Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi



Download 3,52 Mb.
bet1/5
Sana23.07.2022
Hajmi3,52 Mb.
#842939
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Otaboyeva Maftuna kurs ishi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
214-guruh talabasi Otaboyeva Maftunaning botanika fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Yorangulnamolar qabilasi
Topshirdi: Otaboyeva M.
Qabul qildi: Igamova O.
Urganch 2022

Reja



Kirish.
I-Bob. Adabiyotlar tahlili.
II-Bob. Asosiy qism.
2.1. Yorangulnamolar qabilasi haqida umumiy ma'lumot.
2.2. Yoranguldoshlar oilasi
2.3. Yorangulnamolar qabilasi vakillari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Botanika fanida asosiy masalalardan biri Yorangulnamolar qabilasiga kiradigan oʻsimliklarning xususiyatlarini o‘rganish va ular haqida maʼlumotga ega boʻlish. : Yorangulnamolar qabilasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki ular oziqa va dorivor o‘simliklar sifatida juda ko‘p ekiladi. Asason madaniy holda uchraydi.
Dorivor o‘simliklar klasterlariga: yer maydonlarini foydalanishga kiritishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmonida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarorida qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dorivor o‘simliklar klasterlari, dorivor o‘simliklar yetishtiruvchilar va ularni qayta ishlovchilar tomonidan 2023-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan xomashyo, shu jumladan madaniy plantatsiyalar barpo etish uchun urug‘ va ko‘chatlarni, uskunalar hamda maxsus texnikalarni, shuningdek, fitobarlar uchun savdo avtomatlarini bojxona bojidan ozod qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Bunda, savdo avtomatlari faqat fitobarlar tashkil etish uchun, bojxona imtiyozlari berilishi hisobidan bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi noyob dorivor o‘simliklar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlasin; ibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar kolleksiyasi uchastkasi va genbankini tashkil etsin; Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘simlik xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida dori substansiyalari ishlab chiqarishni tashkil etish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
a) Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda dori vositalari bilan bir qatorda kimyoviy dori vositalarining organizmga salbiy ta’sirining oldini olish xususiyatlariga qarab dorivor o‘simliklarni minimum standart retseptlariga kiritish bo‘yicha tegishli hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritsin; 2020-yilning 1-iyundan boshlab tibbiyot muassasalari, shu jumladan oilaviy poliklinikalar va qishloq (ovul) vrachlik punktlarida fitobarlar tashkil etsin;
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi qoshidagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‘lari hisobidan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va mutaxassislar, ularning ish tajribasi, ko‘rsatadigan xizmat turlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi har yili 1-dekabrga qadar farmatsevtika tarmog‘ining dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabi (turi, hajmi, texnologik talablar va boshqalar)ni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining markaziy apparatida Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘limi negizida 5 ta shtat birligidan iborat Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Mazkur boshqarmaning qo‘shimcha shtat birliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari va tizimidagi 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida mavjud shtat birliklari doirasida dorivor o‘simliklar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnikasi bo‘limini tashkil qilsin.
Respublikamizda ham mahalliy dorivor o‘simlikshunoslikni rivojlantirish sohasida ko‘pgina ilmiy va amaliy ishlar bajarildi. Dori-darmon ishlab chiqarish tarmog‘ining o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabi imkon darajasida qondirildi.
Bu talab ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
-O‘zbekiston florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanish, zahiralari kamayib ketayotgan turlarni ko‘paytirish va madaniylashtirish;
-Chet el florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarni mahalliy sharoitga introduksiya qilish, ularning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va yetishtirish usullarini ishlab chiqib, plantatsiyalar barpo etish.
Amalga oshirilgan ilmiy va amaliy ishlar asosida tog‘, tog‘ oldi adirliklari va sug‘oriladigan maydonlarda dorivor o‘simliklar o‘stirish, ko‘paytirish va yetishtirish usullari ishlab chiqildi va ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarga tavsiyanomalar berildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot va dori-darmon ishlab chiqarish tarmoqlarini davlat muhofazasiga olish to’g’risida»gi (1996) qarorida ta’kidlanganidek, mahalliy floraga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarni asrash va ularni madaniy holda ko‘paytirish kerak. Shuningdek, chet el florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarni mahalliy sharoitga introduksiya qilishni amalga oshirish dolzarb muammodir. Bu o‘z navbatida respublika farmatsevtika sanoatining chetdan xom-ashyoni sotib olish (import) muammosini xal etish bilan birga, zarur bo‘lganda xomashyoni chetga sotish (eksport) imkoniyatini yaratadi. 2000-yilda respublika farmatsevtika sanoati «O‘zfarmkonsern», O‘zbekiston Respublikasi Davlat fan va texnika qo‘mitasining №2 (11.03.2000-y.) qaroriga muvofiq, o‘z tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalarida tabiiy dorivor preparatlarni yaratish va ularni ko‘paytirishda kerakli xomashyoni mahalliy sharoitda yetishtirish sohasida ish boshladi. Introduksiya - (introductio - kirish, ko‘chirish ma’nosini bildiradi) biror o‘simlik turini ilgari o‘smagan joyga olib kelish yoki ko‘chirish demakdir. Masalan, Amerika qit’asidan Yevropa va boshqa mamlakatlarga makkajo‘xori, kungaboqar, tamaki, kartoshka va boshqa ekinlar keltirilgan. Bizning Respublikamizda katta maydonlarda yetishtiralayotgan pomidor, bulg’or qalampiri, xitoy karami, gul karam, mevali ekinlardan xurmo va sitrus o‘simliklari ham introduksiya qilingan. Biror iqlim sharoitida o‘sib ungan o‘simlik turini iqlim sharoiti farq qiladigan boshqa hududga ko‘chirish va shu yangi sharoitga moslashtirishga iqlimlashtirish yoki akklimatizatsiya deyiladi. Iqlimlashtirish uchun mo‘ljallangan o‘simlik turi urug‘idan ko‘paytirilishi shart. Uning urug‘i iqlimlashtirish maqsadida ekilganida nihollarda irsiy o‘zgarish paydo bo‘lishi mumkin. Tanlash natijasida mahalliy sharoitga moslashgan o‘simliklar ajratib olinadi va ular keyinchalik vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladi. Agar urug’lar sun’iy duragaylash yo‘li bilan ota – ona juftliklarini har tomonlama tahlil qilib olingan bo‘lsa, iqlimlashtirish natijalari tez va samarali bo‘ladi.

Download 3,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish