.
62
Valyuta kurslarining muhimligi nimada?
Valyu
ta kurslarining muhimligini ularning o’z mamlakatlari hududidagi va xorijiy
davlatlarning tovarlariga nisbatan qiymatiga ta’sir etishida ko’rishimiz mumkin. Amerikaliklar
uchun fransuz tovarlarining dollardagi narxi ikki omillarning o’zaro ta’siri orqali a
niqlanadi:
yevroda ifodalangan fransuz tovarlarining narxi hamda yevro/dollar valyuta kursidadir.
Tasavvur qiling, amerikalik Vanda Degustator o’zining vino kolleksiyasini to’ldirish
maqsadida 1961-yilning qimmatbaho fransuz vinosini harid qilishga qaror qildi. Agar Fransiyada
bir litr vinoning narxi 1000 yevro bo’lsa, ammo valyuta kursi 1 yevro uchun 1,18 dollarga teng
bo’lsa, Vandaga vino 1080 dollarga to’g’ri keladi. (1000 yevro*1,08 dollar/yevro). Tasavvur
qilaylikki, Vanda o’zining haridini ikki oyg
a kechiktirdi. Vaholanki ushbu davr mobaynida
yevroning qiymati 1,2 dollarga oshdi. Agar bir litr vinoning ichki narxi 1000 yevro bo’lib, ya’ni
o’zgarmasa, dollardagi qiymati esa 1080 dan 1200 ga o’sadi.
Boshqa tarafdan, valyutaning anologik mustahkamlanishi mamlakat ichida xorij
mahsulotlarining narxini tushiradi. 2000 dollar narxidagi Compaq komputeri bir yevro uchun 1.08
dollarga to’g’ri keluvchi valyuta kursida programmist Pyer uchun 1852 yevroga tushadi. Agar
valyuta kursi bir yevro uchun 1,02 dollar
bo’lsa, computer 1667 yevro bahoga ega bo’ladi.
Yevro narxining tushishi AQShda fransuz tovarlarining narxlari tushishiga olib keladi va
ayni shu bilan bir vaqtda Fransiyada Amerika mahsulotlarining narxlari oshishiga olib keladi.
Agar bir yevro 0,90 dolla
r bo’lsa, Vandaga bit litr vino 1080 dollar emas 900 dollarga, Pyer
uchun Compaq komputeri 1852 yevrogamas 2222 yevroga tushadi.
Bu turdagi yondashuv quyidagi xulosani keltirib chiqaradi: mamlakat valyutasi
mustahkamlanganda (boshqa xorij valyutalariga nisbatan qiymati oshsa), ushbu mamlakatning
mahsulotlari qimmatlashadi, mamlakat ichida import tovarlar arzonlashadi. Va aksincha,
mamlakat valyutasi qadrsizlansa, uning mahsulotlari xorijda arzonlashadi, import tovarlar esa
qimmatlashadi.
Masalan, AQShning
po’lat quyuvchi sanoati nafaqat amerika qimmat po’latining xorijga
eksporti qisqardi, balki AQShda nisbatan arzon import po’latning sotuvi ro’y berdi. To’g’ri,
amerikalik iste’molchilar g’alaba qozonishdi, chunki import mahsulotlar arzonlashdi. Yaponiya
videomagnitafonlari va kameralari, hamda Yevropa
ga yo’llanmalarning narxi dollarning
mustahkamlanishi tufayli tushdi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |