Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlash



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

2. Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlash. 
Muomala uchun zarur pul miqdori
 
2 asosiy yo’nalishda shakllanadi:
1. Pullarga bo’lgan aktiv talabning shakllanishi. Korxonalar o’zini faoliyatini yanada 
rivojlantirish uchun ishlab chiqarishni kengaytiradi, ya’ni qo’shimcha sehlar quradi. Hamda yangi 
texnika va 
texnologiyalarni sotib oladi. Bunda qo’shimcha pul mablag’lariga talab yuzaga keladi. 
2. Passiv talabning yuzaga kelishi. Aholi, kompaniyalar va davlat kelgusidagi jiddiy 
tadbirlarni amalga oshirish uchun pul jamg’ara boshlaydi.
Pul muomalasi qonunlari m
uomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash imkonini 
beradi.
I. Fisher tomonidan taklif qilingan pul muomalasi qonuni quyidagicha
M =P*Q/V 
Bunda, M-
muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori; P
-tovarlar bahosi; Q-tovarlar hajmi; 
V-pulning aylanish tezligi. 
Fisher aytadiki, tovar hajmi ko’rsatkichi o’rniga YaMM ko’rsatkichini qo’llash maqsadga 
muvofiq. Chunki YaMMning o’sishi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan 
asosiy omildir. 
K. Marks tomonidan taklif qilingan pul muomalasi qonuni q
uyidagi ko’rinishga ega. 
PM = (TXBS-KSTs+MKTs)/PBAT 
PM-
muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori,
TXBS-tovarlar va xizmatlar baholari summasi 
KSTs-kreditga sotilgan tovarlar summasi 
MKTs-
muddati kelgan to’lovlar summasi
PBAT-pul birligining aylanish tezligi 
Karl Marks aytadiki, tovarlar va xizmatlar bahosining o’sishi muomalada qo’shimcha 
pullarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Nobel mukofoti lauriyati M.Fridmen esa buni 
teskarisini aytadi. Muomalada ortiqcha pullarning paydo bo’lishi tovarlar va xizmatla
r bahosining 
o’sishiga olib keladi. 
Marks aytadiki mamlakatda tovarlarni kreditga sotish tizimini qanchalik rivojlangan bo’lsa 
pullarga bo’lgan talab shunchalik past bo’ladi. 
Inflyatsiya yuqori bo’lgan sharoitda tovarlar va xizmatlar bahosining inflyatsiya ta’sirida 
o’sishi yuz beradi. 
Natijada iqtisodchi olimlar tomonidan inflyatsiya darajasi hisobga olingan pul muomalasi 
qonuni taklif qilinadi. 
M=Y*P/V 
M-
muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori 
Y-real YaIM
P-
Inflyatsiyaning o’sish sur’ati
V-pulning aylanish tezligi 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida dunyo bo’yicha veksel muomalasining jadal rivojlanishi 
yuz berdi. Bu iqtisodchi olimlarni pul muomalasi qonunlariga nisbatan munosabatini bir muncha 
o’zgartirdi. Chunki veksellar pulning to’lov vositasi funksi
yasini bajara oladi. Shu sababli 
iqtisodchi olimlar pullarga bo’lgan talabni aniqlashda veksellar muomalasini hisobga olish kerak 
degan xulosaga keldi.
Pul massasini miqdoriy o’lchashga nisbatan 2 xil yondashuv mavjud:
1.
Transaksion yondashuv- bunda pullarn
ing to’lov vositasi va muomala vositasi sifatida 
harakatlanishi ko’zda tutiladi. Shu sababli transaksion yondashuvda pul massasining aktiv qismi 
e’tiborga olinadi. 
2.
Likvidli yondashuv 

bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi.
Aktivlarning likvidliligi deganda tez pulga aylana olish qobiliyati tushuniladi. Likvidli 
yondashuvga ko’ra nafaqat aktiv pullar balki passiv pullar ham pul massasining tarkibiga 
kiritiladi.


217
Pullarga bo’lgan talab nazariyalari ichida J.Keynsning likvidlikka ixlos
qo’yish nazariyasi 
muhim o’rin egallaydi. Ushbu nazariyaga ko’ra pullarga bo’lgan talabni 3 ta omil belgilaydi:
1. Transaksion omil-
tovarlar xomashyo va materiallar sotib olish uchun, ish haqi to’lash 
uchun kompaniyalarga pul kerak. Aholi ma’lum turdagi t
ovarlarni xarid qilish uchun, xizmatlar 
haqini to’lash uchun pul kerak. Shu sababli ular daromadlarining ma’lum qismini pul shaklida 
saqlaydilar. 
2. Extiyotkorlik omili-
aholi ham kompaniyalar ham kelgusida yuz berishi mumkin bo’lgan, 
ko’zda tutilmagan holatlardan himoyalanish maqsadida pul jamg’aradilar.
3. Spekulyativ (chayqovchilik) omili-
aholi va kompaniyalar pul mablag’larini kelgusida 
daromad olish maqsadida aktivlar sotib olish uchun saqlaydi.
Nobel mukofotining laureati amerikalik iqtisodchi olim M.Fridman aytadiki pullarga 
bo’lgan talab o’zgarishi nominal daromadlarning o’zgarishi oqibatidir. Fozi stavkalri esa pullarga 
bo’l’lgan talabga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Shuning uchun u % stavkalarning elastikligini 0.15 
ga teng deb oladi. 
Fridmenning 
fikriga mko’ra pullarga bo’lgan talab iqtisodiy konyukturaning o’zgarishlariga 
bog’liq emas. Markaziy bank pul bazasi orqali pullarga bo’lgan talabga ta’sir ko’rsata oladi. 
Ko’pchilik iqtisodchi olimlar pullarga bo’lagan talab va inflyatsiya o’rtasida b
evosita 
aloqadorlik mavjuligini e’tirof etishgan. Masalan: Samuelson, Blansher, Fisher.
So’nggi yilarda dunyoning qator mamlakatlarida davlat byudjeti defitsiti va davlat qarzi 
darajasini o’sishi kuztilmoqda. Gretsiya, Ispqniya, Portugaliya va Irlandiyada 
davlat qarzi YaIM 
ga nisbatn 120-
150% gacha etdi. Aslida me’yoriy darajada 60%dan ortmasligi lozim. 
2014 yil yanvar holatiga ko’ra O’zbekistonda 17% tashqi qarz, 0.6% ichki qarz (YaIMga 
nisbatan). 
Davlat byudjeti defitsitining YaIMga nisbatan aniqlanadiga
n me’yoriy darajasi 3% qilib 
belgilangan, 3% dan oshmasa normal defitsit hisoblanadi. 
Pul taklifi 

bu naqd va naqdsiz ko’rinishdagi pul mablag’larining muomlada paydo bo’lishi 
bo’lib, pulning to’lov vositasi va muomala funksiyalari bilan bog’liq.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmasining rivojlanganligi naqd pullar 
taklifining ko’payishiga to’sqinlik qiladi. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida esa naqd pullarga 
bo’lgan talabning yuqori ekanligi naqd pullar taklifi oshishiga sabab bo’ladi. Tara
qqiy etgan 
davlarda pullar taklifining tartibga solinishi, takomillashgan instrumentlar yordamida qo’llaniladi. 
Masalan AQShda Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalari orqali bank tizimidagi rtiqcha pullarni 
olib qo’yadi. 
M.Fridman 1-
chi bo’lib pul massasini aniqrog’I M2 pul agregati o’sish sur’atini nazorat 
qilishini taklif qilgan. Bu taklifning amaliyotga tadbiqi AQShda, Yevropa malakatlarida pul 
massasining barqaror o’sish sur’atini ta’minlash imkonini bergan. Urushlar, tabiiy ofatlar pullar 
taklifining 
keskin osishiga sabab bo’ladi. Kapitallarning spekulyatib harakati pullar taklifida 
bevosita va kuchli ta’sir ko’rsatadigan omil hisoblanadi. 
Davlatning pul aylanishiga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. 
Pul aylanishi tuzilmasi turli 
belgilar bo’yicha be
lgilanadi: 
1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab naqd pulsiz va 
naqd pullik pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega 
bo’ladi;
2) ushbu pul aylanishi xizmat ko’rsatadigan muno
sabatlar tusiga qarab. Bu erda pul-hisob-
kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul-
moliya aylanishi ajratib ko’rsatiladi;
3) pul mablag’larining harakati yuz beradigan sub’ektlarga qarab. Ushbu tasnif bo’yicha 
quyidagilar ajratib ko’rsatiladi: pul mablag’larining yuridik shaxslar o’rtasida banklararo, 
banklarda aylanishi, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi aylanish va, nihoyat, pul 
mablag’larining faqat jismoniy shaxslar o’rtasidagi aylanishi.
Shunga tegishlicha, iqtisodiyotda qo’llaniladigan pul aylanishi hajmiga ta’sir qiladigan 
omillarning muayyan guruhini ham ajratish mumkin. Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik 
omillarga ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning iqtisodiy omillari 


218
asosiy ahamiyatga va bevosi
ta ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Bunday omillarga iqtisodiyotda 
ishlatiladigan pullar turlari, pul muomalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. 
Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan ehtiyojlarga muvofiq 
o’zgartir
ishga yoki pul aylanishining mavjud hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga 
muvofiqlashtirishga faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta’sir ko’rsatadigan 
ushbu omillar orqali ta’sir qilish mumkin. 
Iqtisodiyotda faoliyat yuri
tadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan va 
iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag’lari miqdoridagi o’zgarishlar siyosiy omillar 
hisoblanadi. 
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko’rsatad
i, lekin 
shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni 
o’tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob
-
kitobning o’zini amalga oshirishga 
imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga 
xizmat ko’rsatuvchi texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o’rtasida ushbu to’lov 
vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag’larining qo’llanilishining 
oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz 
pul mablag’lari qo’llanilishi chastotasining ko’payishi pul 
muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning kamayishiga va davlatning pul aylanishini 
tartibga solish asosiy uslublarining o’zgarishiga olib keladi.
Pul muomalasi 

bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi, tashqi iqtisodiy 
aloqalar tizimidagi, tovarlar va xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo’jaligidagi tovarsiz 
to’lovlarga xizmat ko’rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir. Tovar ishlab 
chiqarish pul mu
omalasining ob’ektiv negizi bo’lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga: 
tovarlarning o’ziga va tovar
-
pullarga bo’linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar 
yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga 
oshiriladi. 
Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy jamiyat asoschilaridan 
biri va uning birinchi prezidenti (1931-1933) 

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish