4. Pul tizimi shakllari va ularning evolyutsiyasi
: bimetallizm; monometallizm; qog’oz
va kredit pullari tizimi.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va tanga muomalasi
bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul zimlariga bulinadi.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va kumush)
bajargan, bu tizimda ikkala metalldan xam tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning
cheksiz almashishiga amal qilingan.Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali,
metallning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi
mutanosiblikni o`rnatib qo`ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va ularning axoli
tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan.
242
Bimetallizm XVI-
XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy
Yevropaning qator
mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Fransiya, Belgiya, Shveytsariya va
Italiya mamlakatlari bimetallizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga
urinishgan. Tuzilgan konvensiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli
tangalarni chiqarish, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o’rnatish shartlari
ko’zda tutilgan
65
.
Biroq, bimetallik pul tizimining qo`llanilishi rivojlangan kapitalistik xo`jalik extiyojlariga
mos kelmasdi, chunki qiymat o`lchovi sifatida bir vaqtning o`zida ikki metall - oltin va
kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funksiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat
o’l
chovi bo`lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi
davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi.
XIX asr oxirida
kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’qo
tishi natijasida oltin tangalar
muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-
Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni
yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.
Kapitalizm taraqqiyoti mustaxkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni tal
ab qildi,
shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi.
Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush umumiy ekvivalent va
pul muomalasining asosi b
o’
lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari
qimmatbaho metallar almashiniladi.
Rossiyaning O’rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Toshkent ruslar qo’liga o’tgan.
Keyinchalik Buxoro davlatining O’ra tepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Urgut kabi
shaharlari Rossiya tasarrufiga o’tgan. Buxoro amiri Rossiya bilan do’stlik shartnomasini tuzgan
va yarim mustaqil davlat bo’lib o’zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan hamda mustaqil pul
siyosatini olib borgan. O’sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo
Rossiyaning 6 rubl 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - (mira) 4 kopeekka,
pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan. Muomalada ko’proq kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1
tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o’zgarib turgan. O’tgan asrning 90
-yillarida Rossiya
Toshkent va Qo’qonda, keyinchalik, Buxoroda o’z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin,
kumush tangalari va kredit biletlari kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko’ra
kredit biletlari juda mashhur bo’lgan. Buxoro beklariga amirga to’laydigan soliq va boshqa to’lov,
in’omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko’ra, kredit biletlarda olib kelish arzon
va oson bo’lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga almashtirilgan. Rus banklarida
kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan.
Ular Rossiyaga jo’natilgan va Peterburgdagi
zarbxonada qayta ishlatilib rus kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan
66
.
Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847-1875 yy. da
mavjud bo`lgan.
Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda
o’
tkazilgan pul isloxoti
natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli b
o’
lgan. Keyinchalik muomalaga kredit biletlari
xam chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga
almashtirilgan. Lekin bu isloxot sunayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo
balansi taqchiligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856
yillardagi Qrim urushi k
o’
p miqdorda
qo’
shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va natijada
ular qo
g’
oz pulga aylanib qoldi.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr
oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. K
o’
pchilik boshqa davlatlarda u XIX
asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada
- 1873 yilda, Fransiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya za Yaponiyada -
1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda.
65
Красавина Л.Н. “Международный валютно
-
кредитный и финансовый отношения”
Москва, ”Финансы и статистика”
. 2005.
Стр
68.
66
R.Barr. Aforementioned work. Page 237.
243
Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chiqarish,
kredit tizimi, jaxon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |