Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


-rasm . Pul aggregatlarini o’lchash



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

4-rasm
. Pul aggregatlarini o’lchash
 
M2 pul aggregati M1 aggregatini hamda M1 aggregati tarkibiga kirishi uchun etarli darajada 
likvidli bo’lmagan boshqa aktivlarni o’z ichiga oladi: ch
ek yozib berish xususiyatidagi aktivlar 
(pul bozori depozit hisobraqamlari va pul bozori investitsion fondlaridagi ulushlar) va juda kam 
xarajat hisobiga naqd pulga aylanadigan boshqa aktivlar (jamg’arma depozitlar va kichik 
denominatsiyali muddatli depozitlar). Kichik denominatsiyali muddatli depozitlar denominatsiyasi 
100000$ dan kam bo’lgan depozit sertifikati hisoblanib, shtraflarsiz faqatgina fiksirlangan 
qoplash muddatida so’ndiriladi. Jamg’arma depozitlar notranzaksion depozitlar hisoblanib, 
istalga
n vaqtda qo’shimcha mablag’lar kiritilishi yoki olinishi mumkin. Pul bozori depozit 
hisobraqamlari pul bozori investitsion fondlariga o’xshash bo’lib, tijorat banklari tomonidan 
muomalaga chiqariladi. Investitsion fondlari ulushi chakana xisobvaraqlar hisoblanib, uy 
xo’jaliklari cheklar yozishi mumkin. 
Barcha AQSh dollari qaerda? 
AQShda har bir odam uchun 3000$ dan ortiq naqd pullarni to’g’ri kelishi etarli darajada 
katta hisoblanadi. AQSh dollari banknotasi yirik gabaritli bo’lib, osonlik bilan o’g’irlani
shi 
mumkin. Bundan tashqari AQSh dollariga foiz to’lanmaganligi bois katta miqdorda AQSh 
dollarining ko’pchiligimizda saqlanishi hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. O’zining cho’ntagida 
3000$ olib yurgan biror kishini bilasizmi? Bizda haqli ravishda savol tu
g’iladi: barcha AQSh 
dollari qaerda va uni kimlar ushlab turibdi? Katta miqdorda AQSh dollarini o’zlarida saqlovchi 
guruh jinoyatchilar hisoblanadi. Agarda jinoiy faoliyatga aralashib qolgan bo’lsangiz, siz o’z 
tranzaksiyalaringizni cheklar orqali o’tkazma
ysiz. Chunki cheklar orqali tranzaksiyalarni 
o’tkazilishi barchaga ma’lum bo’ladi va sizga qarshi kuchli dalil bo’lib qolishi mumkin. Bu holat 
nima uchun Toni Sopranoning orqa devorida katta miqdorda naqd pullar borligini tushuntirib 
beradi. Naqd pulda ti
joriy operatsiyalarni amalga oshirilishi natijasida operatsiyalarning ko’zga 
tashlanmaslik xususiyati, ba’zi tijorat turlarini katta miqdorda naqd pulni saqlab turishni talab 
qiladi. Natijada ushbu tijoratchilar soliq to’lashlari kerak bo’lgan daromadini y
ashirish 
imkoniyatiga ega bo’lishadi. Chet elliklar keyingi guruh hisoblanib, doimiy ravishda AQSh 
dollarini o’zlarida ushlab turishadi. Ko’plab mamlakatlarda aholi o’zining milliy valyutasiga 
ishonmaydi. Buning sababi ushbu bilan izohlanadiki, chet elliklarning milliy valyutasida 
foydalanishganda yuqori inflyasiya surati uchun xarajat qilishi natijasida milliy valyutaning qadri 
emiriladi. Ushbu guruhdagi odamlar AQSh dollarini ushlab turishdan maqsadi inflyasion riskni 


170
sug’urtalash hisoblanadi. Rublga bo’l
gan ishonchni etishmasligi bois ruslarning katta miqdorda 
AQSh dollarini jamg’arishlariga olib kelmoqda. Muomalaga chiqarilgan AQSh dollarining 
yarmidan ko’pi xorijiy davlatlarda saqlanmoqda.
Iqtisodchilar va siyosatchilar pul aggregatlaridan qaysi 
biri pullarni o’lchashda samarali 
ekanligi borasida aniq bir to’xtamga kelishmagan bo’lib, mantiqiy jihatdan olib qaralganda ham 
pul aggregatlari harakati o’zaro yaqin va parallel hisoblanadi. Agarda pul aggregatlarini bir xil 
deb baholaydigan bo’lsak, b
itta pul aggregatidan foydalangan holda kelajakdagi iqtisodiy 
faoliyatni bashoratlash va siyosatni amalga oshirish boshqa pul aggregatidan foydalanish bilan bir 
hil bo’lishi oqibatida pulning tegishli mohiyati belgilangan iqtisodiy qarorga mos tushish yoki
tushmaslik ahamiyatini yo’qotar edi. Ammo, agar pul aggregatlari birgalikda xarakatlanmasa, bir 
pul aggregati tomonidan pul taklifida sodir bo’layotgan o’zgarishlar izohi boshqa pul aggregati 
tomonidan o’zgacha tavsiflanishi mumkin. Qarama
-qarshi izohlar va tavsiflar mavjud vaziyatni 
chigallashtirilishi oqibatida iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayonini yanada murakkablashtiradi.
2-rasm 1960-
2011 yillarda M1 va M2 ning o’sish suratlarini tasvirlaydi. Ikkita pul 
aggregatining o’sish surati birgalikda xarakat qilish xususiyatini namoyon qilib, o’sish va tushish 
vaqti 1990 yillargacha bir xil ko’rinishga ega hisoblanadi. O’rtacha 1970 yillarga nisbatan 1960 
yillarda M1 va M2 pul aggregatlari o’sish surati yuqori darajada ekanligini ko’rishimiz mumkin
.
Bundan tashqari, bu aggregatlarning harakatida sezilarli farqlar ko’zga tashlanadi. 1992 
yildan 1994 yilgacha M1 ning yuqori darajada o’sish suratiga qarama
-qarshi ravishda M2 ancha 
pastroq o’sish suratiga ega bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Shuningde
k, 2004 yildan 2007 
yilgacha sezishimiz mumkinki, M2ning o’sish surati biroz ko’tarilgan bo’lsada, M1 keskin suratda 
pasaygan va salbiy ko’rinishga ega bo’lgan. 2009 yilda M1 deyarli 0%dan 15%gacha yuqori 
o’sish suratiga ega bo’lgan bo’lsa, M2 biroz o’sish
suratini namoyon qildi. Bundan ko’rishimiz 
mumkinki, pulning turli o’lchov instrumentlari monetar siyosatning so’nggi yillardagi holati 
to’g’risida xar xil xulosalarni keltirib chiqaradi.

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish