Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

Ayirboshlash funksiyasi. 
Bizning iqtisodiyotimizdagi mavjud deyarli barcha bozor iqtisodiyoti tamoyillarida yuzaga 
keladigan operatsiyalarda pul naqd pullar yoki cheklar ko’rinishida tovarlar va xizmatlar to’lovi 
uchun foydalanilib ayirboshlash funksiyasini namoyon qiladi. Pulning ayirboshlash vositasi 
sifatida foydalanilishi ayirboshlash operatsiyalarida vaqt xarajatlarini kamaytirib iqtisodiyotning 
samaradorligini oshiradi. Nima uchun aynan shunday ekanligini tushunish uchun tovarlar va 
xizmatlar to’g’ridan
-
to’g’ri boshqa tovar va xizmatlarga ayirboshlanadigan barter iqtisodiyotni 
ko’rib chiqamiz. 
Misol tariqasida, iqtisod fanlari professori Elen faqat bitta ajoyib ishni, ya’ni iqtisodiyot 
bo’yicha ma’ruza
o’qiy oladi. Agar Elen ovqatlanishni hoxlasa, barter iqtisodiyotda nafaqat unga 
mos keladigan maxsulotlar ishlab chiqaradigan balki uning iqtisodiyot bo’yicha ma’ruzalariga 
qiziqadigan ferma topishiga to’g’ri keladi. Ko’rinib turibdiki, Elen faqatgina uni
ng leksiyalariga 
muhtoj bo’lgan odamlarga ma’ruza o’qiy olishi ko’p vaqt va kuch talab qiladi. Bunday holat 
ochlikdan o’lishiga olib kelishi mumkinligi bois u ma’ruza o’qishni to’xtatib, fermerlik bilan 
shug’ullanishiga to’g’ri keladi.
Tovar va xizmatlarni ayirboshlashga sarflangan vaqt 

operatsion xarajatlar hisoblanadi. 
Barter iqtisodiyotda operatsion xarajatlar juda yuqori hisoblanib, odamlar “xohish va istaklarni 
ikki hissa moslashtirish” ni qondirishlariga to’g’ri kelib, ular zaruriy tovar va xizmatla
rga ega va 
16
O’zbekiston
hududida tanga va 
qog’oz
pullarning chiqarilishi va amal qilishi bilan 
bog’liq
materiallar F.Mullajonovning 
O’zbeki
ston Respublikasi bank tizimi kitobi (

T
.: «O’zbekiston» 
2001y. 6 

27 betlar)dan foydalanilgan holda tayyorlandi. 



153
bir vaqtning o’zida ushbu tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashni xohlaydigan kishilarni topishi 
zarurdir. 
Elenning iqtisodiyotida pullar paydo bo’lsa, nimalar sodir bo’lishini ko’rib chiqamiz. 
Bunday holatda uning ma’ruzalari uchun pul to’laydig
an har bir odamning hisobini yuritish 
imkoniyatiga ega bo’ladi. Keyinchalik u har qanday fermer (supermarket) ga borishi yoki ma’ruza 
o’qishi natijasida ishlab topilgan pullarga zaruriy ist’emol maxsulotlarini sotib olishi mumkin 
bo’ladi. “Xohish va istaklarni ikki hissa moslashtirish” muammosi tugatilsa, Elen kuplab vaqtni 
tejashi orqali, o’zining eng sevimli ishi hisoblangan dars berish bilan shug’ullanadi.
Ko’rib chiqilgan misoldan ko’rishimiz mummkinki, pullar iqtisodiyotning samaradorligini 
oshirib, tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashga ketadiigan vaqtni tejash imkonini beradi. 
Odamlarning yuqori malaka to’plash orqali ma’lum ishlarga ixtisoslashuvi iqtisodiyotning 
samaradorligini oshishiga olib keladi. O’z navbatida, pul –
iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi 
hisoblanib, o’zining xususiyatiga ko’ra moylovchi material sifatida operatsion xarajatlarni 
kamaytirish, ishchi kuchini ixtisoslashuvi va taqsimlanishini chuqurlashtirish xisobiga 
iqtisodiyotning ancha moslashuvchanligini oshiradi.
Pulga bo’lgan talab shu darajada yuqoriki, eng primitiv ko’rinishidagi jamiyatdan tashqari 
xar qanday jamiyat pulni o’ylab topadi. Xar qanday tovar pul sifatida samarali ishlashi uchun bir 
nechta talablarga javob berishi zarurdir: birinchidan, osonlik bilan uning qiymatini aniqlash uchun 
standartlashgan bo’lishi; ikkinchidan, umumqabul qilingan bo’lishi; uchinchidan, qismlarga 
bo’linishi; to’rtinchidan, bir joydan ikkinchi joyga osonlik bilan ko’chirilishi; beshinchidan, tezda 
parchalanib ketmasligi lozim. Insoniyat tarixida ushbu talablarga javob beruvchi pullar sifatida 
ko’plab noodatiy shakllar, ya’ni amerikalik xindular tomonidan foydalanilgan marjonlardan tortib 
birinchi amerikalik kolonistlar tomonidan foydalanilgan tabaka va viskilar hamda ikkinchi jahon 
urushida harbiy asirlar uchun lagerlarda sigaretlargacha ishlatilgan. 
17
Pulning turli shakllaridan foydalanish 

ishlab chiqarish vositalarining va tilning 
rivojlanishi kabi insoniyat topqirligining yana bir belgisidir.

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish