8-MAVZU:
INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YO’LLARI
.
REJA:
1.
Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi
pul massasi va uni boshqarish.
2.
Inflyatsiyaning sotsial iqtisodiy oqibatlari. Pul muomalasini barqarorlashtirish va
inflyatsiyani bartaraf qilish
yo’llari
.
1. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi pul
massasi va uni boshqarish.
Inflatsiya lotincha
so’z
bo’lib
ko’pchish
bo’rtish
degan
ma’nolarni
anglatadi. Inflatsiya faqat
va faqat pul muomalasiga xos
bo’lgan
hodisa hisoblanadi. Inflatsiya atamasi birinchi marta 1861-
1865-yillar
oralig’ida
shimoliy Amerikada paydo
bo’lgan
. Chunki bu vaqtda shimoliy Amerikada
muomaladagi naqd pul massasi keskin
ko’payib
ketgan edi.
Iqtisodiy fanda Inflatsiya tushunchasi XX asrda paydo
bo’lgan
. Chunki XX asrning
boshlarida dunyoning
ko’plab
mamalakatlarida
qog’oz
pullar muomalaga kiritilgan.
AQShlik iqtisodchi olim Makkonel Inflatsiyaga shunday
ta’rif
beradi: Inflatsiya bu tovarlar
baholarining ommaviy tarzda
o’sishidir
.
Taniqli rus olimi Lavrushin Inflatsiya shunday
ta’rif
beradi: Inflatsiya bu tovarlar va xizmatlar
bahosining
o’sishi
natijasida pulning qadrsizlanishidir.
Inflatsiya keng
ma’noda
quyidagicha
ta’rif
berish mumkin. Inflatsiya bu tovarlar va xizmatlar
baholarining osishi natijasida muomaladagi pul massasining
ko’payishi
va shuning asosida
pulning qadrsizlanishidir. Inflatsiyaning klassik talqinida pulning aylanish tezligi
o’zgarmagan
sharoitda pullar taklifi
ko’payishi
har doim Inflatsiyani yuzaga keltiradi.
Inflatsiyaning 3 ta namoyon bo’lish shakli mavjud:
1.
Milliy valuta tovarlar va xizmatlar bahosiga nisbatan qadrsizlanadi
2.
Milliy valuta xorijiy valutalarga nisbatan qadrsizlanadi.
3.
Milliy valuta oltin va zargarlik buyumlariga nisbatan qadrsizlanadi.
Inflatsiyani yuzaga keltiruvchi sabablarni 2 guruhga ajratish mumkin:
1.
Pullik omillar. Bunga davlat budjeti defetsitini qoplash maqsadida naqd pullarni emissiya
qilish tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga nihoyatda katta miqdorda kreditlar berilishi,
fuqorolarning xorijdan o’tkazayotgan pul o’tkazmalari, markaziy bankning kurs siyosati kabi
omillar kiradi.
259
2.
Pul bo’lmagan omillar. Bunga tabii
y manopoliyalar mahsulotlari va xizmatlarining
o’sishi, Davlatning iqtisodiy siyosatining o’zgarishi, tashqi iqtisodiy faoliyat kabi omilar kiradi.
Inflatsiya jiddiy ijtimoiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Bular ichida eng muhimlari ishsizlik
darajasini oshishi, aholining real daromadlarining pasayisi va aholini mulkiy jihatdan
tabaqalanishi hisoblanadi.
Inflatsiya iqtisodiy oqibatlarga ham ega. Inflatsiya davlat budjeti defetsitining ortishiga, iqtisodiy
o’sishning sekinlashishiga, investitsiya meyorining pasayishiga sabab bo’ladi.
L. Katao va M. Terronza 107 ta mamlakat miqyosida 1960- yildan 2001-
yilgacha bo’lgan
davrda Inflatsiya va davlat budjeti defetsiti o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishgan. Ular Inflatsiya
darajasi yuqori bo’lgan davlatlarda Inflatsiya va defetsit o’rtasida to’g’ridan to’g’ri bog’liqlik bor
degan xulosaga kelishgan. Inflatsiyaning o’rtacha yillik darajasi 50 % bo’lgan davlatlarda davlat
budjeti defetsitining YaIMga nisbatan 1 % punktga qisqarishi Inflatsiyani 8.75 % li punktga
pasayishiga olib keladi.
Tarix, haqiqatan ham bu
so’zning
mohiyati har tomonlama xavfli ekanligini
ko’rsatdi
.
Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining
o’sishidangina
iborat
bo’lmasdan
, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya
so’zining
iqtisodiy mohiyati
–
muomalada mavjud
bo’lgan
tovarlar va ularning bahosiga nisbatan
ko’p
pul
chiqarish degan
ma’noni
anglatadi.
Iqtisodiyotda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining
o’sishiga
, qoniqtirilmagan, lekin
qisman
to’lanishi
mumkin
bo’lgan
talablarning vujudga kelishiga olib keladi. Odatda,
inflyatsiyaning bu turi
–
klassik inflyatsiya deb yuritiladi.
Inflyatsiya
so’zi
AQShning Shimoliy va Janubiy shtatlari
o’rtasida
fuqarolar urushi
bo’lganda
muomalaga juda
ko’p
miqdorda (450 mln. grin bek)
qog’oz
dollar chiqarilgan vaqtdan
boshlab
qo’llanila
boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizgacha tushib
ketgan. Agar tarixga
e’tibor
beradigan
bo’lsak
, urush va boshqa ofatlar sababli davlat
xarajatlarining oshib ketishi inflyatsiya bilan uzviy
bog’liq
. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya
XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada frantsuz revolyutsiyasi davrida,
Rossiyada XIX asrning
o’rtalarida
namoyon
bo’lgan
. Germaniyada juda yuqori
sur’atlardagi
inflyatsiya 1923 yillarda
bo’lib
, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va
pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar shuni
ko’rsatadiki
, inflyatsiya hozirgi
davr jarayoni
bo’lmasdan
, tarixan mavjud
bo’lgan
jarayondir.
Hozirgi davr inflyatsiyasi,
o’tgan
davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega.
Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik
bo’lib
, ular, odatda, urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash
uchun
qog’oz
pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib,
ya’ni
ishlab chiqarish va tovar aylanmasi
sur’atlarini
oshirmasdan yoki bu
ko’rsatkichlar
kamayib
ketgan holda davlat tomonidan
bo’ladigan
xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy
yo’llaridan
biri
qog
’oz
pullarni muomalaga chiqarishdan iborat
bo’lgan
. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar,
muomala uchun zarur
bo’lgan
oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning
nominal qiymatidan tushib ketgan,
ya’ni
haqiqatda pul birligi
o’zida
ko’rsati
lganidan kam oltin
miqdorni ifoda qila boshlagan.
Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular
ma’lum
davrda namoyon
bo’lgan
. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa, odatda, doimiy (xronik) xarakterga ega
bo’lib
,
xo’jalik
hayotining barcha sohalarini qamrab olishi, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga
ta’sir
qilishi bilan farqlanadi.
260
Oxirgi yillarda inflyatsiya teztez uchrab turadigan jarayon
bo’lib
, sifati ham
o’zgarib
bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz
baholarning oshishiga; ikkinchidan, pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida
umumxo’jalik
mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar
kamyobligigina
bo’lib
qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda inqirozlar
mavjudligi bilan ifodalanadi.
Hozirgi davr inflyatsiyasi pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi
qonunining buzilishi, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar
salmog’ining
o’sishi
natijasida
tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi
–
bu xalq
xo’jaligining
turli sohalari
o’rtasida
vujudga kelgan
nomutanosiblikdir. Bu, avvalam
–
bor,
jamg’arma
va
iste’molchi
o’rtasidagi
talab va taklif,
davlatning daromadlari va xarajatlari
o’rtasidagi
muomaladagi pul massasi va
xo’jaliklarning
naqd
pulga
bo’lgan
talabi
o’rtasidagi
nomutanosibliklardan iboratdir.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab, uning sabablarini ichki va tashqi
sabablarga
bo’lish
mumkin.
Inflyatsiyaning ichki omillari monetarpul siyosati bilan va
xo’jalik
faoliyati bilan
bog’liq
turlarga
bo’linadi
.
Xo’jalik
faoliyati bilan
bog’liq
omillar bu
xo’jalikdagi
va iqtisodiyotdagi
mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukmronlikka
yo’l
qo’yish
, iqtisodiyotning
davriy rivojlanishi, investitsiyalashda nomutanosiblik, baholarni tashkil qilishda davlatning yakka
hokimligi, kredit siyosatining
noto’g’ri
olib borilishi va boshqalar hisoblansa, pul bilan
bog’liq
omillarga davlat moliyasi sohasidagi inqrozlar; davlat byudjetning taqchilligi, davlat qarzlarining
o’sishi
, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi, kreditlashda avtomatizmga
yo’l
qo’yish
va boshqalar kiradi.
Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida
bo’lgan
krizislar, (xom ashyo,
yoqilg’i
, valyuta
bo’yicha
) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi
iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan
bo’ladigan
noqonuniy operatsiyalar va
boshqalar
bo’lishi
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi
disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki
to’xtovsiz
o’sishi
natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi va pul birligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb
aytiladi.
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon
bo’ladi
:
–
tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz
o’sib
borishi natijasida pulning
qadrsizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
–
chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
–
milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Ba’zi
bir iqtisodchilarning
1
fikricha, inflyatsiya
–
bu barcha tovarlar baholarining oshishini
bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez
o’sgan
taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror
bo’lib
qolishi,
boshqalariniki tushishi ham mumkin ekan. Bunday xulosalar 7080 yillarning inflyatsiyasiga mos
kelishi mumkin.
Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil
sur’atlarda
bo’lmasdan
, sakrab
turadigan
bo’lishi
mumkin. Lekin
ba’zi
tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror
bo’lib
turishi,
1
Кэмбелл Р., Макконел, Стенли Л. Брю
.
Экономикс
–
М.: 1993 г. с. 163
.
Жўраев Т.Т., Жўраев А.Д. Пул капитал ва хазина моллари бозори. Молия, кредит
-
банк тизими ва давлатнинг
солиқ
сиёсати
.
–
Т
.: 1994
й
.
261
XX asrning inflyatsiyasi uchun mos, deb
to’liq
ishonch bilan uqtira olmaymiz.
Ba’zida
davlat
aralashuvi bilan aholi iste
’moli
uchun zarur
bo’lgan
ayrim bir tovarlar bahosini
ma’lum
davrda
barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining
ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi
to’g’risida
gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi tushunchalarini
to’g’ri
talqin qila olish kerak. Masalan, hamma vaqt ham
ba’zi
tovarlar bahosining oshishi
inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflyatsiya
bo’
lmagan davrda, oltin
pul muomalasi sharoitida ham
bo’lishi
mumkin.
Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining
o’sib
borishiga
ko’ra
inflyatsiya bir necha turlarga ajratilib
o’rganiladi
.
1.
Sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning
o’rtacha
yillik
o’sishi
510% dan oshmaydi.
Inflyatsiyaning bu turi
ko’proq
rivojlangan mamlakatlarga xos
bo’lib
, mamlakat iqtisodiy
rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 34% atrofida ham
bo’lishi
mumkin. Bu inflyatsiya
aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni
rag’batlantiruvchi
omil sifatida namoyon
bo’lishi
mumkin. Pul qiymatining barqarorligidagi
o’zgarish
sezilmasligi mumkin.
2.
Shiddatli inflyatsiya. Baholarning
o’rtada
yillik
o’sishi
10100% (
ba’zida
200% gacha)
bo’lishi
mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda
ko’proq
uchraydi.
3.
Giperinflyatsiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200% dan oshib ketadi. Bu
inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot
tarkibiy qismlarining o’zgarishi bilan bog’liq. Hozirgi davrda XVF baholar oyiga 50% dan oshgan
vaqtda bu giperinflyatsiya, deb qabul qilgan. Giperinflyatsiya davrida baholar kun sayin oshib
boradi va baholar bilan ish haqi o’rtasidagi farq juda yuqori bo’ladi. Aholining yashash sharoi
ti
qiyinlashadi, korxonalar faoliyati yomonlashadi.
Xo’jalik faoliyati va bozor faoliyatida
naturallashtirish avj oladi.
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga
ko’ra
uning ikki toifasini ko’rsatish mumkin:
talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan
bog’liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi).
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an’
anaviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi.
Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to’la qondira olmaydi, taklifga
nisbatan talab oshib ketadi.
Natijada tovarla
r bahosi o’sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko’p pul massasi to’g’ri keladi.
Talab inflyatsiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:
a)
harbiy xarajatlarning o’sishi va iqtisod
iyotning militarlashuvi.
Harbiy texnika sotib olish va boshqa harb
iy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq bo’lgan
jarayonlar muomala uchun keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi;
b) davlat qarzlarining
o’sishi
va byudjet taqchilligining mavjudligi.
Byudjet taqchilligi, odatda, zayomlar chiqarish yoki banknotalarni emissiya qilish
yo’li
bilan qoplanadi. Bu,
o’z
navbatida,
qo’shimcha
muomala vositalari
bo’lishiga
,
qo’shimcha
talab
yuzaga kelishiga olib keladi.
O’zbekistonda
byudjet taqchilligi yuqoridagidan tashqari, 1996
yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda;
v) xalq
xo’jaligiga
ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan
bog’liq
muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga
bo’lgan
talabni oshiradi.
g) chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga almashinuvi
natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chet el valyutasining qadri
oshadi;
262
d) xalq
xo’jaligining
etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash ham aylanmaga
qo’shimcha
pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi.
Shunday qilib, talab inflyatsiyasi umumiy talabning
o’sishi
natijasida baholar
o’sishi
bilan
namoyon
bo’ladi
.
2. Inflyatsiyaning sotsial iqtisodiy oqibatlari. Pul muomalasini barqarorlashtirish va
inflyatsiyani bartaraf qilish
yo’llari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |