Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

Qog’oz pullar
 
Qog’oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda ijtimoiy –
iqtisodiy voqelik bo’lib, ushbu 
jarayon o’zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolarning asosiysi 
inflyasiya hisoblanadi. Qog’oz pullarning muomalaga chiqarilishi nati
jasida inflyasiya 
muammosining paydo bo’lishini asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega 
bo’lmagan, ya’ni haqiqiy pullarning o’rinbosarlari hisoblanadi. Qog’oz pullarda aks ettirilgan 
nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda 
yuqoridir. Chunki qog’oz pullarning 
haqiqiy qiymati juda past.
Yuqorida oltin tangalarning o’rniga qog’oz pullarning kirib kelishi bilan bog’liq tavsilotlar 
atroflicha bayon etilgan. Ularni qaytarilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, oltin tangalarni 
saqlov
chilar va oltinni saqlashga beruvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlar natijasida qog’oz 
pullarni muomlaga chiqarish bilan bog’liq jarayonni qisqacha bayon etmoqchimiz. Ushbu jarayon 
Yevropa
ning ayrim mamlakatlari va AQSh amaliyotida qog’oz pullarning kirib
kelish tajribasida 
ro’y bergan. 
Chunki, ushbu mamlakatarda qog’oz pullar Xitoy, Turkiston, Rossiya malakatlaridan keyin 
muomalaga kiritilgan bo’lsada, oltin tangalarni muomaladan chiqib ketishi natijasida ularning 
o’rniga qog’oz pullarni kirib kelishi stixiyali tarzda ro’y bergan. Manabalarga ko’ra, dastlabki 
qog’oz pullar Xitoy, Turkiston va Rossiyada davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan.
Jamiyatda tovar 

pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, kishilar o’rtasida 
ayirboshlash 
hajmi misli ko’rilmagan darajada o’sib bordi. Bu jarayon oltinlarni saqlash va 
ularning xavfsizligini ta’minlash borasida qator muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni 
bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad oluvchilar pay
do bo’ldi
32
. Oltin 
saqlovchilar asta 

sekinlik bilan odamlarning ishonchiga kirib borishi natijasida kishilar
vaqtinchalik bo’sh oltin tangalarini ma’lum haq to’lash evaziga ularga topshira boshladi. Oltin 
saqlovchi oltinlarni saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, shuningdek, kimga, qachon va 
qancha oltin kerak bo’lsa tegishli yozuvlarni (oltinni olganligini tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan 
holda bera boshladi.
“A” shaxs “B” shaxsga sotib olgan tovari uchun to’lagan oltin tangani “B” shaxs ham o’z 
navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va 
oltinni saqlashga beruvchilar o’rtasida o’zaro ishonchning paydo bo’lishiga olib keldi. 
Keyinchalik oltin saqlovchi odamlar orasida tanilib, ishonchga kira 
boshlaganlaridan so’ng 
odamlar ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot uchun sotuvchiga 
tilxatlarning o’zini to’lov vositasi sifatida bera boshladi. O’z navbatida sotuvchi ushbu tilxatlarni 
to’lov vositasi sifatida qabul qildi, 
zarur hollarda ushbu tilxat asosida oltin saqlovchidan kerakli 
miqdordagi oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to’lov vositasi sifatida o’tkazib yubordi. Shu 
tariqa muomalada qog’oz pullar paydo bo’ldi.
Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va etarli darajada ishonchga ega 
bo’lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to’lov vositasini bajara boshladi. Dastlab 
muomalaga chiqarilgan qog’oz pullar to’lig’icha oltin bilan ta’minlangan edi. Keyinchalik esa 
oltin saqlovchining kasodg
a uchrashi, yoki odamlarning ishonchini suiste’mol qilishi natijasida 
muomalada ta’minlanmagan qog’oz pullar paydo bo’la boshladi. Natijada ushbu pullar oltin 
saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar berishdan bosh tortdi. 
32
Bir necha asrdan keyin ushbu 

oltin saqlovchilar
” 
banklarga aylandilar. 


163
Bularn
ing barchasi mamlakatda pul muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo’jalik yuritish va 
hisob 

kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda davlat 
qog’oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya qilishni o’z qo’liga
oldi. Buning uchun alohida 
davlat banki, ya’ni Markaziy bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog’oz pullarni chiqarish, pul 
muomalasini tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni 
emissiya qilish huquqidan mahrum etil
ib, mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatadigan tijorat 
muassasalariga aylantirildi. 
Angliyada qog’oz pullar 1817–
1843 yillarda tijorat banklari tomonidan muomalaga 
chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o’z banknotasini muomalaga chiqardi. 1844 yildan boshl
ab 
esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R.Pilning qonuniga asosan Angliya 
Bankining emissiya huquqi joriy etildi.
Qog’oz pullar ta’minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo’lmaganligi sababli ayrim 
davlatlarda muomalaga chiqarilgan 
pullar dastlabki davrlarda to’lov vositasi sifatida hisob –
kitoblarda keng qo’llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning oldini olish maqsadida og’ir 
choralar qo’llanilgan. Masalan, Xitoyda qog’oz pulning o’ziga uni to’lov vositasi sifatida qabul 
qilmag
an shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Fransiyada 25 yil qamoq jazosi, ba’zi hollarda 
o’lim jazosi ham qo’llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog’oz pullarni to’lov vositasi sifatida qabul 
qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan. 
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog’oz pullar bevosita va bilvosita ta’minlangan edi. 
Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni 
shu qog’oz pullarda qabul qilishi bilvosita ta’minlanganligi
sifatida belgilab qo’yildi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” tarzidagi ma’nosi 
bir 

biriga yaqin bo’lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq bu ikki iqtisodiy termin ma’nosi 
va iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir

biridan tubdan farq qiladi. 
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining hajmini oshiradi. 
Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. Muomalaga naqd pullarni chiqarish esa 
mavjud pul massasi hajmini o’zgartirmagan holda
tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi.
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro’y berganda davlatning 
xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning topshirig’i bilan muomalaga 
chiqariladigan qo’shimcha pul emissiyasi orqali hal etilar edi, bu o’z navbatida qog’oz pullarning 
qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog’oz pullar asl qiymatga ega bo’lmagan, o’rinbosar pullar hisoblanib, 
ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadii. 

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish