Natural pullar
159
Jamiyatning dastlabki davrlarida to’lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki
natural ko’rinishida bo’lgan. Natural pullar –
bu real ko’rinishga ega bo’lgan tovarlardir, ushbu
pullarning qiymati tovarning o’zida aks ettirilgan bo’lib, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar
qiymati bilan ifodalangan. Ma’lum bir tovarning pul o’rnida foydalanishda uning iste’mol qiymati
muhim ahamiyat kasb etgan.
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin.
1.
Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan tayyorlangan
buyumlar kiradi. Masalan, qo’y, buqa, jun, suyak va boshqalar.
2.
Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va metallar hamda
ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar,
tuz va boshqalar.
3.
O’simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o’simliklar va ularning mevalari kiradi.
Masalan, bug’doy, mevalar, tamaki va boshqalar.
Natural pullarning paydo bo’lishi va
ulardan foydalanish tarixi juda chuqur va qiziqarlidir.
Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha kishilar topgani o’rtada bo’lgan,
birgalikda iste’mol qilgan, keyinchalik bir urug’ga mansub kishilar qabila –
qabila bo’lib yashay
boshlagan. Qabila ichida odamlar bir
–
biriga yordam berishi, oziq
–
ovqatlarni baham ko’rishi
kerak bo’lgan. Bu beg’araz tartibda amalga oshirilib, buning o’rniga ular bir –
biridan hech narsa
umid qilmagan, hamma narsa o’rtada bo’lgan.
Keyinchalik ibtidoiy urug’chlik
ning rivojlanishi natijasida turli qabila qatlamlari vujudga
kelgan. Vaqti
–
vaqti bilan ular o’rtasida dahshatli qonli to’qnashuvlar bo’lib turgan. Ushbu
to’qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi ustidan g’alaba qozongandan keyin, ularning barcha
narsalarini talon taroj qilgan. Shu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida kuchli
qabilalarga narsalar, asosan iste’mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham
kishilar o’rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini vujudga kel
ishining asosiy
sabablaridan biri hisoblanadi.
Tosh asri davrida kishilar erlarni o’zlashtirib ekin eka boshlagan, keyinchalik
dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan narsalar barchasi bir yo’la
iste’mol qilingan bo’lsa, endi ma’lu
m miqdorda zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u
erda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin
ravishda tasarruf qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan.
Shuningdek, keyinc
halik hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi kishilar o’rtasidagi
bir tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqargan.
Odamlar o’rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgani mehnat
qurollari hisoblanadi, 1
–
rasmga qarang. Mehnat qurollariga dehqonda, chorvadorda yoki
hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo’lib, ular o’z mahsulotlarini iloji boricha mehnat
qurollariga ayirboshlashga intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar
–
pullar hisoblanadi.
Masalan, tosh asrida Yevropa
da eng ko’p tarqarlgan ayirboshlash vositasi kremnivie boltalar
hisoblangan. Manbalarga ko’ra ular juda yirik bo’lib, ayrimlarini og’irligi 40 kgni tashkil etgan.
Yevropada kremnivie boltalar juda keng tarqal
gan bo’lib, unga ega bo’lgan kishilar juda boy va
mavqie yuqori hisoblangan
31
.
31
Деньги мира. Ред.группа: О.Елисеева, Т.Евсеева и др. –М.: Мир энциклопедий Аванта+, Астрель,
2009.
–
184 с.: ил. –(Самые красивые и знаменитые). –С. 14.
160
Do'stlaringiz bilan baham: |