Sillogizmning umumiy qoidalari.Xulosa asoslarining chin bo’lishi xulosaning chin bo’lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo’lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari debataladi. Bular sillogizmning terminlari va asoslariga taaluqli bo’lgan qoidalar bo’lib, quyidagilardan iborat:
1.Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o’rta terminlar bo’lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o’rta terminga bo’lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan ham termionlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo’lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo’lsa, xulosasi yangi bilim bermaydi;
2.O’rta termin hech bo’lmaganda asoslardan birida to’la hajmda
olinishi kerak. Agar o’rta termin hech bir asosda to’liq hajmda olinmasa, chetki terminlarning bog’lanishi noaniq bo'ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bo’lmaydi.
Ba’zi faylasuflar notiqdir.
Kafedramizning hamma a’zolari faylasufdir.
Bu sillogizmda o’rta termin katta asosda juz’iy hukmning sub’ekti, kichik asosda umumiy tasdiq hukmning predikati bo’lgaligi uchun to’liq hajmda olinmagan. Shuning uchun chetki terminlar o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanmagan. Bu aqsoslardan chiqarilgan xulosa noaniq bo'ladi:
3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo`lsa, xulosada ham shunday hajmda bo`lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin hajmini noo`rin kengayeib ketishiga olib keladi.
4.Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo`lmaydi.
5. Ikki juz`iy hukmdan xulosa chiqarib bo`lmaydi.
6. Asoslardan biri inkor hukm bo`lsa, xulosa ham inkor hukm bo`ladi.
7. Asoslardan biri juz`iy hukm bo`lsa, xulosa ham juz`iy hukm bo`ladi.
Sillogizm figuralari va moduslari. Oddiy qat`iy sillogizmning strukturasida o`rta terminning joylashishiga qarab sillogizmning to`rtta figurasi farq qilinadi
Nomukammal sillogizmlarni mukammal sillogizm ko’rinishiga keltirish. Aretoteldan boshlab barcha mantiqshunoslar sillogizmning I figurasi va uning moduslarigakatta e’tobor berganlar. Ular I figurani mukammal, deb bilganlar, uning xulosalarini aniq va yaqqol, deb hisoblaganlar. Sillogizmning boshqa figuralarini nomukammal deb,ularning xulosalarini chin ekanligini aniqlash uchun I figuraga keltirisgh zarur, deb hisoblaganlar. Bu mantiqiy amal bajarilganda moduslarning nomiga e’tibor beriladi:
1.Modusning nomida “s” harfi bo’lsa, undan avval keluvchi unli harf orqali ifodalanadigan hukm to’liq almashtirilishi shart (conversio simplex).
2.Modusning nomida “p” harfi bo’lsa, undan avval keluvchi unli harf orqali ifodalanadigan hukm qisman almashtiriladi (per accidens).
3.Modusning nomida “m” harfi bo’lsa, unda sillogizm asoslarining o’rnini almashtirish (metathesis yoki mutatio pramissarum) zarur.
4. Moduslarning bosh harflari (Bo'ladi, C, D, F) ularni I figuraning qaysi modusiga keltirilishini ifodalaydi. II va IV figuralarning Cesare, camestres va camenes moduslari I figuraning celarent modusiga keltiriladi. II figuraning darapti, Disamis moduslarini q figuraning dariii modusiga, Fresission ni 1 figuraning ferio modusiga keltiriladi.
5.Modusning nomidagi “k” harfi shu modusningI figura moduslaridan birortasi orqali alohida usul vositasida isbotlanishi bildiradi. Bu usul reductio adabsurdum deb ataladi.
Endi bu qoidalarga asoslangan holda bir necha misollarni ko’rib chiqamiz:
II figuraning cesare modusi I figuraning Celarent modusiga keltiriladi (4-qoida). 1-qoidaga ko’ra II figuraning katta asosi to’liq almashtiriladi.
II figura Cesare. I figura Celarent.
E. hech bir P-M emas. E. Hech bir M-P emas.
A. hamma S-M A. Hamma S-M
Hamma o’qituvchilar pedagogdir.
Bu ayol-pedagog.
__________________________
Bu ayol o’qituvchi.
Faqat o’qituvchilargina pedagog bo’lmaydi, shuning uchun har ikkala xulosa noaniqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |