Ishlab chiqarish bilan
bog’liq
(taklif) inflyatsiya
Bu inflyatsiyaning sabablari quyidagilar
bo’lishi
mumkin:
a) har xil jarayonlar va tarkibiy
o’zgarishlar
tufayli mehnat unumdorligining pasayishi
natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Umuman, xalq
xo’jaligi
bo’yicha
ishlab chiqarish hajmi, binobarin, tovarlar
bo’yicha
taklif qisqaradi va tovarlar bahosi oshadi.
Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi.
b) har xil yangi xizmat turlari paydo
bo’ladi
, kam mehnat unumdorligida yuqori ish haqi
olishga imkoniyat
tug’iladi
. Natijada tovar va xizmatlarga
bo’lgan
baho oshib boradi.
v) aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, tovarlar bahosining
oshishiga olib keladi va yana ish haqi oshadi va h.k. Bu zanjir uzluksiz davom qilish mumkin.
Inflyatsiyada nafaqat chakana baho, balki ulgurji baho ham oshib boradi.
G’arb
mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy
ko’rsatkichi
qilib chakana baholarning
o’zgarishi
(oshishi)
qabul qilingan. Agar
ma’lum
davrda baholar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta qadrsizlangan
deb hisoblanadi.
Chakana baholar
o’sishini
hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniqlanadigan
baholar indeksiga asoslanadi. Baholar indeksini hisoblashning bos
hlang’ich
nuqtasi sifatida (yuz
foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar
o’zgarishi
,
o’rtacha
yillik
o’sish
sur’ati
hisoblanishi mumkin.
Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi
yig’indisi
,
ya’ni
tovarlar
bozor savati bahosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy bahosi,
ya’ni
bozor
savati bahosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi fikrni quyidagi formula orqali
ifoda qilish mumkin.
Baholar indeksini hisoblashda
iste’mol
tovarlar bahosining indeksi katta ahamiyatga ega.
Baholar indeksi turli usullarda baholar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baholar
indeksi bazis yildagi baholar indeksiga nisbatan oshishi inflyatsiya
–
«
Baholar darajasining
oshishi
»
dan, baholar indeksining kamayishi
–
deflyatsiya
–«
Baholar darajasining kamayishi
»
dan
dalolat beradi.
Iste’mol
tovarlar bahosi indeksidan tashqari
ba’zi
guruh tovarlar va xizmatlar,
masalan: kiyim, oyoq kiyimlar, transport, uy joy xizmatlari va boshqalar
bo’yicha
baholar
indekslarini hisoblash mumkin.
Baholar indeksiga asoslanib, inflyatsiya
sur’atlarini
aniqlash mumkin. Buning uchun joriy
yil baholar indeksidan bazis davr baholar indeksini chegirib, bazis davr baholar indeksiga
bo’lamiz
. Masalan, 2005 yilda
iste’mol
tovarlarning baho indeksi 110, 2007 yilda 140
bo’lsa
,
2007 yilda inflyatsiya
sur’ati
quyidagicha aniqlanadi:
140 110
Inflyatsiya = x 100 = 27,27%
sur’ati
110
Demak, 2007 yilda inflyatsiyaning
o’sish
sur’atlari
taxminan 27,3% teng
bo’ladi
.
263
Inflyatsiyaning
o’sish
sur’atlari
to’g’risida
gapirganda, uning rivojlanishini son jihatdan
aniqlanishning boshqa
yo’li
ham mavjud. Bu usul
«70
lar qoidasi
»
deb ataladi. Agar har yillik
inflyatsiya darajasi
ma’lum
bo’lsa
, baholar ikki karra oshishi uchun necha yil kerak ekanligini
aniqlash mumkin. Buning uchun
«70»
ni har yilgi inflyatsiya darajasiga
bo’lish
kerak. Masalan,
inflyatsiyaning har yillik darajasi 5%
bo’lsa
, baholar darajasi 14 yildan keyin ikki marta oshishi
kerak. Agar har yillik inflyatsiya darajasi 20%
bo’lsa
, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki marta
oshishi kerak.
Shuni
ta’kidlash
kerakki, bu usul hamma vaqt ham, masalan, inflyatsiyaning
o’sish
sur’atlari
yuqori, (har kuni, oyda
o’zgarib
boradigan)
bo’lsa
, qulay hisoblanmaydi
. «70
lar
qoidasi
»
aholi
jamg’armalarining
, real yoki milliy mahsulot hajmining ikki marta oshishi uchun
necha yil kerak ekanligini
to’g’ri
aniqlab berishga imkon beradi.
Pulning qadrsizlanish darajasi turli mamlakatlarda har xil
bo’lishi
mumkin. Inflyatsiya
darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq va tez
o’tishi
kuzatilsa, iqtisodiy jihatdan kam
rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va
«
davolash
»
ham
ko’proq
vaqt talab
qilishi mumkin. Masalan, 1971 1984 yillarda baholarning
o’sish
sur’atlarini
oladigan
bo’lsak
, u
rivojlangan mamlakatlarda 4,9% dan (Germaniya), 71% (Jazoir) gacha
bo’lsa
, rivojlanayotgan
mamlakatlarda 8,5% dan (Hindiston), 153% ga (Argentina) etgan. Inflyatsiyaning namoyon
bo’lishi
har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, milliy
xo’jalik
faoliyatiga va
xususiyatiga, milliy
an’analariga
, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga
bog’liq
.
Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini hisobga olib uni
quyidagi guruhlarga
bo’lish
mumkin.
Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amerika mamlakatlari Argentina, Braziliya, Peru
kabilar kiradi. Bu davlatlarda surunkali davlat byudjeti taqchilligi, iqtisodiy muvozanatning
yo’qligi
asosiy va aylanma
mablag’lar
qiymatining doimo indeksatsiya qilinishi, milliy valyuta
kursining chet el valyutasiga nisbatan tushib borishi pul qadrsizlanishining omillari hisoblanadi.
Bu mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligini emissiya
yo’li
bilan moliyalashtirish
natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir necha ming foizga etishi kuzatilgan.
Argentina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul qadrini emirib tashlashi natijasida
biror tovarni sotib olish uchun bir necha million pul birligi zarur
bo’lgan
.
1983 yilning iyunigacha,
ya’ni
muomalada eski peso
bo’lganda
, Argentinada bir juft tufli
etti million peso, engil mashina sotib olish uchun bir necha milliard peso kerak
bo’lgan
.
Bu hol hisobkitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta qiyinchilik
tug’dirgan
. Bir
necha marta
o’tkazilgan
denominatsiyalar pul qadrsizlanishini
to’xtatishga
asos
bo’la
olmagan.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida
bo’lgan
inflyatsiya darajasini baholar indeksidan ham
ko’rish
mumkin. Bu mamlakatlarda baholar indekslari bir necha sonlardan iborat
bo’lgan
. Masalan,
Chilida 19711984 yillarda baholar indeksi 842162 yoki bu
ko’rsatkich
shu yillarda baholar 8,4
ming marta oshganini, Argentina uchun shu indeks 436432250, bu baholar 436 ming marta
oshganini bildiradi. Yuqoridagi jadval
ma’lumotlari
ko’rsatib
turibdiki, 1990 yilda Nikaraguada tovarlar
bahosi 8500%, Peruda 8291,5%, Braziliyada 2359,9% ga oshgan.
Ikkinchi guruh mamlakatlar
–
Kolumbiya, ekvador, Venesuela, eron, Suriya kabi
mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning
yo’qligi
, moliyaviy siyosatdagi kamchiliklar
taqchillikni moliyalashtirish, xalq
xo’jaligiga
ko’p
kreditlar ajratish inflyatsiyaning mavjud
bo’lishini
ta’minlamoqda
. Bu mamlakatlarda inflyatsiya shiddatli xarakterga ega
bo’lib
,
264
baholarning yillik
o’sishi
3040% atrofida,
ba’zida
undan yuqori
bo’ladi
. Inflyatsiya
sur’atiga
qarab
jamg’armalar
,
to’lovlar
bo’yicha
indeksatsiya
o’tkazib
boriladi, ishsizlik oshib bormoqda.
Uchinchi guruhga Hindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Filippin kabi mamlakatlar kiradi.
Bu mamlakatlarda cheklangan iqtisodiy muvozanat mavjud
bo’lib
, eksportdan valyuta tushumi
ancha yuqori. Yillik inflyatsiya
sur’ati
520% atrofida va qisman indeksatsiya
o’tkazilib
turiladi.
To’
rtinchi guruh davlatlar
–
Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Bahrayn, Arabistonda
–
iqtisodiy
muvozanatning mavjudligi inflyatsiya
sur’atlarining
sustligini
ko’rsatadi
. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya
26%ni tashkil qiladi va buni sudraluvchi inflyatsiya deb atash mumkin.
Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishi ustidan qattiq nazorat olib boriladi.
Ishsizlik boshqa mamlakatlarga nisbatan kam, iqtisodiyoti rivojlangan bozor sharoitida
boshqariladi. Eksport hajmi va chet el valyutasi tushumining yuqoriligi, inflyatsiyaning oldini
olishda muhum ahamiyatga ega omil hisoblanadi.
O’zbekistondagi
inflyatsiya bu mustaqillik tufayli vujudga kelgan inflyatsiya emas.
Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi
davlat boshqaruvida iqtisodiyotga nisbatan siyosatga
ko’p
e’tibor
berilganidadir. Natijada ishlab
chiqarish
sur’
atlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon
bo’lib
, tovarlarni ishlab
chiqarish uchun
ko’p
xarajat qilinsada (xom ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli), tovarlar past
bahoda sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplangan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga
o’tish
natijasida (oziqovqat va
yoqilg’i
resurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga chiqdi va tez
sur’atlar
bilan rivojlanib ketdi.
Shu tufayli
O’zbekistondagi
inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan inflyatsiyaning
qoldig’idir
va uni davolash uzoq vaqt talab qiladi.
Sobiq SSSRda, jumladan,
O’zbekistonda
90 yillardagi inflyatsiyaning asosiy sabablari:
–
iqtisodiy muvozanatning
yo’qligi
, ishlab chiqarish
sur’atlarining
tushib ketishi;
–
mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi;
–
ishlab chiqarishda xarajatlar
salmog’ining
oshib ketishi, behuda sarflar, iqtisodiy
tamoyillarga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi.
Bundan tashqari, rivojlangan bozor sharoitiga
o’tmasdan
turib, baholarning erkinlashuvi,
tovar massasi ustidan
ba’zi
bo’limlarning
yakka hukmronlik
o’rnatishi
, baholarni xohlagacha
boshqarish, kredit, moliya siyosatlarini
noto’g’ri
olib borish, iqtisodiyotning
«
dollarlashuvi
»,
«
milliy valyuta hududi
»
ning emirilishi, valyuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib
ketishi va boshqalar inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan.
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy
ta’
sir
ko’rsatadi
.
1.
Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi:
–
ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi va baholarning oshib borishi ishlab chiqarish
istiqbollariga
to’g’
anoq
bo’ladi
.
–
kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, vositachilik
sohasiga oqib
o’tadi
. Chunki ishlab chiqarishdan
ko’ra
, savdo sohasidagi kapital tezroq va
ko’proq
foyda keltiradi;
–
baholarning
o’zgarib
turishi olibsotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, qimmat
bo’lganda
sotish
jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi;
–
kredit berish jarayonlari cheklangan
bo’ladi
. Qarz oluvchilar
ko’payadiyu
, qarz beruvchilar
soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin;
–
davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.k.
265
1.
Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy ahvoli yomonlashadi. Ularning real
daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholar o’sishidan tushishi natijasida aholining
turmush darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli
qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi jamg’armalarining qadrsizlanishiga olib keladi.
Inflyatsiya
aholi
ba’zi
qatlamlarining (savdosotiq sohasida) boyishiga olib keladi.
Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida daromad va soliqlarni
indeksatsiya qilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |