Pullarni o’lchash.
Pulning u
mum qabul qilingan to’lov vositasi sifatida mohiyatining tavsif etilishi, tovar va
xizmatlarga chegarasiz ayirboshlanishi va qarz majburiyatlarini so’ndirishda foydalanilishi
ko’rsatadiki, pullar odamlarning fe’l
-
atvoriga bog’liq hisoblanadi. Agarda ularni
tovar va
xizmatlarni to’lash yoki qarzdorlikni so’ndirishda ishlatiladigan bo’lsa, aktivlarni pulga aylanish
jarayoni yuzaga keladi. Ko’rganimizdik, yuz yillar davomida ko’plab turli aktivlar, ya’ni oltin va
qog’oz pullardan tortib chek depozitlarigacha p
ul rolini bajardi. Shuning uchun pulning axloqiy
tavsif etilishi qanday aktivlarni pul sifatida qabul qilinishini aniq belgilamaydi.
Federal rezerv tizimining pul aggregatlari.
Federal rezerv tizimi
–
AQShda monetar siyosatni amalga oshiruvchi bosh muassasa
hisoblanib, pullarni o’lchash borasidagi muammolar borasida ko’plab tadqiqotlarni o’tkazadi.
So’nggi yillarda moliyaviy innovatsiyalarni tatbiq etilishi pullarga tegishli yangi turdagi aktivlarni
yaratilishiga olib kelib uning ahamiyatini yanada oshirdi. 1980 yildan keyin Federal rezerv tizimi
bir necha marotaba pullarni o’lchashga oid yondashuvni o’zgartirdi va
pul aggregatlari-
M1, M2,
MZ deb nomlanuvchi pul massasining uchta ko’rsatkichlarida to’xtadi. (Financial News box ga
tegishli 1-jadvalga qarang.)
Pul aggregatlarining eng qisqasi M1 hisoblanib, naqd pullar, joriy hisoblar va yo’l cheklarini
o’z ichiga oladi. M1 ning tarkibiy elementlari 1
-jadvalda keltirilgandir. M1ning naqd pullar
komponenti o’z ichiga faqatgina muomaladagi qog’oz pulla
r va tangalarni olib, bankomatlar va
bank depozit yacheykalarida joylashgan naqd pullarni o’z ichiga olmaydi. Eng qizig’i shundaki,
AQShda har bir inson uchun 3000$ dan ortiq naqd pullar muomalada mavjuddir. (FYI jadvalini
qarang). Sa
yohatchilarning cheklari M1ning elementi hisoblanib, banklar tomonidan
muomalaga chiqarilmagan sayohatchilarning cheklarini o’z ichiga oladi. Talab qilib olinguncha
depozitlar elementi foiz to’lanmaydigan biznes depozit hisobraqamalari va banklar tomonidan
muomalaga chiqarilga
n sayohatchilarning cheklarini o’z ichiga oladi. Boshqa talab qilib
olinguncha depozitlar punkti o’z ichiga barcha boshqa turdagi talab qilib olinguncha depozitlar,
ya’ni uy xo’jaliklari tomonidan ushlab turiladigan foiz hisoblaydigan talab qilib olingunch
a
depozitlarni o’z ichiga oladi. Ushbu aktivlar sof pullar hisoblanib, bevosita ayirboshlash vositasida
foydalanilishi mumkin. 1970 yillarning o’rtalariga qadar tijorat banklari tomonidan faqatgina
foizlar to’lanishi ruxsat etilmagan joriy hisobvaraqlarni
taklif qilishgan. Moliyaviy innovatsiyalar
moliyaviy tizimni tartibga solishning normalariga o’zgartirishlar kiritilishiga shart
-sharoitlar
yaratgan bo’lsada, hozirgi kunda banklarning boshqa turlari –
ssuda-
jamg’arma assotsiatsiyalari,
o’zaro jamg’arma ba
nklari va kredit soyuzlari ham joriy hisobvaraqlarni taklif etishmoqda.
Bundan tashqari, bank muassasasi foizlar to’lanadigan boshqa chek depozitlari, ya’ni NAU
hisobraqamlari (NOW
—
negotiated order of withdrawal), xisobraqamlardan avtomatik transfer
xizmatlarini (ATs
—
automatic transfer from savings) taklif etishmoqda.
169
Do'stlaringiz bilan baham: |