Xudayberdiyev eldor


III BOB “Qissasi Mashrab” – Mashrab hayoti va ijodini o’rganishda asosiy manba



Download 195 Kb.
bet3/4
Sana08.09.2017
Hajmi195 Kb.
#19640
1   2   3   4

III BOB

Qissasi Mashrab” – Mashrab hayoti va ijodini o’rganishda asosiy manba



3.1. “Qissasi Mashrab”asarining o’qitilishiga doir dars namunasi.
Yangi mavzu: Boborahim mashrabning “Qissai Mashrab” asarini o‘rganish usullari

Maqsadi: “Qissai Mashrab” asarining yaratilish sabablari haqida, shuningdek, shoirning g‘azallarida bayon etilgan tasavvufiy, falsafiy qarashlarning mohiyatini yoritish: majoziy va haqiqiy – ilohiy ishq haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish, shuningdek, “Qissai Mashrab asarining g‘oyaviy-poetik talqini haqidagi nazariy fikrlarining bayoni, hamda 9-sinf “Adabiyot” darsligida “Qissai mashrab” asaridan olingan parchalar, Mashrabning, iyd (hayit) kuni suvga cho‘milish voqeasi”, “Ofoqxo‘ja xizmatlarida bo‘lgani” haqidagi, “Ey mening nozik niholim, yoru-jonim qaydasan” haqida ma’lumot berish, shoirning Ofoqxo‘ja bilan uchrashuvi tafsilotini bayon etish orqali o‘quvchilarda iste’dod egasi Mashrabning adabiy merosiga nisbatan qiziqish va estetik havaslarini tarbiyalash.

Darsning metodi: O‘quvchining “Qissai Mashrab” haqidagi kirish so‘zi – ma’ruzasi, asarning g‘oyaviy, badiiy va tasavvuf adabiyotining namunasiga oid ilmiy fikrlar bayoni; adabiyotshunos olimlarning “Qissai Mashrab” asari haqidagi talqinlarini o‘rganish usullari; Mashrab g‘azallarining ifodali o‘qilishi, matn ustida ishlash.

Darsning ilmiyligi: “Qissai Mashrab” asariga oid ilmiy talqinlarining ilmiy bayoni.

Ko‘rgazmalilik: “Qissai Mashrab” devoning namunasi, Mashrab portretining namoyishiadabiyotshunos olimlarning shoir haqidagi ilmiy fikr va talqinlari.

Darsning borishi: “O‘ttum”, “O‘rtar”, “Qalandar bo‘l”, “Mashrabman” g‘azallarini o‘quvchilardan so‘rash.

O‘quvchilar biz o‘tgan darsda mumtoz adabiyotimizning eng sevimli, shu bilan birga, g‘azal janrida o‘ziga xos maktab yaratgan tasavvuf ilmining yorqin namoyondasi, so‘fiy darajasiga ko‘tarilgan ijodkor Boborahim Mashrabning adabiy merosi haqida, shuningdek, uning “O‘ttum”, “Qoldim”, “O‘rtar”, “Mashrabman”, “Qalandar bo‘l” kabi g‘azallarini o‘rgangan edik. Uyga vazifa qilib “O‘ttum”, “Qoldim”, “O‘rtar”, “Mashrabman”, “Qalandar bo‘l” g‘azallarini yod olish vazifasi berilgan edi. Qani, “O‘ttum”, “Qoldim”, “O‘rtar”, “Mashrabman”, “Qalandar bo‘l” g‘azallarini kim o‘qiydi? Dars davomida o‘quvchilarning yuqorida tilga olingan g‘azallarni yod olib kelganligi aniqlanadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarni tasavvuf ilmi bilan bog‘liq bo‘lgan she’rlarni qanchalik o‘zlashtirganini aniqlash maqsadida quyidagi savollarni o‘rtaga tashlaydi:

1.Shoirning olamini bir lahzada kezganligi sababini izohlang.

Birinchi o‘quvchi: she’r sho‘fiyona misralari orqali lirik qaharamonning holatini badiiy tasviri hisoblanadi. G‘azal tasavvufiy misralar bilan sug‘orilgan. Unda dunyo – makon shoirning qalbida joylashgan, xayolan butun dunyoni bir lahzada chaqqonlik va hamla bilan kezib o‘tadi:
Ishq vodiysidan bir kecha men hay-haylab o‘ttum,

Monandi nayiston guliga o‘t qalab o‘ttum.
2.Oshiqning sallani uloqtirishi dahriylikning ko‘rinishimi yoki so‘fiylikning?

Ikkinchi o‘quvchi: Mashrab g‘azallari bor bo‘yicha ilohiyotga bag‘ishlangan. Shoir shu yo‘lda dunyoning butun aysh-ishrati, farovon hayotini rad etadi va faqat Yaratganni tan oladi. Bu yo‘lda hatto namoz-u tariqatni ham ba’zan tan olmaydi. Salla musulmonchilik – tariqat belgisi, u insonning boshini o‘rab, hatto olamdan o‘tgach, uning jismini o‘rovchi mato, shoirni sallani rad etishi dahriylikni bildiradi.

3.G‘azalning matla’sida tasvirlangan jilvagar shaxsi haqida mulohazangizni ayting.



Uchinchi o‘quvchi:
Qildi menga bir jilvaye nogoh boqa qoldim,

Ul jilvasig‘a din ila dunyoni sota qoldim.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, dunyo go‘zalligi Yaratganning – Ollohning go‘zalligiga teng kelmaydi. Uning nuri-shafaqidan tabiat, insoniyat, hayvonot dunyosi bahramand. Shoir ana shunday go‘zalni husni oldida butun dunyo hech narsa emasligiga ishora qiladi.

4.G‘azaldagi ma’shuqni kim deb o‘ylaysiz?



To‘rtinchi o‘quvchi: g‘azaldagi ma’shuq lirik qahramon, shoirning o‘zi:
Mashrab, yo‘lida tursa parishon yurur edim,

Ul moh chiqibon burqa’ ko‘tardi, boqa qoldim.
5.Qalandarlarning “og‘zidan dur sochishi” deganda nimani tushunasiz?

Beshinchi o‘quvchi:

Og‘izdin dur sochay desang, sharobi ishq ichay desang,

Yomonlardan qochay desan, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l.
Yuqoridagi misralardan ko‘rinib turibdiki, qalandarlik dunyo boyligi, borlig‘-u, halovatlardan voz kechishni bildirishdan tashqari, ularning fikri-zikri, umidi, orzusi faqat va faqat Ollohning shafaqi nuriga muyassar bo‘lishdir. Shu ma’noda qalandarlarning og‘zidan faqat Olloh iborasi yog‘iladi.

6. Razolatni kuydiray desang, zalolatni o‘lduray desang,

Hammasini supuray desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l.
Satrlarini izohlang.

Oltinchi o‘quvchi: shoirning talqinicha dunyoda razolat cheksiz, haqsizlik undan ham ko‘p, binobarin, bunday razolatga ega bo‘lgan, qalbida Ollohning mehri bo‘lmagan kishilardan uzoq yurish kerakligi, ularning maslagi yovvoyi qarashlarini kuydirib dunyoni poklash zarurligini aytadi.

7.Nima uchun oshiqlik bayoni jonni kuydirib, jahonni o‘rtaydi?


Agar oshiqligim aytsam, kuyib jonu jahon o‘rtar,

Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o‘rtar.
Ma’lumki, majoziy ish bor, ilohiy ishq bor. Majoziy ishq tabiatga, real hayotga, odamlarga, insonning eng yaqin kishilariga bo‘lgan ishqi hisoblanadi. Bu ishq hayot voqeligi, odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar natijasida yuzaga keladi. Haqiqiy (ilohiy) ishq – boshqa hech narsaga qiyos qilinmaydigan Yaratganni tuyish, anglay va u bilan birlik tuyg‘usi bo‘lganligi sababli bunday ishqning tafti quyoshdan o‘tkir bo‘ladi, kishiga orom bermaydi.bunday ishq pinhoniy bo‘lib, kishining qalbidan joy olgan bo‘ladi. Insonni barcha azoblarini qiynoqqa soladi, uni to‘lg‘ontiradi, degan falsafiy fikr keltirilgan.

Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilar fikrini umumlashtirgan holda Mashrabning “Qissai Mashrab” asarining yaratilishi, uning ilmiy asoslari, g‘oyaviy mazmuni, poetik ko‘rinishlari haqida ma’lumotlarni keltiradi. Albatta, bu adabiyotlar, o‘zbek adabiyoti darsligi, shuningdek, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo‘ldoshbekovlarning 2010-yilda nashr etilgan 9-sinflar uchun “Adabiyot” darslik-majmuasida keltirilgan matn va adabiyotshunos olimlarning “Qissai Mashrab” asaridagi ilmiy talqinlarga asoslanishi talab qilinadi.



3.2. “Qissasi Mashrab” asarining maktab darsliklarida o’qitilishiga oid metodik tavsiyalar.
O‘zbek adabiyotida daho ijodkorlar hayotiga oid turli-tuman rivoyatlar bor. Bu rivoyatlarda ijodkorning nozik tabiati, elga munosabati, xalqparvarligi, insonparvarligi va ularning falsafiy-dunyoviy tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar bayon etilgan. Albatta, bunday rivoyatlarning yuzaga kelishiga sabab ijodkorning odamiyligi, insofli ekanligi, hatto karomati, ayniqsa, uning komilligini bildiruvchi voqealar haqida fikr yuritiladi. Adabiyotimizda ana shunday sifatlar egasi A.Navoiy, Z.M.Borub, Ogahiy, XX asr adabiyotining vakillari A.Qodiriy, Cho‘lpon, Behbudiy kabi istiqlol kurashchilari, ular ijodini yangi ijtimoiy hayot, davrda davom ettirgan Oybek, G‘.G‘ulom, A.Qahhorlar hisoblanadi. Buyuk daho A.Navoiy qariyb 6 asr ilgari bugungi kun istiqboli, undagi yoshlar hayoti, komil inson: Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Axiy kabi siymolarnijonli realistik qiyofasini yaratganki, ularning komil insonga xos sifatlari, ma’naviy olami, bugungi kunda yoshlarimizning bunyodkorlik faoliyati ayniqsa, ilmga chanqoqligi namoyon bo‘lmoqda. Endi adabiyotimizning serqirra ijodkori, millatimizning jonkuyari A.Qodiriyga kelganimizda o‘zining “O‘tkan kunlar” romanida mamlakatimizda istiqlol albatta yuz berishini sevimli qahramoni Otabek siymosida bashorat etdi. Oybek o‘zining “Qutlug‘ qon” romanidagi yo‘lchi obrazi orqali o‘zbek xalqining rus bosqinchilar zulmidan qutulishini tasvir etgan bo‘lsa, A.Qahhor o‘zining “Sarob” romanida sho‘rolar tuzumining tanazzulga uchrashini Saidiy obrazi orqali bashorat etdi. Demak, ulug‘ ijodkorlar yaxshi asarlar yozishi bilan birga, ularda Allohning hikmati bilan bashorat qilish xislati ham berilgan bo‘lar ekan. Ana shunday bashorat egasi XVII asrning oxiri, XVIII asrning boshlarida ijod etgan Boborahim Mashrab hisoblanadi. Talantli iste’dod egasi Mashrabning hayoti, kun kechirishi, ijodi, odamlarga munosabati, shariat qoidalariga rioya qilishi, uni el o‘rtasida targ‘ib qilishi, karomat va bashoratlarga boy epopeya hisoblanadi. Ana shuning uchun ham “Qissai mashrab” asari ulug‘ iste’dod egasi Mashrab hayotining kishini haryatda qoldiruvchi epopeya hisoblanib, uning tub mohiyati, g‘oyasi, badiiy va afsonaviy tasvirini shoir voqeasi bilan bog‘liq bo‘lgan sarguzashtlar, hikmatlar, diniy aqidalar tashkil etadi. Ana shu sababli o‘qituvchi umumta’lim maktabining IX sinfida “Qissai Mashrab” asarini o‘rganishda adabiyotshunos olimlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy manbalar va shoirning adabiy merosiga tayanishi, uni adabiyotshunoslik va metodik jihatdan tahlil etishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun ham “Qissai Mashrab”ga bag‘ishlangan mashg‘ulot davomida asarning yuzaga kelish sabablari haqida, shuningdek, kitob yuzasidan aytilgan ilmiy fikrlarni bayon etishi, “Qissai Mashrab” devoniga kiritilgan ayrim hikoyalarni og‘zaki hikoya qilishi, bolalarga o‘qitishi, shuningdek, shoirning har xil voqealar bilan bog‘liq bo‘lgan g‘azallarini o‘qishi, tahlil etishi Mashrab haqidagi darslarning samaradorliginioshirishi, o‘quvchilarning mavzusi, o‘zlashtirishlari, eng muhimi, ularda qissada keltirilgan hikoyatlarning ta’siri natijasida islom qoidalarini to‘g‘ri tushunish, komillik bilan bog‘liq bo‘lgan ijobiy xislatlarga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.

Darsda dastlab nazariy ma’lumot beriladi.

Shundan so‘ng o‘qituvchi “Qissai Mashrab” asarining yuzaga kelishi, undagi rivoyatlarning falsafiy-poetik yo‘nalishlari, eng muhimi har bir qissada Mashrab tabiati, dunyoqarashi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar haqida fikr yuritadi. “Qissai Mashrab” devonidan va 9-sinf darsligidan namunalar keltiradi.

Shundan so‘ng o‘qituvchi darslikda keltirilgan Mashrabning “suvga cho‘kish” rivoyati va piri komili Mullo Bozor Oxund bilan uchrashuv voqeasini ifodali o‘qiydi.

Yuqoridagi rivoyatlar-u hikoyatlar asosida tasavvuf ilmining ko‘rinishlari, talablari, o‘zining badiiy ifodasini topganligi sababli o‘qituvchining, avvalo, tasavvuf va tasavvuf atamalarining mohiyati haqidagi darslikda keltirilgan ilmiy ma’lumotni keltirilishi o‘quvchilarda o‘zining tabiatiga xos mo‘jizaviy karomatlariga ega bo‘lgan B.Mashrab ijodining mohiyati, uning ayniqsa, diniy aqidalar bilan bog‘liq bo‘lgan falsafiy qarashlarini ma’lum darajada tushunish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shu sababli o‘qituvchi “Qissai Mashrab” asaridagi rivoyatlarni tahlil qilishda avvalo, islomning tub negizini tashkil etuvchi, shariat, tariqat, ma’rifatning musulmon olamidagi talab va qoidalari haqida ham ma’lumot berishi talab qilinadi. Xuddi shu fikrni yoritishda darslikda keltirilgan “Tasavvuf va tasavvuf atamalari” haqidagi nazariy fikrni soda, ravon tilda bayon etishi, undagi ayrim tushunilishi qiyin bo‘lgan iboralarning lug‘aviy ma’nolari haqida ma’lumot berishi zarur bo‘ladi.

Keyin, yana Mashrabning “suvga cho‘kish” voqeasi va piri komili bilan yuzma-yuz bo‘lishiga oid matn ustida ish olib boriladi. Shoir Mashrab bilan onasi va Mulla Bozor Oxund voqealarining zamirida ilohiy karomatning mo‘jizalari, ularning sabablari haqida ma’lumot beriladi. O‘qituvchi yuqoridagi rivoyatlarning tahliliga o‘tadi.



  • Har qanday rivoyat, afsonaning tagida biror maqsad, aniqrog‘i, badiiy asarda ishtirok etgan qahramonlarning sarguzashti, o‘z ideali yo‘lidagi kurashi, shu bilan birga real hayotda mavjud bo‘lgan voqelikning ko‘rinishi bo‘ladi. Mashrabning “suvga tushish”, “cho‘kib ketish” voqeasida ilohiyotning karomati bilan bog‘liq bo‘lgan mo‘jizaning guvohi bo‘lamiz. Alloh yer-u samoni yaratgan. Insonni, tabiatni yuzaga keltirgan. Osmondagi momoqaldiroq, chaqmoq, oy-yulduzlarning olamni yoritishi, eng muhimi, insonning paydo bo‘lishi, Yaratganning mo‘jizasi hisoblanadi. Shunday ekan mashrabning suvga tushishi oldida onaning zorlanishi, Xudoga nola qilishi oqibatida halokatdan qutilishi Yaratganning karomatidir. Bu rivoyatning asosida aslini olganda jannat maqomiga ega bo‘lgan onaning mehri, oq suti, farzandiga bo‘lgan fidoyiligining in’ikosi hisoblanadi:

Ko‘lni labida o‘ltirib, dediki: “Ey nuri diydam, jon bolam, sizni shul umid birla boqib erdimmu, mundog‘ bo‘lg‘aningizg‘a rozi emasmen”, - deb judolig‘ g‘amidin bu g‘azalni o‘qidilar:
Bu g‘ariblik dashtida kuyub ada bo‘ldum, bolam,

Misli ul bodi xazondek kahrabo bo‘ldum, bolam.
Bu judolig‘ dardini aytay, eshiting do‘stlar,

Rozi dilni aytmayin sandin judo bo‘ldum, bolam!
desalar, shoh Mashrab suvning ichida turib, anolarig‘a bu baytni o‘qudilar:
Yosh qolibman otadan, ko‘nglimni shod etgan, onam,

Mehribonlig‘lari ul kunda ziyod etkan, onam.
To qiyomat bu judolig‘ dardig‘a tushtum, debon,

Nuri chashmim, qaydasan, deb anda yod etkan, onam,
– shoh Mashrab “Allohu Akbar” deb suvdin chiqib, anolarig‘a salom berib, dedilar: “Ey, mehribonim onam, g‘amg‘usorim onam, mendek noqobil farzanddin rizo bo‘lung, Xudoyi taolo mani shu ko‘yga solibdur” – deb, Eshon Mulla Bozor Oxund xizmatig‘a ravona bo‘ldilar6.

Qissaning keying sarguzashti shoirning o‘z davrida ilmda nom chiqargan Mulla Oxund bilan uchrashuviga bag‘ishlangan. Mashrab aslida yoshlikdan butun borlig‘ini ilm-ma’rifat, haqiqat va ilohiyotning oliy marhamatiga erishish yo‘lida islom qoidalarini o‘rgangan. Aniqrog‘i, Qur’onni yod olgan. Uning tariqatlarini qalbida joylagan, amalda uni qo‘llagan, aslida so‘fiy darajasiga ko‘tarilgan komil inson edi. Uning Mulla Bozor Oxund dargohida bo‘lishi, undan ta’lim olishi, o‘z bilimini, tariqatini yana bir bor sinash, o‘z bahosini olish bilan izohlanadi. Shu bilan birga, Mashrab din ahliga o‘z muritiga ega bo‘lgan Xo‘ja Said Eshon ahliga e’tiqod qo‘ygan shariatning homiylaridan edi. Bu narsa Mulla Bozor Oxund bilan bo‘lgan munosabatda o‘zining shariatga xos bo‘lgan ifodasini topa olgan.

O‘z davrida Ofoq Xo‘ja Eshon o‘zining karomati bilan muridlarning ko‘pligi, aqidasi, so‘fiyona ta’limining kuchi bilan nom chiqargan edi. Bu narsa mashrabning ruhiy olamiga ta’sir etmay qolmadi. Mashrab Namangandan Qashg‘ar sari otlandi. Yo‘lda ne-ne karomatlar sodir bo‘ldi. Ofoqxo‘ja hammani ham o‘zining dargohida qabul qilmas, unga qo‘l bermas edi. Ammo karomatli shoir B.Mashrab bilan bo‘lgan savol-javob Ofoqxo‘jani lol qoldirdi. Hatto, o‘zini butun borlig‘i, umidi, e’tiqodini karomatli eshonga bag‘ishlagan. Mashrabni bag‘riga olib, u haqida duolar qildi. Allohdan o‘z duoaini ijobat bo‘lishini so‘radi:

“Qissai Mashrab” devonida jamlangan rivoyatlar nihoyat ko‘p. Unda shoirning karomati, Allohga iltijosi, Qur’oni karimni yod olgani, qalbida ilohiy nur paydo bo‘lganligi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar keltirilganki, bu voqealar bugungi kunda ham o‘zining tarbiyaviy – didaktik ahamiyatini yo‘qotgan emas. Eng muhimi, rivoyatlarning har birida Mashrabning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan islom qoidalarining inson hayotidagi kuchi, haqiqati ilova etilgan, shu sababli, (mazkur to‘plami) Mashrab haqidagi rivoyatlarni to‘plab, devon holiga keltirgan Pirmat setoriyning “Mashrab karomatlari” haqidagi voqealar, hikoyalar shoirning tabiati, ulamo-yu shaxslarga nisbatan munosabatlarini bildiruvchi, eng muhimi, uni haqiqat, Xudo tomon intilishini ta’minlovchi voqealarni o‘rganish uning tub mohiyatini o‘quvchilarga soda tilde yetkazish Mashrab dunyosi, falsafiy qarashlari, ruhiy olami, eng muhimi, uni shariat, tariqat, ma’rifat sari intilishini tub sabablarini o‘rganish imkoniyatini beradi. Shunga ko‘ra, darsda “Qissai Mashrab” asaridagi shoirning dunyoga kelishi hamda dini islomiyatni qalbiga jo qilishi haqidagi rivoyatni o‘quvchilarga yetkazish shoirning tabiati, ichki dunyosi, yashashdan maqsadi nima ekanligini bilib olish imkonini beradi.

O‘qituvchi dars oxirida “Qissai mashrab” asarining g‘oyaviy mazmuni, tasavvufiy talqinlari va shoirning badiiy mahoratini yoritishga oid bo‘lgan darslikdagi savollarni mustaqil ravishda o‘rganib, unga javob yozib kelish vazifasini topshiradi:

1.Xudo yo‘liga kirgan Mashrabning onasidan rizolik olish uchun o‘zini suvga g‘arq qilish tadbirini qanday izohlaysiz?

2. “Majnun ila kezdim necha yil dasht-u biyobon,

Laylini so‘rog‘lab yururdim besabru somon”

misralarida aytilgandeko‘zini majnun bilan deng bilgan Mashrabning Laylisi, boshqa she’rida “Nozik nholim, yori jonim” deb vasf qilgan mahbubi kim edi deb o‘ylaysiz?

3.Ofoqxo‘janing Boborahimga “Mashrab” deb ism qo‘yishini qanday izohlaysiz?

Yuqoridagi vazifalar o‘quvchilarga topshirilgach, o‘qituvchi o‘zining yakuniy mashg‘ulotida boborahim Mashrab ijodining o‘zbek mumtoz adabiyotida tutgan o‘rni, shoir adabiy merosining o‘ziga xos xususiyatlari, ayniqsa, uning boshqa shoirlardan tubdan farq qiladigan poetik mahorati haqida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar albatta, taniqli adabiyotshunos olimlarning ilmiy xulosalariga tayangan bo‘lib, o‘quvchilarda Mashrabshunos olimlar haqida ilmning yozuvchi ijodini baholashdagi ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Albatta, darsning tushunarli bo‘lishi, samaradorligi, ayniqsa, Mashrabdek xalqning sevimli ijodkoriga ayalangan, hofizlar tilida madh etilgan iste’dod egasining poetik mahorati haqida fikr yuritish, o‘qituvchidan nazariy bilim, metodik tushuncha va tajribani talab qiladi.

Bu jihatdan O‘zFAning akademigi V.Abdullayev, u kishining shogirdi prof. R.Orzibekovlarning ilmiy talqinlari shoir Mashrabning adabiy olami, ijodiy maktabi, falsafiy va ilohiy qarashlarini to‘g‘ri tushunib olish imkonini beradi. Mashrab she’rlari vaznlarini qo‘llashdagi rang-barangligi, musiqiyligi bilan ajralib turadi. U aruzning hajaz, razaj, ramal, hafif, muzore va munzare bahrlaridagi xilma-xil vaznlarda she’rlar yozgan. Shoir hamma o‘rinlarda she’r mazmunining talabiga ko‘ra vazn tanlaydi. Ularni qusursiz ishlatishga muvoffaq bo‘ladi. U ayniqsa, hazaji musammani solim va hazaji musammani ahrabi mahrufi mahzuf vaznlariga ko‘proq murojaat etgan. Bunga sabab shuki, hazaji musammani solim bahri Mashrabning Xudojo‘ylik iltijolarini qismatga to‘la qarashlarini ifodalash uchun to‘g‘ri keladi. Uning ko‘p so‘fiyona she’rilari shu vaznda yozilgan. Jumladan, quyidagi baytlari g‘azal hazaji musammani solim bahrida bitilgan:

Zihi rasvo / lig‘im olam / ga soldi sho‘ / ru shar paydo,

Nahangi no‘h / falak daryo / sib o‘ldi lo / hazar tanho.
Bu bayt vaznining ritmik sxemasi quyidagicha:

Mafoilun, mafoilun, mafoilun, mafoilun

v- - - v - - - v- - - v - - -

Mashrabga ma’qul tushgan ikkinchi vazn – hazaji musammani ahrabi makfufi mahzuf esa uning she’riyatidagi yetakchi pafos – isyonkorlik ruhini ifodalashga mosdir. Shoir tasavvufiy nidolarni, ko‘ngil istaklarini ifodalashda shu bahrni mahorat bilan ishlatadi.



Dunyoga / kelib loyi / g‘a bilmay bo / ta / qoldim,

Darmon yog‘idin necha og‘iz so‘z qota qoldim.

Uning ritmik sxemasi quyidagicha bo‘ladi:

- - - v / v - -v / v - - / v v v - -7

Adabiyotimiz tarixida o‘zining o‘ynoqi g‘azallari, lirik kechinmalari bilan shuhrat qozongan poetik mahorat egalari ko‘p bo‘lgan. Ochig‘i, har qanday she’riyat, poetik mahoratning nurli cho‘qqilarini faqat va faqat daho A.Navoiyning bahri ummoni, she’riyat durdonalari, ayniqsa, “Xamsa” asaridagi kitobxonni hayratga soluvchi dostonlar va undagi komillik bilan sug‘orilgan kurashi sarguzashti insonlarga ibrat bo‘lgan Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Ahiy, Iskandar kabi komil siymolar tashkil etadi.

Ulug‘ Navoiyning an’analari Z.M.Bobur , Ogahiy, Munis, Xorazmiy, shuningdek, XVII asrning oxiri, XVIII asr boshlarida yashab, ijod etgan Mashrab tomonidan davom ettirildi. She’riyat va g‘azalning yangi-yangi namunalari kashf etildi. Endi Mashrabning afsonalarga boy hayoti, adabiy merosi, ayniqsa, “Qissai Mashrab” asaridagi ilohiyotning nuri bilan sug‘orilgan g‘azallar tahliliga kelganda she’riyatda yangi biro lam, yangi bir falsafa, qolaversa, o‘zini ilohiy sevgi bilan o‘ragan, olamni pok ko‘rish va halol yashashga intilgan. Buguna emas, butun borlig‘ini yaratganga hadya etgan komillik sari intilgan. Shu bilan birga tabiati nozik – Allohdan boshqa hech narsani tan olmaydigan mo‘jizaviy bir zot Mashrab siymosiga duch kelamiz. Shoirning g‘azallari qalb sadosidan qaynab chiqqan haroratni eslatadi. Bu harorat ba’zan olamni kuydiradi…

Ana shunday g‘azallarga baho berish, uni tahlil qilish ko‘pincha adabiyotshunoslikda faqat tasavvuf bilan bog‘lab talqin etildi. Aslida har bir ijodkorning yaratgan asari real hayotining mahsuli hisoblanganligi sababli Mashrab hayoti, tabiati, ijtimoiy hayot, ularning o‘zaro munosabati, shu bilan birga, shoirning ilohiyot nuriga muyassar bo‘lish yo‘lidagi ohu-fig‘oni, isyoni tashkil etadi.

B.Mashrab hayoti, ijodiy faoliyatini o‘rganish yuzasidan olib boriladigan ishlar haqida ayrim tavsiyalar:

1.Iste’dodli shoir ijodini o‘rganishda ilmiy manbalarga tayangan holda darsni tashkil etish. Ular haqida aniq ma’lumot berish, xususan, tasavvufga oid g‘azallarning tahlili, uning ma’nosi darslikda keltirilgan “Tasavvuf va tasavvuf atamalari” haqidagi nazariy fikrlar asosida izohlanishi maqsadga muvofiqdir.

2.Darslikda keltirilgan “O‘ttum”, “Qoldim”, “O‘rtar”, “Qalandar bo‘l”, “Mashrabman” g‘azallarini o‘rganishda tushunilishi qiyin bo‘lgan iboralarning lu‘g‘aviy manolari yo‘l-yo‘lakay bayon etilishi zarur.

3.G‘azallar, albatta, o‘quvchilar tomonidan yod olinishi, qayta ifodali o‘qishi, shu bilan birga, o‘qituvchi yordamida matn ustida ish olib borilishi, majoziy tashbeh va ilohiy-falsafiy talqinlarning ma’nolari yoritilishi lozim.

4.Mashrab g‘azallarida lirik qahramon ilohiyot yo‘lidagi ruhiy kechinmalari badiiy-majoziy misralarda ifodalanadi. Shuni ham unutmangki, Mashrabning g‘azallarida, shuningdek, “Qissai Mashrab” dagi rivoyatlarda insonning komillikka erishishi, Yaratganning oldidagi burchi, halolligi, odamiylik, saxiylik, ota-onasi oldidagi burchni ado etish kabi shariat-tariqat qoidalari o‘z ifodasini topgan. Shunga ko‘ra har bir g‘azal qissa-sarguzasht haqidagi voqealarning bayoni faqat shoirning falsafiy-ilohiy va badiiy mahorati nuqtai-nazaridan emas, uning inson tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan didaktik tomonlarini hisobga olgan holda tahlil etish, o‘quvchilarda Mashrab ijodining tub mohiyatini anglashga yordam beradi. Mashrab ijodini o‘rganishda albatta ko‘rgazmalilikning qo‘llanilishi darsning samarali bo‘lishiga yordam beradi.

5.O‘z-o‘zidan ma’lumki, B.Mashrab ijodi o‘zining o‘ynoqiligi, lirik kechinmalari, majoziy-poetik uslubi, falsafiy talqinlari, eng muhimi shoir ruhiyatinng ko‘rinishlari bilan boshqa ijodkorlardan tubdan farq qiladi. Mashrab adabiy merosi asosini ilohiy ruhiyat haqidagi majoziy misralar, qofiyalar, afsona va rivoyatlari tashkil etadi. Bu masalalarni dars davomida hal qilish o‘qituvchidan katta mahorat, nazariy, metodik bilim, tajribani tashkil etadi. Shuningdek, shoir ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan dars soatlari cheklanganligi sababli Mashrab adabiy merosini adabiyot to‘garaklarida o‘rganish, u haqida adabiy kecha, kitobxonlar konferensiyalarini o‘tkazish o‘quvchilarning shoir adabiy merosiga nisbatan havaslarining uyg‘onishiga sabab bo‘ladi.


Xulosa

O’rganayotganimiz “Qissasi Mashrab” xalq nasrining eng go’zal namunalaridan biridir. Mashrab hayoti va ijodi “Qissasi Mashrab, “Devona Mashrab” “Shoh Mashrab” “G’azali eshoni Shoh Mashrab”, “Eshon Mashrab”, “Eshon shoh Mashrab”, “Eshoni shoh Mashrab devonai Namangoniy”, “Muxammasi shoh Mashrab” kabi turlinomlar ostida kitobat qilingan bo’lib, mashrabxonlarning eng semimli asari sifatida katta shuhrat qozongan.

Sirtdan qaraganda xalq dostonlari qissaslarini eslatuvchi bu asarlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularning asosini Mashrab haqidagi rivoyat va qissalar tashkil etadi, nasriy qism nihoyasida esa shoir she’riyatidan namunalar berib boriladi. Ko’p o’rinlarda she’riy asarlar qissa va rivoyatlar mazmuniga mos kelmasligiga asoslanib, mazkur qissa muallifi – tuzuvchisi Pirmat Setoriy shoirning afsonaviy sarguzashtlariga bag’ishlangan hikoyalarni jamlab, har bir mustaqil sujetli rivoyatga Mashrab she’rlarini ilova qilishi natijasida bu asar xalq qissalari holatiga kelib qolgan deb taxmin qilish mumkin. Ko’pgina tadqiqotchilar “Qissasi Mashrab”dagi rivoyatlarda “shoir shaxsi buzib ko’rsatilgan” yoki “Mashrab haqidagi aqlga sig’maydigan, ishonish qiyin bo’lgan” ma’lumotlar keltirilgan deb yozishadi. Bizningcha, “Qissasi Mashrab” tipidagi xalq kitoblariga kiritilgan asarlar o’zbek folklorining tarixiy rivoyat va tarixiy afsona janrlariga mansub hikoyalar hisoblanadi.

Umuman, Boboramim Mashrab o’zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi. Uning o’ziga xos xarakteri va ijodi usuli mavjud. Shoir, ayniqsa, o’zbek tasavvuf adabiyotini yana bir pog’ona yuqoriga ko’tara oldi. Mashrab sher’larida ilohiy va majoziy ishq o’zgacha usullar bilan kuylanadi. Uning ijodini maktab o’quvchilari tog’ridan-to’g’ri hazm qila olmaydi. Shuning uchun shoir ijodini o’rganishda u yashagan muhit va tasavvuf ilmini ham hisobga olish kerak. Bundan tashqari, maktab darsliklariga Mashrab ijodi kiritilayotganda, ushbu mavzudan oldin tasavvuf haqida o’quvchilarga ma’lumot berish zarur . To’g’ri, maktab darsliklarida bu haqda ma’lumot berilgan. Ammo yanada aniq, yanada kengroq ma’lumot berilsa, maqsadga muofiq bo’lardi. Chunki tasavvufning o’zi bir alohida mavzu.

Bizning mavzumiz “Maktab darsliklarining yuqori sinflarida Boborahim Mashrabning “Qissasi Mashrab” asarini o’rganish usullari”. Bu asar bizga Mashrab hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi asosiy qimmatli hisoblanadi. Bejizga bu asar maktab darsliklariga kiritilmagan. Chunki Mashrab hayoti ibratli hikoyalar va o’gitlarga boy. Ammo uning ijodini o’rganish bimuncha qiyin bo’lganligi uchun bu mavzu maktab darsliklarining yuqori sinflari uchun mo’ljallangan.

Xullas, Mashrabni o’rganish o’quvchilarda Allohga, o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi. Uning ijodi insonni e’tiqodli, matonatli, sabr-qanoatli bo’lishga chorlaydi. Agar inson yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarga ega bo’lmasa kelajakda biror-bir arzirli yutuqlarga erishishi qiyin. Bugungi kunda esa yoshlarimizdan Vatan sharafini ko’klarga ko’tarish, ajdodlarimizga munosib voris bo’lish talab qilinmoqda. Buning uchun yoshlarimizdan Allohga, Vataniga, oilasiga, o’ziga bo’lgan kuchli e’tiqod va ishonch talab qilinadi. Bu xususiyatlarni esa ularga ta’lim-tarbiya orqali singdirish eng qulay yo’l.



Download 195 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish