III Yakuniy qism :
Bugun biz sizlar bilan tabiat haqida suhbatlashdik. Yerimizdagi har bir xas- cho`p ham biz uchun qadrli ekani haqida bilib oldik. Tasavvur qiling, agar uyimizda bir kun kechgacha suv, tabiiy gaz va elektr nuri bo`lmasa qanday holat yuzaga keladi. Endi bu holatni yer yuzida bo`lmasligini ko`z oldingizga keltiring. Buning uchun bizlar nima qilishimiz kerak? Albatta tabiatni asrab –avaylashimiz kerak . Shundagina kelajak avlodlarimiz ham bu ne`matlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shu maqsadda O`zbekiston ham ko`p davlatlar qatori “EKOSAN” jamgarmasiga a`zo bo`lgan . Bu jamg`armaning asosiy maqsadi yer yuzida nobud bo`lib ketayotgan ba`zi bir hayvonlar, o`simliklarni ko`paytirish va saqlash, suv va havoning ifloslanishining oldini olish choralarini ko`rishga qaratilgan.
Bu ishda biz ham o`z hissamizni qo`shishimiz kerakligini tushunib oldik.
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
MMIBDO’:____________________
Sana__________________
3-mavzu: Obodlik ko’ngildan boshlanadi
.
Neki so'rsak, berding barini,
Cheksiz osmon, yerning qa’rini,
Oyu quyosh xizmatimizda,
Ayamading har na borini.
Biz-chi, senga qildik xiyonat,
Bizni kechir, Ona tabiat.
Komil Sindarov
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deyiladi.
Ma’lumki, inson tabiatga beparvo, bo'lib unga g'amxo'rlik qilmasa, ekologiya buziladi, hayvonot dunyosi qiriladi.
Shu bois go'zal va betakror tabiatni ardoqlash uni ko'z qorachig'iday asrash, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish ham farz ham qarzdir.
Insonning tabiatga notog'ri munosabati natijasida ko'plab o'simlik va hayvonlar yo'qolib ketdi va bugun ham yo' qotishlar davom qilmoqda.
“Tabiat - tiriklik sharti”- Shunday ekan, tabiatga befarq qaramasligingiz lozim.
Inson tabiatni qo'riqlash barobarida mamlakatimiz rivojiga hissa qo'shadi. Shunday ekan, o'quvchilar qalbida tabiat ne’matlarini - boyliklarini qo'riqlash, ularni avaylab asrash hislarini rivojlantirish, tabiatga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash o'qituvchilardan chuqur bilim, izlanish va ijodkorlikni talab qiladi.
Topshiriq: Guruhlarga tabiatga oid so'zlardan “Guldasta” tuzish mashqi qo'llanadi.
Izoh: O'qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o'quvchilarning o'zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo'lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |