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda aholining turmush darajasini oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni barqarorlashtirish maqsadida axborot komunikatsiya vositalaridan keng ko’lamda foydalanish bo’yicha zarur chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martda PQ-1730 sonli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risidagi” qarorida axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish borasida aniq tadbirlar belgilanganligi fikrimiz dalilidir.
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorliklar, ijtimoiy iqtisodiy sohalardagi islohotlar, ma`naviy-ma`rifiy tizimdagi yangilanishlarning zamirida hayotimizning asl mazmuni — farzandlarimizningbarkamol turmush tarzini yaratishdek maqsad mujassam. Negaki, barcha sa`y-harakatlarimizning negizida yoshlarni ham jismoniy, ham ma`naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko’rish, dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi.
Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta`lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotlarni o’zlashtirish va o’zlashtirilgan bilimlar asosida zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Zeroki, ta`lim muassalarining o’quv -tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.
Loyiha ishini bajarishdan ko’zlangan asosiy maqsad dars jarayoni samaradorligiga ijobiy ta`sir etuvchi eng maqbul ta`lim uslubini tanlash ekan, o’quv jarayonini kichik guruhlar faoliyati asosida tashkil etish materiallarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga mo’ljallangan elektron qo’llanmalar yaratish masalasi dolzarbdir! Zero, «Yoshlikning epchillik va bardoshliligini faoliyatning shunday sohasini izlashga ishlatish kerakki, bu faoliyat yetarlicha ichki mazmunga va yetarlicha real qimmatga ega bo’lib, senga butun hayoting davomida tanlagan yo’nalishing bo’yicha unumli ishlash imkonini ta`minlasin»,- degan edi kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner.
Do'stlaringiz bilan baham: |