3. O‘zbekistonning 1945-1991 yillardagi tarixiga oid hujjatlar
Sovet davrida ijtimoiy davirda xayotda sodir bo‘lgan xodisalar, turli tarmoqlarda erishganlar yutuqlar xamda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar markaziy va maxalliy davlat muassasalarining ish yuritish xujjatlarida o‘z aksini topgan.
Respublika vazirliklar va vazirliklarga tenglashtirilgan muassasalar, viloyat, shaxar va rayonlarning boshqaruv organlari xujjatlarida u yoki bu soxada, u yoki bu mintaqada ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar o‘z ifodasini topgan. Qisman nashr qilingan. Asosiy qismi esa markaziy va viloyat davlat arxivlarida saqlanayotgan oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari xamda davlat muassasalarining ish yurituvchi xujjatlari eng muxim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Xisobotlar, ma’lumotnomalar, maktublar va boshqa xildagi xujjatlardan iborat bu mansabalarsiz sovet davri tarixining to‘liq manzarasini yaratish mumkin emas. Siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari xujjatlari. Sovet davrida O‘zbekistonda yagona partiya O‘zbekiston kommunistik partiyasi faoliyat ko‘rsatgan, xolos. Boshqa siyosiy partiyalar Oktyabr to‘ntarishidan keyingi dastlabki yillardayoq ta’qiqlab qo‘ygan edi. O‘zbekiston kompartiyasi respublika xalqi manfaatlari savot bilan ximoya qilgan mustaqil siyosiy partiya bo‘lmasdan KPSS ning bir bo‘lagi xisoblanardi. SHu sababdan O‘zbekiston kommunistlari KPSS Markaziy organlari qabul qilgan qaror va ko‘rsatmalarni so‘zsiz bajarishga majbur edilar. SHuni eslatib qo‘yish kerakki, KPSS amalda xokimiyatni o‘z qo‘lida to‘plab olgan davlatning oliy organlaridan xam yuqorida turgan tashkilot bo‘lgan. Demak, sovet jamiyatida, shu jumladan O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosat bevosita kommunistik partiyaning ko‘rsatmalaridan kelib chiqar edi. SHunday ekan, sovet davri tarixini to‘g‘ri yoritish uchun KPSS va uning O‘zbekistondagi filiali-O‘zbekiston Kompartiyasi xujjatlarini e’tibordan chetda chetda qoldirmaslik kerak. KPSS va O‘zkompartiyaning xujjatlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. KPSS va O‘zkompartiyaning s’ezdlarida, konferensiyalarida, markaziy va maxalliy komitetlarning plenumlarida qabul qilingan xujjatlar partiya dasturi, qarorlar, murojaatnomalar va boshqalar bu davr tarixini teranroq o‘rganish imkonini beradi.
Sovet davri O‘zbekistonda kasaba uyushmalari yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar qo‘mitalari, turli ijodiy va kasbiy uyushmalar (teatr xodimlari uyushmasi, yozuvchilar ittifoqi, sport jamiyatlari, rassomlar uyushmalari va xakozo)lar faoliyat ko‘rsatar edi. Bundan qa’tiy nazar, jamoat tashkilotlarining s’ezdlari, konferensiyalari va yig‘ilishlarida qabul qilgan qarorlar, ularning dastur va murojatnomalari ijtimoiy xayotning turli qirralarini yoritishda muxim o‘rin tutadi. Ammo bu uyushmalar xujjatlaridan tanqidiy ruxda foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki ularning ko‘pida mazkur tashkilot va uyushmaning faoliyatiga ba’zan ortiqcha baxo beriladi.
Siyosiy partiyalar jamoat tashkilotlarining ayrim xujjatlari nashr qilingan. Rus tilida nashr qilingan «Turkiston kompartiyasining s’ezdlari va Markaziy komitet plenumlari revolyusiyalari», «O‘zbekiston kompartiyasi s’ezdlarining qarorlari», «O‘zbekiston Kompartiyasi fakt va raqamlarda», «O‘zbekiston komsomoli s’ezdlari qarorlari» nomli to‘plamlar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari partiyalar va jamoat tashkilotlarining turli yig‘inlarida qabul qilingan ayrim xujjatlar o‘z vaqtida matbuot saxifalarida e’lon qilingan edi. Partiyalar va jamoat tashkilotlari xujjatlarining asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xuzuridagi arxiv va uning viloyatlardagi bo‘limlarida, O‘zbekiston Kompartiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi xamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanmoqda Statistik manbani taxlil qilish chog‘ida unga tanqidiy yondashish zarurdir. Bundan asosiy maqsad, keltirilgan fakt va raqamning to‘g‘ri ekanligiga ishonch xosil qilishdir. SHuni xam esdan chiqarmaslik kerakki, ayrim davrlarda masalan urushdan oldingi yillarda, 70-80 yillarda ayrim statistik ma’lumotlar ataylab soxtalashtirilgan edi. Masalan I Ba II besh yilliklarning yakunlari shaxsan Stalinning ko‘psatmasi bilan ancha oshirib ko‘rsatilgan. Bundan maqsad Stalin va kompartiya tutgan yo‘lning naqadar samarali ekanligini xalq va jaxon afkor ommasiga ko‘z-ko‘z qilish edi. 70-80 yillarda esa O‘zbekistonda etishtirilgan paxta xom-ashyosining miqdori oshirilib yozilar edi. SHu yo‘l bilan sovet xukumatida ro‘y berayotgan iqtisodiy inqirozni xaspo‘shlashga xarakat qilardi. Statistik ma’lumotlarni qiyosiy tarzda taxlil etish maqsadiga muvofiqdir. Bitta yoki ikkita fakt biron-bir xodisa xususida atroflicha ma’lumot bera olmaydi. SHuning uchun bunday ma’lumotlarni taxlil etishda ko‘pincha qiyoslash uslubi qo‘llaniladi. Turli fakt va raqamlarni bir-biriga solishtirib, ijtimoiy xodisalarni rivojlanish tendensiyalari va sur’atlari aniqlanadi. Statistik ma’lumotlar o‘z vaqtida qisman nashr etilgan. 1960 yildan to 1983 yilga qadar rus tilida «O‘zbekiston xalq xo‘jaligi ___ yilda» nomli statistik to‘plami nashr etildi. Mazkur to‘plam respublikamiz xalq xo‘jaligining barcha 44 soxalariga doir faktik ma’lumotlar yig‘ilgandir. Ammo statistik ma’lumotlarni asosiy qismi nashr etilmagan va xozirgi kunda arxiv fondlarida saqlanmoqda. E’tiborga loyiq statistik ma’lumotlardan yana biri - bu aholini umumiy ro‘yxatga olish materiallaridir. Bunday ro‘yxatga olish dastlab 1897 yilda amalga oshirilgan edi. Sovet davrida 8 marotaba axoli ro‘yxatga olindi. (1920 1923,1926,1939,1959,1970,1979 va 1989 yillarda). Axolini ro‘yxatga olish materiallari tarixchi uchun juda muxum ma’lumotlar beradi. Lekin axolini ro‘yxatga olishlar o‘rtasida ancha uzoq muddat o‘tganligi sababli tadqiqotchilar ko‘p xollarda joriy demografik statistika materiallariga murojat qilishadi. Sovet davri manbalari orasida davriy matbuot muxum o‘rinda turadi. Kompartiya va Sovet davlati fuqorolarining ongiga sotsialistik mafkurani singdirishda matbuot organlariga muxim rol ajratgan edilar. SHu boisdan Sovet davrida O‘zbekistonda nashr etilgan gazeta va jurnallar soni muttasil oshib bordi. 1918 yilda Turkiston ASSRda 18 ta nomda gazeta va jurnallar nashr etilgan bo‘lsa, 70 yillarga kelib respublikamizda nashr etilgan gazetalar soni 125 tani, jurnallar soni 50 tani tashkil etdi. Sovet davrida nashr etilgan gazeta va jurnallarni shakli va mazmuniga qarab turli shakllarga bo‘lish mumkin. Davriy matbuot respublika va maxalliy gazeta va jurnallar: partiya va xukumat va jamoat tashkilotlari nashrlariga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ilmiy adabiy-badiiy nashrlarga bo‘linadi. Bu davrda O‘zbekistonda 6 ta tilda gazeta va jurnallar nashr etilar edi. SHuni qayd etish kerakki, sovet davrida matbuot partiya komitetlarining nazorat ostida bo‘lib, sotsialistik mafkura zaminida shakllandi va rivojlandi. Senzura partiya va xukumatning siyosatiga mos bo‘lmagan materiallarni nashr etishga yo‘l qo‘ymasdi. Lekin shunga qaramay, matbuot davr nafasini bizga etkazdi, o‘tmishninig jonli lahzalarini o‘z sahifalarida aks ettiradi. Tadqiqotchi o‘zini qiziqtirgan mavzudan kelib chiqqan xolda qaysi gazeta va jurnallardan foydalanishni bilishi mazkur matbuot organlarida nashr etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlashi zarur. Buning uchun matbuotdagi materiallarni boshqa manbalar bilan solishtirish lozim. Sovet jamiyatining 80-yillar o’rtasidagi holati, ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o’zgarishlar qilishga urinib ko’rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko’proq daxldor bo’ldi. Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pa-sayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxi-ralarga ega bo’lishiga qaramasdan g’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish sama-radorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o’zlashtirish juda sust olib borildi. Jahonning rivojlangan va demokratik tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyati-' dan nafratlanish, jiddiy, tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi. Ana shunday sharoitda 80-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi
Do'stlaringiz bilan baham: |