O`qituvchi mavzuni xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
MMIBDO’:_________________
Sana______________
M
13-MAVZU: HUQUQIY MADANIYAT – KOMIL INSONLIK BELGISI (8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan)
amlakatimizda inson manfaatlari, qonuniy huquqlarini ta’minlash kundalik turmush tarzimizda o‘zining keng ifodasini topayotir. Bugun yon-atrofga nazar tashlagan kishi hamma yaxshi narsalar, munosib shart-sharoit va keng tanlash imkoniyati, avvalo, inson uchun ekanligiga amin bo‘ladi.
Bir paytlar qishloqda yashaydigan odam bitta dori sotib olish uchun tuman markaziga borishga majbur bo‘lardi. Yoki katta bir mahallaga xizmat ko‘rsatadigan, aralash mollar sotiladigan do‘konda, hatto kundalik ishlatiladigan qand-qursu shakarni ham har doim topish imkoni bo‘lmas edi. Bularning barchasi bugungi yoshlar ishonishi qiyin ertakka o‘xshaydi. Nafaqat shaharlarimiz, balki chekka qishloqlarimiz qiyofasi ham o‘zgacha chiroy kasb etgani sari, ularda ko‘plab zamonaviy do‘konlar, dorixonalar va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozir qayerda iste’molchi manfaatiga putur yetsa, uni bartaraf etish mexanizmi harakatga tushadi. Boshqacha aytganda, istiqlol yillarida mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida yaratilgan milliy qonunchilik asoslari va ularni ro‘yobga chiqarishga xizmat qilayotgan davlat va jamoat tashkilotlari yordamga keladi. Qayd etish joizki, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish instituti mustaqillik mevasi bo‘lib, eski tuzumda bunday ish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot ham, qonunchilik ham mavjud emasdi. 1996 yil 26 aprelda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bu borada muhim qadam bo‘ldi.
Butun dunyoda 15 mart Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Mamlakatimizda bu institutning tobora rivojlanayotgani fuqarolarimiz manfaatini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Ayni paytda iste’molchilarning huquqiy himoyasi bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlari rivojiga alohida e’tibor qaratilayotgani o‘z samarasini bermoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrda qabul qilingan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘layotir. Iste’molchi huquq va manfaatlarini muhofazalashga qaratilayotgan doimiy e’tibor tufayli ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarda ish va xizmatlar sifati tobora yaxshilanmoqda. Zero, mijozning ta’biga qarab ishlayotgan tadbirkorning mehnatida unum, topganida baraka bo‘ladi. Ammo bu oddiy haqiqat, azaliy qadriyatdan ko‘z yumib, faqat foyda ketidan quvayotgan, iste’molchiga zarar yetkazayotgan tadbirkorlar ham yo‘q emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |