Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

Irving Fisher
(1867-1947) pullarning miqdoriy 
nazariyasini zamonaviylashtirishga katta hissa qo
’shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning 
belgilanishi va kredit, foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi bilan 
tovarlar narxlari darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni formallashtirishga harakat qilgan. Tovarlar uchun 
to’langan pullar soni va sotilgan tovarlar narxlari summasi teng bo’lgani uchun buni I.Fisher tarozi 
bilan o’xshatmoqchi bo’ladi. 
Matematik shaklda ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula shaklida tasavvur etish 
mumkin: 
M V = 

PQ, 
bunda: 


(Expenditure) 

pul 
muomalasining umumiy hajmi, ya’ni mazkur jamiyatda shu 
yil davomida tovarlarni sotib olish uchun sarflanadigan pullar summasi; M (Money) 

ushbu 
jamiyatda yil davomida muomalada yurgan pullarning o’rtacha miqdori; 
M
PQ
V


(Velocity) 

ne’matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining o’rtacha soni; P –
(Price) 

ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning o’rtacha sotish narxi; Q –
(Quantity) 

tovarlarning jami xarid qilingan soni. 
Fisher formulasi oltin tangali standar
t sharoitida to’g’ri bo’lmaydi, chunki u pullarning ichki 
qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan qog’oz pullar muomala qiladigan 
sharoitda u muayyan mazmun kasb etadii. Bunday sharoitda pul massasining o’zgarishi, garchi 
I.Fisher tova
rlar narxlarining mutloq elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma’lum 
ma’noda ideallashtirsa
-
da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqa neoklassiklar 
kabi Fisher ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o’z xulosalarini mono
poliyalar 
hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini jiddiy yo’qotgan jamiyatga tegishli deb 
biladi. 


219
Ko’pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash tenglamasini bir xillik, ya’ni MV=PQ sifatida 
tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama D 

T ayirboshlash harakatini tovarlarning jami 
massasiga daxldor deb ifodalashga urinadi, ya’ni tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib 
olingan tovarlar narxlari summasiga teng (bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun 
ayirboshlash formulasi narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila 
olmaydi. 
Miqdoriy nazariya tarafdorlarining faraz qilishicha, ayirboshlash formulasi mutloq kattalikni 
EQ
o
ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va taklif mexanizmi undan nisbiy tebranishlarni izohlaydi). 
I.Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular pullarning aylanish 
tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan pullar miqdoriga (M) va narxlar 
darajasiga (P) bog’liq bo’lmasligini asoslashga urinishgan. Ular pullarnin
g aylanishi tezligi avvalo 
demografik (aholining zichligi va hokazo) va texnik (transport vositalarining soni va sifati va 
hokazo) parametrlarga bog’liq bo’ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish darajasi esa asosan 
mehnat bozorida yuzaga kelayotgan shart-sharoitlar bilan belgilanib, narxlar darajasi va 
muomalada yurgan pullar soniga bog’liq bo’lmaydi. Shubhasiz, bozor xo’jaligi hukmronlik 
qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus kasb etadii. 
Qiymat konuni va uning muomala doirasida yuzaga chikish shakli - pul muomalasi konuni 
tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va 
pul muomalasi tarakkiyot yo’lini taxlil kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu 
qonunga asosan momala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul miqdori 
aniklanadi.Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina 
funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortikcha pullar (oltin 
tanga) muomaladan xazinaga okib o’tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi 
pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va 
ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori 
bo’lishini inkor etadii.
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz xar (xazina biletlari) 
amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga asosan amalga oshadi. 
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo’lgan oltin pullarning miqdoriga teng 
bo’lganda pul muomalasida xech kanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko’rsatilgan 
talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo’lgan barcha 
ijtimoiy formatsiyalarda 
o’z kuchiga ega.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul muomalasi 
tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi
.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart
-
sharoitl
ariga bog’lik bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul 
miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil
- bu tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul 
miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga tug’ri proportsional, ya’ni tovar
lar va xizmatlar baxosining 
oshishi muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil

bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Odatda pul 
qanchalik tez aylansa, muoma
la uchun zarur bo’lgan pul mikdori shuncha kam talab qilinadi va 
aksincha. 
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim omillarga aloxida 
e’tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi chor
alarni
amalga oshirish muximdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko’p 
tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi;
- naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi; 
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Xar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish yuritishi zarur. 
Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu xolda 


220
muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tova
rlar baxosidan oshib ketishi, ya’ni 
inflyatsiya b
o’
lishiga, yoki pul ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki 
omilning 
o’zaro ta’siri bilan, ya’ni:
Xo’jalikning pulga bo’
lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan 
belgilanadi. Amaliyotda k
o’proq uchraydigan hol bu oborotda xo’jalikka kerak bo’
lganidan 
k
o’
proq pulning b
o’
lishidir. Bu albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid 
qobiliyatining tushushiga olib keladi.

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish