Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


Pulning metallik nazariyasi



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

2. Pulning metallik nazariyasi 
34
Деньги. Кредит. Банки: учеб, –
2 изд., перераб. и доп. / под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК Велби, 
Изд –
во Проспект, 2008. –С. 224.


172
Pulning metallik nazariyasi XVI 

XVII asrlarda dastlab kapitalning boylik sifatida 
jamg’arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga ke
ldi. Moneta 
tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish) ga qarshi kurashda progressiv 
(ijobiy) rol o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va vujudga kelayotgan burjuaziya ehtiyojlarini 
aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar t
arafdori bo’lib chiqdilar.Bu nazariya o’sha davr 
kapitalizmining eng rivojlangan Angliya davlatida maydonga keldi. 
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim 
shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg’arishga bo’lgan intilishi iqtisodchilarning 
boylikning manbaini o’rganishlariga sabab bo’ldi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning 
e’tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar 
bilan almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi deb hisoblar edilar. 
Ma’lumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi, metall tangalar 
o’zida pulning haqiqiy
qiymatini aks ettirib, ulardan tanga (moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham 
metall pul nazariyasini qo’llab –
quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog’oz pul 
nazariyasini inkor etadiilar. Metall pul nazariyasi vakillari ushbu ta’limotni yoqlab 
chiqqanlarida 
asosan nodir metallarni, ya’ni kumush va oltin tangalarni nazarda tutadilar. Ularning ta’limotida 
kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy pul bo’lib, ular o’z qiymatlarini 
yo’qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin
pullar ayirboshlash munosabatlarida real 
qiymatlari asosida ishtirok etib, iqtisodiyotda inflyasiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya 
ta’kidlaydilar.
Ushbu olimlarning ilmiy karashlaricha mamlakatning boyligi pulning ko’payishi bilan 
belgilanishi kerak xamda metall pullar faqat oltin va kumushdan yaratilishi lozim. Bundan kelib 
chiqadiki, metallistlar nazariyasiga ko’ra: pulning moxiyati ijtimoiy zaruriy mehnatning 
rivojlanishi bilan belgilanmasdan oltin va kumushning tabiiy xususiyatlari bilan belgila
nadi, ya’ni 
qanchalik ushbu metallar sifatli bo’lsa pulning qadri shuncha yuqori bo’ladi.
Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta 
tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kura
shda progressiv rol 
o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, 
merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo’lib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr 
kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyasining 
asoschilaridan biri U. Stefford (1554-
1612 y.) edi. U o’z qarashlarini o’zining Londonda 1581 
yilda chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon 
etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.), Fransiyada 
bu ta’limotni A. Monkreten (15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728
-1787y.) va boshqalar 
rivojlantirdi. 
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim 
shartl
aridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg’arishga bo’lgan intilishi iqtisodchilarning boylik 
manbaini o’rganishlariga sabab bo’ladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof 
etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelis
hini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, ilk metallik nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan 
almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi, deb hisoblar edilar. Ilk metall nazariya 
tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:

ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi maqsadga 
muvofiq kelishini tushunib yetmadilar;

ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga kelgan 
tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;

ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg’arishni tushundilar va «bunday 
boylik manbai savdodir» degan noo’rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy qadriyatlar 
yi
g’indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariya targ’ibotchilari savdo burjuaziyasi 
manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.


173
XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib sanoat burjuaziyasi manfaatlarini 
qondira olmagan metallik na
zariya o’z mavqeini yo’qotdi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmiga 
kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K. Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib 
chiqdi. Bu g’oyaning qayta tiklanishiga 1871
-1873 yillarda Germaniyaga kiritilgan oltin tanga 
standarti sabab bo’ldi. K. Knis targ’iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. 
Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham e’tirof etdi. Bu 
paytga kelib xo’jalikda kredit asosiy mavqega ega bo’la 
boshladi va bu oltin monetalar bilan birga 
muomalada bo’lib, ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis 
banknotalarni tan olgan holda, hech nima bilan ta’minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. 
Uning fikricha, pul muo
malasi metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga 
asoslanishi shart. Qog’oz pullar xuddi «qog’oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K. Knis 
ta’kidlashicha, oltin o’z tabiatiga ko’ra puldir.
I Jahon urushidan so’ng metallizm tarafdorlari oltin 
moneta standartini qayta tiklash 
mumkin emasligini tan olib, o’z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va 
oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab chiqdilar.

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish