qiymat o’lchovi,
muomala vositasi, to’lov vositasi va jamg’arma vositasi funksiyalari
ni bajaradi degan fikrga
keldik.
Pulning
qiymat o’lchovi
funksiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida aks ettirish
orqali namoyon bo’ladi. Pulning qiymat o’lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi
sifatida ularning qiymatini o’lchaydi. Barcha tovarlarning qiymati pul o’lchovi vositasi, ya’ni
baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat tomonidan o’rnatiladi. Masalan, metr o’lchovi
bilan uzunlikni, kilogramm o’lchovi bilan og’irlikni o’lchagan kabi, pulning qiymat o’lchovi
funksiyasi bilan barcha tovarlarni
ng qiymati o’lchanadi.
O’zbekistonda qiymat o’lchovi bevosita milliy valyuta «so’m», AQShda dollar,
Yevropa
ittifoqiga a’zo mamlakatlarda evro, Buyuk Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iena qiymat
o’lchovi vositasi hisoblanadi.
Pulning inflyasiya dara
jasi yuqori bo’lgan paytda uning qiymat o’lchovi funksiyasining
amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan, 1939 yildan 1949 yilgacha Yaponiya ienasining
inflyasiya darajasi yuqori bo’lganligi uchun ko’pchilik yapon savdogarlari tovarlarning bahosini
belgilashda, ayrim hollarda savdo sotiqni ham AQSh dollarida amalga oshirganlar. Chunki AQSh
dollarining qiymat o’lchovi ienaga nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror bo’lgan.
Shuning uchun, Yaponiyada 1939
–
1949 yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita narxda, dollar va
ienada yuritilar edi. Ayni paytda, ienada belgilangan tovarlar bahosi oshib borish tendensiyasiga
ega edi, dollarda esa baholar dastlabki holatidan o’zgarmasdan qolgan.
Hukumat mamlakatda pul islohotini amalga oshirish orqali pulni
ng qiymat o’lchovini
o’zgartirishi mumkin.Pul islohoti –
muomaladagi pul massasini kamaytirish orqali, uning joriy
qiymat o’lchovidan boshqasiga o’tishdir. 1944 –
1952 yillarda Yevropa mamlakatlarida 24
martadan ortiq pul islohotlari amalga oshirilgan.
Sobiq ittifoq davrida rubl kuchli inflyasiyaga uchramagan va iqtisodiyot nisbatan barqaror
darajaga ega bo’lgan bo’lsada, 1961 yilda mamlakatda pul islohati amalga oshirilgan. Hukumat
muomalada mavjud bo’lgan rubllarni yangi chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbat
da pul islohatini
amalga oshirgan. O’sha davrda o’tkazilgan pul islohotining asosiy maqsadi mamlakatdagi xufyona
iqtisodiyotning ulushini kamaytirish va baho masshtabini pasaytirishga qaratilgan bo’lib, xufyona
iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllarni t
o’lig’icha yangi banknotalarga almashtira olmaganligi
natijasida iqtisodiy jihatdan zarar ko’rgan va baho masshtabi 10 martaga kamaygan.
Pulning
Do'stlaringiz bilan baham: |