17-MAVZU: TINCHLIK VA OSAYISHTALIGIMIZ GAROVI (14-yanvar Vatan himoyachilari kuni);
1991 yil 1 sentabr... Asriy orzu umidlar ushaldi. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritdi. Mustaqil davlat sifatida o'z tili, Bayrog'i, Gerbi va Madhiyasiga ega bo’ldi.
Xalqimiz o'zining ulug' maqsadi: Ozod va obod Vatan ravnaqi, erkin va farovon hayot qurish yo'lida ulkan ishlarga bel bog'ladi.
Har bir davlat o'z xavfsizligini ta'minlash, yurt tinchligini saqlash maqsadida o'z armiyasini shakllantiradi.
O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari 1992 yil 14 yanvarda tashkil topgan.
O ’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasida: O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining Davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi deyilgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 126-moddasida esa O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga egaligi aytib o'tilgan.
O`qituvchi mavzuni xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
MMIBDO’:___________
Sana_____________
18-MAVZU: Chiroyli hulq inson ziynati
Odob arabchada adab so’zidan olingan. Jamiyatda etirof etilgan xulq normasi. Odob insonlarning muloqot va o’zini tutush jarayonida namoyon bo’lad. Odob negizida axloq tamoyillari va meyorlari, estetik talablar yotadi. Odob kishining jamoat orasida o’zini qanday tutishi, odamlar bilan qulay yusinda momila qilishi, bo’sh vaqtini qanday tashkil etishini o’z ichiga oladi. Insonning diniy etiqodi uning odobli bo’lib kamol topishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Odob ta’lim tarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakillanadi.
Odob-axloq jamiyatda odamlarning yurush-turushini tartibga solish usullaridan biri hisoblanadi.
Tanish yoki notanish ikki kishi bir – birlari bilan uchrashib qolsalar, salom berib ko’rishishlari juda zarur. Tanishlar faqatgina salomlashibgina qolmay, bir-birlarining holu ahvollarini so’rashlari kerak.
Bir kishi ikkinchi kishiga salom bersa, darrov alik olib, salom javobini bersin. Salomni to’liq ravishda “Assalomu alaykum”, deb aytsin. Salom, salomalaykum deyish yaramaydi. Salom javobi “Vaalaykum assalom” bo’lib, buni alaykum salom, alaykum deb aytish to’g’ri emasdir. Assalomu alaykum arabcha so’z bo’lib, “sizga tinchlik bo’lsin” demakdir. “Vaalaykum musallam” esa sizga ham tinchlik bo’lsin degan so’zdir.
Boshni egmasdan, qo’llarni ko’krakka qo’yib salom berish tavsiya qilinadi. Ko’p kishiga uchrashib qolgan kishi ularning har biriga alohida salom bermasin, hammasiga bitta salom kifoya qiladi.
Yoshi kichik kishi Yoshi kattaga, yurib ketayotgan kishi o’tirgan kishiga salom berishi lozim.kamsitib tahqir qilganday bo’lib iljayib salom berish odobdan emas.
Salom samimiy bo’lsin. Salom olgan kishi boshini qimirlatibgina qo’ymasin, salom javobini hurmat bilan to’la – to’kis eshittirib aytsin. Bir kishi tanishini uzoqdan ko’rib qolib, uning yoniga kelish ilojini topmasa, o’sha yerdan turub, qo’lini ko’ksiga qo’yib salom ishorasini bersin.
Qo’l berib salomlashgan chog’da qo’l uchugina berib salomlashish odobdan sanalmaydi. Bunday qilish salom bergan kishini kamsitish, uni ko’zga ilmaslik bo’ladi. Uzoq vaqt bir – birlari bilan uchrashmagan kishilar quchoqlashib ko’rishishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |