Introduksiya
Introduksiya (lot. introductio -joriy qilish), oʻsimliklar introduksiyasi — turli oʻsimliklar turlari va
navlarini oʻz tabiiy arealidan ilgari uchramagan hududlarga koʻchirish (jalb etish). "I."
tushunchasi 19-asrning 2-yarmidan buyon qoʻllanib kelinmoqda. Oʻsimliklar I.si nazariyasini
shveysariyalik botanik A. De-kandol (1806—93) 1855-yilda asoslab bergan. N. I. Vavilov oʻzi
yaratgan madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari nazariyasi asosida 1920-yilda I.ning
ilmiy asoslarini ishlab chikdi.
Hozir deyarli barcha qitʼalarda yetishtirilayotgan madaniy oʻsimliklarning koʻpchiligi turli
geografik oʻlkalardan tarqalgan, "koʻchirib keltirilgan" oʻsimliklar hisoblanadi. 16—17-asrlarda
Amerikadan Yevropaga makka-joʻxori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, tamaki va boshqa
tarqalgan boʻlsa, 17-asrdan boshlab Shimoliy Amerikada Yevropadan keltirilgan olxoʻri, olma,
nok, kashtan va boshqa oʻstirildi, Avstraliyada makkajoʻxori, qovoq, zaytun, uzum, sitruslar
paydo boʻldi. Oʻsimliklar tabiiy arealdan yangi hududlarga I. qilinganda turlar (navlar)ning
hayotchanligi va I.ning maqsadi boʻlgan qimmatli xoʻjalik belgilarining yaxshilanishi yuz
beradi: meva (urugʻ) hosildorligi koʻtariladi, fitomassa koʻpayadi, muhitning turli omillariga,
kasallik, zararkunandalarga chi-damliligi ortadi va boshqa "Oʻz markazlari"dan I. etilishi
oʻsimliklar arealini maʼlum doirada kengaytirdi va bu borada ayrim oʻsimliklarning bir-lamchi
markazlar bilan boʻlgan aloqasi uziladi. Mas, yer yongʻoqning vatani — Shimoliy Argentina,
biroq hozir yer yongʻoq eng koʻp ekvatorial Afrikada yetishtiriladi. Kartoshkaning vatani —
Janubiy Amerika boʻlsa ham, u dunyoning koʻpgina davlatlarida asosiy oziq mahsuloti
hisoblanadi.
Oʻrta Osiyo ham koʻpgina madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish marka-zi hisoblanadi va bu
yerda ularning xilmaxil shakllari uchraydi. Shu bilan bir qatorda, 19-asrda va undan avval Oʻrta
Osiyoga aholiga nomaʼlum boʻlgan oʻsimliklar keltirilgan, ular iqlimlashtirilib, asosiy ekinlarga
aylangan. Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda I. natijasida kartoshka, pomidor, shirin
qalampir, baqlajon, karam, ayrim koʻkat va ziravorlar, yer yongʻoq, hurmo, limon, unabi kabi
sab-zavotlar, poliz ekinlari, meva turlari tarqaldi.
Oʻsimliklar I.si uchun materiallar yigʻish maqsadlarida madaniy oʻsimliklarning birlamchi va
ikkilamchi kelib chiqishi markazlariga ilmiy eks-peditsiyalar uyushtiriladi (mas, Oʻzbekiston
Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti gʻoʻzaning yovvoyi turlarini
yigʻish boʻyicha akademik A. Abdullayev boshchiligida 1975-yilda Meksika, 1984-yilda Peru,
1989—90 yillarda Shri Lanka, Hindiston, Xitoy, 1997-yilda Avstraliyaga ilmiy ekspeditsiyalar
yuborgan). Botanika va seleksiya muassasalarida oʻsimliklar I.si va soʻngra ularni
iqlimlashtirish ishlari olib boriladi.
20-asrning 30-yillarida Oʻzbekistonda tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar ilmiy reja asosida jahon
madaniy va yovvoyi oʻsimliklarining xilma-xil turlarini yigish, I. ishlarini boshladilar. Hozirgi
Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik, Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, Genetika va
oʻsimliklar eksperimental biologiyasi, Botanika i. t. institutlari va Botanika bogʻida I.langan va
mahalliy navlar asosida turli ekinlarning kolleksiyalari tashkil etilgan.
Jahon mamlakatlari oʻrtasida ilmiy hamkorlik kengaygan sharoitlarda I.ning vazifasi
oʻsimliklarni ilmiy asosda yangi oʻlkalarga jalb etish va mavjud ekinlar nav tarkibini zamonaviy
sanoat navlari bilan boyitishdan iborat (yana qarang
Adaptatsiya
,
Areal
,
Iqlimlashtirish
).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Introduksiya&oldid=2842810
" dan olindi
Adabiyot
Manbalar
Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |