MMIBDO’: _________
Sana________________
5 -Mavzu: Sog’lom turmush tarzi va zararli odatlarni oldini olish
Tadqiqotlarga ko‘ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma'rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilgan.
Jumladan, bu borada Abdurauf Fitratning ijtimoiy tarbiya negizida jismoniy tarbiyani tashkil etish, shaxsni salomat va baquvvat etib tarbiyalash masalalariga oid qarashlari diqqatga molikdir. Uning «Rahbari najot» asarining «Bola tarbiyasi» nomli bobida shunday deyiladi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a'zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a'zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo‘lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi».
Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, o‘z yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakat sanaladi.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptir ish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan.
Sog’lom turmush tarzini shakillantirishda ratsional ovqatlanish masalalarini tahlil etish nafaqat mutahasislarga balki har bir inson uchun kerak. Ovqatlanish madanyatining asosiy tamoillari haqida har bir inson bilib qo’ygan maqul.
Ko’proq mamlakatimizd yetishtirilgan meva va sabzavotlarni iostemol qilgan maqulroq, chunki odam tanasi shu hududga moslashgan bo’ladi. Yani suvi havosi tuproqlariga. Odam har kuni 400 gr meva va sabzavotlarni istemol qilgan maqulroq. Ovqatlanishda albatta sarf bo’lgan quvvatni o’rnini bosuvchi ovqatlar tanavul qilinishi lozim. Oziq ovqatlar turli tuman bo’lishiga etibor qaratilish lozim, shunda ovaqt hazim bo’lishi osonroq kechadi. Shirinlik va yog’lar miqdorini cheklash tavsiya etiladi. Hayvon yog’I va go’sht istemolini kamaytirib o’rniga uglevodlarga boy mosh, no’xot, loviya baliq va paranda go’shti istemol qilgan maqulroq.
Kunlik istemolda osh tuzu miqdori 5 gr dan oshmasligi lozim.
Kun davomida besh mahal kam-kamdan ovqatlanish lozim.
Choyni ovqatlanishdan tanafuslarda ichish lozim.
Sut qatiq, tvorog, yogurt, pishloq yeb turing. Chunki ular tarkibida suyaklarni mustahkamlovchi minerallar bor.
Tana gigiyenasi haqida hamma biladi, ovqatlanish gigiyenasi haqidachi?
Ovqatlanish gigiyenasi – oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tayyorlash va istemol qilishning bir qator qoidalarini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |