Sovet jamiyatini demo-kratlashtirish va uning amalda asossizligi. Mazkur jarayonning boshlanish paytida jamiyat a'zolari unga juda katta umid bog’ladilar. Ro’y berayotgan o’zgarishlar, ayrim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar kishilarda ertangi kunga, «porloq kelajak»ka ishonch ruhini yana uyg’otdi. Dastlabki davrda qayta qurish rah-namolari, ya'ni «yuqori»ning «quyi» bilan munosabatla-rida ma'lum kelishuvchilik, xayrixohlik sezildi. Lekin keyinchalik vaziyat o’zgardi, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi uquvsizlik demokratik jara-yonlar va oshkoralikning yarim yo’lda qolib ketishi — bularning barisi jamiyat a'zolarida qayta qurishga bo’lgan munosabatni o’zgartirdi. Qayta qurishning uchinchi yilida uning to’liq mag’lub bo’lishi aniq ko’zga tashlanib qoldi. Amaliy ishlar, foydali tadbirlar o’rniga siyosiy jab-hadagi «musobaqalar»: siyosiy safsata, quruq va'dalar kishilarda loqaydlik holatini yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy faollik o’rnini sustkashlik, davlat va firqa siyosatiga ishonmaslik, befarqlik egalladi. Chunki, bunday islohotlar aslida sobiq markazning siyosiy manfaatlari nuqtai nazaridan amalga oshirilishi lozim edi. Milliy respublikalar talab-ehtiyojlari nazar-pisand qilinmadi. Natijada ijtimoiy-siyosiy inqiroz yuza-ga keldi. Bunday holat, ayniqsa, O’zbekistonda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ldi. O’zbekistonda tobora kuchayib borayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz, boshboshdoqliklarning zudlik bilan oldini olish, pirovard natijada ijtimoiy adolatga erishish lozim edi. Ana shunday sharoitda mavjud holatdan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mus-taqillik yo’lidagi harakatlarini bartaraf etish, Sobiq SSSRda vujudga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun Markaz turli nayranglar, «siyosiy o'yinlar» o’ylab chiqdilar. Sobiq mamlakatning turli mintaqalarida «o'ylab topilgan» bunday «tadbirlar» ichida O’zbekistondagi holat o’ta achinarli tus oldi. Markaz nima qilib bo’lsada, O’zbekiston misolida uning rahbariyatini, xalqini uyushgan jinoyatchilikda ayblab, obro’sizlan-tirish yo’lini tutdi. Buning natijasida «O’zbek ishi», keyin «Paxta ishi» paydo bo’ldi. «O’zbek ishi» aslida markazda o’ylab topilgan bo’lib, uning mohiyatini O’zbekiston misolida sobiq SSSRning taraqqiyot jihatidan umumjahon andozalaridan ajralib qolganligini xaspo’shlab ko’rsatish edi. «Paxta ishi» esa «O’zbek ishi»ning davomi bo’lib, nima qilib bo’lsa-da o’sha davrda barcha respublikalarda avj olgan qo’shib yozish, xizmat lavozimini suiiste'mol qilish, uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelganligini, ularni bartaraf etish orqali sobiq SSSRning davomiyligi-ni saqlashdan iborat edi. Ta'kidlash kerakki, O’zbekistonning o’sha paytdagi ayrim rahbarlarida (Inomjon Usmonxo’jayev, Rafiq Nishonov va b.) ham qafiy jur'at, sobiq Ittifoq doirasi-da respublikaning real tutgan o’rnini ochiq-oydin aytish uchun mardlik yetishmadi. Aksincha, uning o’rniga bun-day rahbarlar Markaz vazifalarini tezroq «uddalash», respubikaning Ittifoqqa boqimanda ekanligi to’g’risidagi soxta fikrlarni tasdiqlashdan nariga o’tmadilar. Ijtimoiy- ma'naviy sohada esa milliylikning har bir ko’rinishi «internatsionalizm« mohiyatiga yot ekanligini isbotlash-ga harakat qilindi. Bu narsa O’zbek tili, din, milliy urf-odat, an'ana, marosimlar, ayniqsa, «Navro'z» bayramiga munosabatda yaqqol ko’rindi.
O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida o’zkompartiyaning XVI Plenumi (1984-yil 23-iyun) juda mash'um rol o’ynadi. Ushbu partiyaviy tadbir ham aslida «yuqori»ning talabi bilan o’tkazilgan bo’lib, uning maqsadi mahalliy rahbar kadrlarni obro’sizlan-tirish, ular «timsoli»da O’zbek xalqini kamsitish edi. 1984—1990-yillar ichida O’zbekistonda XX asr 30-50-yillarida sodir bo’lgan qatag’onlardan ko’lam jihatidan kam bo’lmagan bedodliklar yuz berdi. Eng avvalo qatag’on qilichi Sharof Rashidovga qarshi ko’tarildi. 80-yillar qatag’onidan sobiq Ittifoqdagi biror-bir xalq O’zbek millati kabi talafot ko’rmadi. Markazning tazyiqi tufayli 1984-yildan respub-likamizga mamlakatning turli mintaqalaridan «desant-chilar» yog’ilib kela boshladi. «Desantchilar» aslida milliy-mahalliy urf-odat, an'analarni bilmagan, bilish-ni ham istamagan, aksincha, turli siyosiy iboralar bilan ularni inkor etuvchi, «yordam berish», «O'zbe-kistonni to’g’ri yo’lga solish» shiorlari orqali mam-lakatimizni obro’sizlantirishga harakat qilgan va markaz tomonidan rag’batlantirilgan hamda yuqori lavozimlarga tayinlanganlar edi. Gdlyan va Ivanov rahbarligidagi jazo otryadlari 1984—1989-yillarda turli bahonalar bilan o’n minglab rahbarlarni ishdan oldilar, kadrlarni almashtirish siyosati ommaviy tus oldi. Birgina 1984—1987-yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O’zbekistonning partiya, sovet, ma'muriy-xo’jalik organlariga ishga yuborilgan. Markazdan yuborilgan amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimlaridagi asosiy o’rinlarni egal-lab, qatag’on boshladilar. O’zbekistondagi kamchilik-larni ilma-teshik qilib tekshirdilar, yo’q xato va kamchi-liklarni atayin bor qildilar, siyosiy o’yinlar, makkor niyatlar natijasida jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy ta'sir etishlar ommaviy tus oldi. Eng yomoni O’zbekistonning milliy va hududiy o’ziga xosliklarini bilmagan «desant-chilar» O’zbek xalqining milliy g’ururini paymol qilishga urindilar. Bu davrda totalitar-buyruqbozlik, mustabid tuzum yo'1 qo’ygan xato va kamchiliklarga mintaqaviy yoki mil-liy hodisa deb qarash yuzaga keldi. Bu, ayniqsa, Moskva matbuot organlarida juda avjga chiqdi. Biroq davlat va xalq mulkini talon-toroj qiUsh, poraxo’rlik, mansabga tayinlashda oshna-og’aynigarchilik va mahalliychilikka yo'l qo’yish faqat O’zbekistonga xosdir, deb baholash tarixiy haqiqatga batamom zid siyosat edi. Bunday xato va kamchiliklar turg’unlik yillarida sovet jamiyatining hamma yerida, birinchi navbatda Markazning o’zida chuqur ildiz otib ketgandi. «Paxta ishi» keyinroq atay «O’zbek ishi»ga aylanti-rilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yo’liga o’tildi. Oqibatda butun respublikamizda parokandalik, lo-qaydlik, umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. Odamlarning ko’ngli jamiyatdan ham, siyosatdan ham sovidi, sarosimada, tahlikada yashay-digan bo’ldi. «Paxta ishi», «O’zbek ishi» Moskvada to’qib chiqarilgan bo’lib, pirovard natijada millat sha'niga, uning asrlar mobaynida to’plangan obro’-e'tiboriga, milliy qadriyatlariga dog’ tushirdi. Bu esa O’zbek xalqining sovetlar tuzumi, kommunistik mafkuraga nisbatan nafratini oshirdi.
Xulosa
Mustaqillikning tarixan qisqa davrida mamlakatimiz hayotida ham, odamlar turmushida ham keskin burilish yasaldi. Turmush tarzimiz o‟zgardi. Tafakkurimiz kengaydi. O‟zligimizni anglay boshladik. Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, dunyoviy muammolaru serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‟lgan barcha hodisalarni o‟zida mujasam etdi. Endi tarixchilarimiz xalqning istiqlolga erishish yo‟lidagi fidoyi mehnatini, milliy mustaqillikka erishish yo‟llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, istiqlolni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma‟naviy omillarni o‟rganish va milliy istiqlol mafkurasini va milliy g‟oyani yaratish kabi muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim. "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‟q," - degan edi I.Karimov. Tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta‟sir o‟tkazadi, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim omil bo‟lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini o‟rganish, undan saboq chiqarish bilan bog‟liq. Sobiq sovet hokimiyati hukmronligi davri (1917-1991 yillar) mamlakatimiz tarixida o‟ziga xos o‟rin egallaydi. 1917 yil oktabrida bolsheviklar zo‟rlik bilan amalga oshirgan to‟ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, jumladan O‟zbekiston xalqlari tarixida ham salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini ochib berdi. Chor mustamlakachilik imperiyasi o‟rnini "qizil imperiya" egalladi. Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy tarixiy jarayonning o‟ta murakkab va ziddiyatli kechishi ko‟plab qurbonlar berilishiga, madaniy va ma‟naviy yo‟qotishlarga olib keldi. Oktabr to‟ntarishidan keyin O‟zbekistonning anchagina qismi Turkiston avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga qo‟shib olindi. 1924- yilda o‟tkazilgan milliy-hududiy chegaralash natijasida O‟zbekiston SSR tashkil topib, SSR Ittifoqi tarkibiga kiritildi. Oqibatda O‟zbekiston to‟la-to‟kis Moskvaga qaram bo‟lib qoldi. Markaz Turkiston o’lkasini boshqarishda, ta’bir joiz bulsa, yangicha boshkaruv uslubini kul l ad i. Markazning Turkbyuro, Turkkomissiya, Sredazbyuro, TurkekOSO, SredazEKOSO va kator tashkilotlari udkani iktisodiy barkarorlashtirishda kisman bulsa xam uz xizmatlarini kursatishdi. Ammo bundan pirovard maksad ulkani xom ashyo bazasi sifatida tutib turish edi. Bularga guvox bulgan Turkiston ulka Musulmonlar byurosi, kiska vakt bulsa-da, mustamlakachilikka zarba berishga urindi. Ular ulka xalklari manfaati yulida ijtimoiy-siyosiy xarakatlarni amalga oshirdilar. Aslida bolsheviklar partiyasi Rossiyada yakka uzi xokimiyatni kulga kiritmagan. Inkilob mensheviklar, eserlar, kadet lar, narodniklar, bakuninchilar, anarxistlar tomonidan tayyorlangan edi. Ammo bolsheviklar inkilobdan avvalgi va keyingi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar vakillarini, oppozitsiyadagi barcha kuchlarni siyosiy maydondan sikib chikardi va jismonan kagagon kildi. Uzbekiston SSR tarixi SSSR tarixi bilan uzviylikda urganilar ekan, bu davrda partiya yakkaxukmronligi kizil ip bulib ugish ini kuzatamiz. «Butunjaxon inkilob i» sodir bulmagach, permanent revolyusiya atamasi ma’nosini yukotdi. Bir mamlakatda inkilobni amalga oshirish esa marksizm goyalarida dastlab kuzda tutilmagan edi.
Mustabid tuzum O‟zbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida o‟z iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning xom ashyo bazasi va mahsulot bozori sifatidagi holatini yanada mustahkamlashga intildi. O‟zbekiston sanoati asosan qishloq xo‟jaligi ehtiyojlariga xizmat qilishga yo‟naltirilgan edi. Markazning O‟zbekistondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy rivojida ham o‟zining ifodasini topdi. Sho‟rolar davrida xalqimizning og‟ir va mashaqqatli mehnatlari evaziga yaratilgan moddiyma‟naviy boyliklar uning farovonligi uchun xizmat qilmadi. O‟zbekiston hududida bunyod etilgan korxonalar, keragidan ortiqcha o‟zlashtirilgan qo‟riq va bo‟z erlar, qazilgan kanallar, qurilgan suv omborlari respublikamizning ekologik ahvolini murakkablashtirdi, Orol dengizining qurib borishini tezlashtirdi, dehqonchilik erlari tarkibini o‟zgartirib yubordi, atrof muhitni, ichimlik suvini zaharlanishiga yo‟l qo‟ydi. O‟zbekiston davlat mustaqilligini qo‟lga kiritishim bilan tarixiy haqiqatni tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga Vatanimiz tarixidagi noxolisliklarni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tugatish uchun qulay shart-sharoit qaror topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |