Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


 Pul tizimi shakllari va ularning evolyutsiyasi



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

4. Pul tizimi shakllari va ularning evolyutsiyasi
: bimetallizm; monometallizm; qog’oz 
va kredit pullari tizimi. 
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va tanga muomalasi 
bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul zimlariga bulinadi. 
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va kumush) 
bajargan, bu tizimda ikkala metalldan xam tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning 
cheksiz almashishiga amal qilingan.Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, 
metallning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi 
mutanosiblikni o`rnatib qo`ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va ularning axoli 
tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan. 


242
Bimetallizm XVI-
XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy 
Yevropaning qator 
mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Fransiya, Belgiya, Shveytsariya va 
Italiya mamlakatlari bimetallizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga 
urinishgan. Tuzilgan konvensiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli 
tangalarni chiqarish, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o’rnatish shartlari 
ko’zda tutilgan
65

Biroq, bimetallik pul tizimining qo`llanilishi rivojlangan kapitalistik xo`jalik extiyojlariga 
mos kelmasdi, chunki qiymat o`lchovi sifatida bir vaqtning o`zida ikki metall - oltin va 
kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funksiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat 
o’l
chovi bo`lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi 
davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi.
XIX asr oxirida 
kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’qo
tishi natijasida oltin tangalar 
muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-
Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni 
yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan. 
Kapitalizm taraqqiyoti mustaxkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni tal
ab qildi, 
shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi.
Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush umumiy ekvivalent va 
pul muomalasining asosi b
o’
lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari 
qimmatbaho metallar almashiniladi. 
Rossiyaning O’rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Toshkent ruslar qo’liga o’tgan. 
Keyinchalik Buxoro davlatining O’ra tepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Urgut kabi 
shaharlari Rossiya tasarrufiga o’tgan. Buxoro amiri Rossiya bilan do’stlik shartnomasini tuzgan 
va yarim mustaqil davlat bo’lib o’zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan hamda mustaqil pul 
siyosatini olib borgan. O’sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo 
Rossiyaning 6 rubl 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - (mira) 4 kopeekka, 
pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan. Muomalada ko’proq kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1 
tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o’zgarib turgan. O’tgan asrning 90
-yillarida Rossiya 
Toshkent va Qo’qonda, keyinchalik, Buxoroda o’z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, 
kumush tangalari va kredit biletlari kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko’ra 
kredit biletlari juda mashhur bo’lgan. Buxoro beklariga amirga to’laydigan soliq va boshqa to’lov, 
in’omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko’ra, kredit biletlarda olib kelish arzon 
va oson bo’lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga almashtirilgan. Rus banklarida 
kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan.
Ular Rossiyaga jo’natilgan va Peterburgdagi 
zarbxonada qayta ishlatilib rus kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan
66

Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847-1875 yy. da 
mavjud bo`lgan. 
Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda 
o’
tkazilgan pul isloxoti 
natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli b
o’
lgan. Keyinchalik muomalaga kredit biletlari 
xam chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga 
almashtirilgan. Lekin bu isloxot sunayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo 
balansi taqchiligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 
yillardagi Qrim urushi k
o’
p miqdorda 
qo’
shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va natijada 
ular qo
g’
oz pulga aylanib qoldi. 
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr 
oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. K
o’
pchilik boshqa davlatlarda u XIX 
asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada 
- 1873 yilda, Fransiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya za Yaponiyada - 
1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda. 
65
Красавина Л.Н. “Международный валютно
-
кредитный и финансовый отношения”
Москва, ”Финансы и статистика”
. 2005. 
Стр
68.
66
R.Barr. Aforementioned work. Page 237.


243
Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chiqarish, 
kredit tizimi, jaxon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan.

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish