Kirish
1. Turkistonda siyosiy-demokratik tashkilotlarning vujudga kelishi hamda ularning faoliyati. Chiqarilgan qonunlardan manba sifatida foydalanish
2. O‘zSSRda 1925 – 1936 -yillarda hukumat va partiya chiqargan qonunlar muhim manba sifatida yoritilishi
3. O‘zbekistonning 1945-1991 yillardagi tarixiga oid hujjatlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Turkiston o’lkasi uzoq o’tmishga ega bo’lib, hozirgacha bo’lgan davr ichida ko’plab “qora kunlar” ni boshdan kechirdi. Shunday “qora kunlar” dan biri bu shundoq ham chor Rossiyasi ta’sirida aziyat chekayotgan Turkistonning sho’rolar tomonidan istibdod etilishi edi. Chor Rossiyasi yurtimizni bosib olib to biz davlat mustaqilligimizni qayta tiklagunimizga qadar o’rta hisobda 130 yil vaqt o’tdi. Shu davr ichida xalqimiz boshiga ne-ne kulfatlar, baloyu ofatlar yog’ilmadi. Xoh siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni olaylik, xoh ma’naviy, madaniy sohani ayniqsa, sho’rolar hukmronligi yillarida xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzilib qo’yildi. Yetmish yildan ortiq davrda boshimizdan qanday ma’naviy, madaniy tazyiq, xo’rliklar kechganini ham yaxshi bilamiz. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan tarixiy haqiqatni tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga kelgan Vatanimiz tarixidagi noxolisliklarni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tugatish uchun qulay shart-sharoit qaror topdi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov "Turkiston" gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida mustabid sovet tuzumi davriga munosabat bildirar ekan: "bugun biz ota-bobolarimizning sun’iy ranglar bilan ajratib baho bermasligimiz, balki ularning hayotini, ular yashagan davrning mohiyatini to’g’ri tushunishga harakat qilishimiz lozim" ,deb ta’kidlagan edi. Modomiki, shunday ekan, his-hayajonga berilmasdan, mustabid siyosiy tuzum tarixi bilan xalqimiz tarixini ajrata bilishimiz, uni xolisona yoritishimiz zarur. Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o’zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o’chmas dog’-hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizni ma'nan va ruhan qo’llab-quvvatlab kelgan asl ma'naviy qadriyatlarni zavol toptira borib, ularning jismi-jonida mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg’ularini asta-sekin so’ndirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog’ini qonga belagan chor zobitlaridan biri, qonxo‟r general Skobelevning: “Millatni yo‟q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo‟q qilsang bas, tez orada o‟zi tanazzulga uchraydi”, deb aytgan behayo so‟zlari bekorga aytilmagan, albatta. O‟lka jadidlarining rahnamosi M.Behbudiyning “Haq olinur, berilmas!” shiorida ozodlik uchun kurash g‟oyasining muqarrarligi o‟z yorqin ifodasini topgan edi. Butun Turkistonni larzaga keltirgan hamda chor mustamlakachilarini sarosimaga solgan o‟lka xalqlarining 1916-yilgi milliy-ozodlik harakati ham yurt ozodligi yo‟liga bag‟ishlangan edi. Mavzuning predmeti va ob’ekti: SSSR davrida tashkil bo’lgan siyosiy partiyalar, mustamlakachilik davrida tarixiy manbalarning xili va turi ko‘paydi. Turkistonda faoliyat ko‘rsata boshlagan mustamlakachilik ma’muriyatining barcha bo‘g‘inlarida xilma-xil ish yuritish xujjatlari yaratila boshlandi. Qonun chiqarish aktlari bilan birga bu xujjatlar muxim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkiston o‘lkasini boshqarish bilan mashg‘ul bo‘lgan idoralarda, korxonalarda va boshqa idoralarda ish yuritish xujjatlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada o‘lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy axvolini o‘zida aks ettirgan yuzlab xujjatlar yaratildi. Bunday xujjatlarni quyidagi uchta asosiy guruxlarga bo‘lish mumkin. 1. Davlat muassasalari xujjatlari. 2. Banklar, xususiy korxonalar va shirkatlar (firmalar) xujjatlari. 3. Siyosiy partiyalar va tashkilotlar xujjatlari. XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan xujjatlar asosan qo‘lyozma shaklida edi. Mavzuning maqsad va vazifasi : Mavzuning maqsadi shuki SSSR boshqaruvi paytida, yuqori boshqaruv organlari tomonidan chiqarilgan qonunlar, qarorlar, farmoishlarni tarixiy manba sifatida o’rganish va uni holisona tahlil etishdir. XX asrning boshlarida yozuv mashinkasi tobora keng tarqalib borishi bilan xujjatlar chop qilina boshlandi. Davlat muassasalari xujjatlari, shakl va muzmun jixatidan xilma-xildir. Ular asosan protokollar (jurnallar va stenogrammalar), xisobotlar, muqotiba xamda buxgalteriya, diplomatik, xarbiy va sud-tergov xujjatlaridan iboratdir. Siyosiy tashkilotlar va partiyalar xujjatlari ularning dasturi va maromnomalaridan (programmasi va ustavidan), ish yuritish xujjatlaridan, varaqalar, muqotiba va boshqalardan iboratdir. Bunday xujjatlardan dastlabki umumrus siyosiy partiyalarining Turkistonda faoliyat ko‘rsatgan tashkilotlarga tegishlidir. Eserlar, sotsial- demokratlar (bolsheviklar va mensheviklar), kadetlar va boshqa tashkilotlarning oz bo‘lsada saqlanib qolgan xujjatlarida ularning bu erda olib borgan faoiliyatining asosiy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan. Masalan, eserlar partiyasining 1907 yilda «Sen kurashda o‘z erkingni qo‘lga olasan» sarlavxali dexqonlarga qaratilgan o‘zbek tilidagi varaqasida partiya siyosatnining asosiy maqsadlari bayon qilingan. XX asrning boshlarida Turkistonda maxalliy axoli vakillarini birlashtirgan. Ushbu davrda chiqarilgan qonunlar shu davr tarixini yaqqon ochib beruvchi tarixiy manbalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |