Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua


Vaqt hisobining ikkinchi tabiiy о‘lchovi



Download 1,14 Mb.
bet50/84
Sana29.05.2022
Hajmi1,14 Mb.
#616576
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
Bog'liq
2012-13.1-к. Хронолог.

Vaqt hisobining ikkinchi tabiiy о‘lchovi.
vaqt о‘lchovining birinchi tabiiy birligi kun ekanligini, uning inson mexnati va dam olishining almashuvi bilan bog’liqligi hamda Yerning о‘z о‘ki atrofida aylanishi natijasida xosil bо‘lishini bilasiz. Bunday о‘lchov birligini odamlar qishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq topganlar. Biroq bu birlik ibtidoiy odamlarning hayot talablariga yetarli javob bera olmas edi. Xо‘jalik ishlarining rivoji va ijtimoiy hayot vaqt о‘lchovining kunga nisbatan yirikroq bо‘lgan birligini topish extiyojini keltirib chiqardi. Kishilar bunday vaqt о‘lchov birligini osmon yoritgichlaridan biri bо‘lmish Oydan, aniqrogi Oyning harakatidan topganlar.
Oyning gо‘zalligi, Oy kо‘rinishining birin-ketin о‘zgarishi osmon yoritgichlari va osmon xodisalari ichida birinchi bо‘lib inson e’tiborini о‘ziga jalb etgan. Oy inson tomonidan yaratilgan va kuylangan behisob qо‘shiqlarning, yozilgan she’r va dostonlarning ilxomchisi bо‘lgan. Oy xalqlar orasida turli dinlarning paydo bо‘lishi va yashashida ham katta rol о‘ynagan. Kishilarning Oyga siginishi ularning Quyoshga sig’inishlariga nisbatan xatto ustunlik ham qilgan.
Oy Yerning birdan-bir yaqin hamda tabiiy yо‘ldoshidir. Oy yer atrofida aylanishi bilan birga ayni vaqtda yer bilan kо‘shilib quyosh atrofida ham harakatlanadi.
Oyning yer atrofidagi harakati qator astronomik sabablarga kо‘ra juda murakkab harakat hisoblanadi. U yer atrofini о‘z orbitasi bо‘ylab 27,32 о‘rtacha shamsiy kun davomida bir marta aylanib chiqadi. (ya’ni yer atrofini Oy aylanmaydi, balki Yer bilan oy birgalikda umumiy og’irlik markazi atrofida aylanadi). Oyning shu aylanishi sarflagan vaqtini astronomlar yulduzlar oyi deyishadi. Oy bir yulduz oyi tugashi bilan shu oy boshida о‘zi undan uzoqlashgan yulduz oldiga yana qaytadi. Biroq bunday hisob kishilarning kundalik hayoti uchun juda noqulaydir.
Kishilar kundalik turmushlarida oyning quyoshga nisbati bilan bog’liq bо‘lgan davrlardan, ya’ni oyning bizga kо‘rinadigan tomonlarining takroriy о‘zgarishi bilan bog’liq bо‘lgan davrlardan foydalanadilar. oyning bunday takroriy о‘zgarishlari uning fazalari deyiladi.
Oyning asosiy fazalari tо‘rtta bо‘lib, ularning tо‘lik bir marta almashuvi 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2,9 soniyani yoki taxminan 29,5 kunni tashkil etadi. (Oyning ikkita bir xil fazalari о‘rtasidagi vaqt astronomiyada sinodik oy deb ataladi. Yunoncha “sinodos” sо‘zi yaqinlashish kabi ma’noni bildiradi).
Oy yer atrofida aylanish jarayonida о‘zining quyoshga nisbatan bо‘lgan xolatini turlicha о‘zgartirib boradi. Oyning о‘zi nisbatan qoramtir jismdan iborat bо‘lib, quyosh nurlarining unga tushib aks etishi natijasida u bizga yorug’lik yuboradi, ya’ni u bizga quyosh nurini sindirib jо‘natadi. Shu sababli oyning quyoshga nisbatan turli xolatlarda turgan paytlarida biz uni yerdan turib turlicha kо‘rinishlarda, ya’ni turli fazalarda kо‘ramiz.
Oyning asosiy fazalari va uning yerdan turib oddiy kо‘z bilan kuzatish mumkin.
Oy о‘zining yer atrofidagi harakati davomida ma’lum bir vaqtda quyosh bilan yer о‘rtasiga tushib qoladi. Shu paytda Yerga uning quyosh nuri tushmayotgan, ya’ni yoritilmagan qismi karatilgan bо‘ladi. Bunday xolatda oy yerdan kо‘rinmaydi. Oyning bunday fazasi yangi oy deyiladi. U oyning boshlanishi hisoblanadi. О‘tmishda va hozirda ham oyning birinchi marta о‘roq shaklida paydo bо‘lishini yangi oy yoki oyning tugilishi deb hisoblab yaxshi niyatlar qilib yuzlariga fotixa tortishadi.
Agar oy quyoshga nisbatan butunlay qarama-qarshi xolatga о‘tgan bо‘lsa uning Yerga tomon karatilgan qismini quyosh tо‘lik yoritib turadi. Bunday holatda oy bizga Yerdan tо‘liq doira shaklida kо‘rinadi. Oyning bunday fazasini tо‘lgan oy deymiz. Tо‘lgan oy kechkurun chiqib, ertalab botadi, ya’ni butun tun bо‘yi kо‘rinadi. Oyning tо‘lgan oy xolati uning yangi oy xolatidan keyin oradan taxminan 14 kun о‘tganda boshlanadi.
Agar oy quyosh bilan Yerga nisbatan rasmdagi 3 yoki 7 xolatlarda turadigan bо‘lsa, bu vaqtda yerning quyosh bilan oyga karatilgan tomoni 90 gradusli burchakni tashkil etadi. Shuning uchun ham bizga yoritilgan oy doirasining faqat yarmi kо‘rinadi, xolos. Oyning bu fazalari birinchi chorak va oxirgi chorak deyiladi. Birinchi chorakda oy tunning birinchi yarmida kо‘rinib, tun о‘rtasida botadi. Oxirgi chorakda esa oy tunning о‘rtasida chiqib, tunning butun ikkinchi yarmi davomida kо‘rinadi.
Oy yangi oy fazasiga kirgandan sо‘ng 2-3 kun о‘tgach, u rasmdagi 2 xolatda bо‘ladi. Bunday xolatda quyosh botgandan keyin kechqurun oyning yoritilgan qismi bizga kо‘roq shaklida kо‘rinadi. Birinchi chorakdan keyin oy о‘zining tо‘lgan oy fazasiga tobora yaqinlashuvi sari uning yoritilgan qismi, ya’ni bizga kо‘rinadigan qismi kun sayin tobora kengayib boradi. Tо‘lgan oydan keyin esa oyning yerga kо‘rinadigan yoriq qismining xajmi aksincha, tobora asta-sekin qisqarib boradi. Bu qisqarish to oyning yangi xolatiga kirishiga qadar, ya’ni u yana kо‘rinmay qolgunicha davom etadi.
Kishilar qadim davrlardayoq tun bilan kunning almashuvi singari oy fazalarining ham birin-ketin mukarrar ravishda navbatma-navbat almashib, takrorlanib turishini paykaganlar. Shu takrorlanishga ketgan vaqt davomida necha tun о‘tganligini hisoblash yoki eslab qolish unchalik qiyin bо‘lmagan. Shu tariqa vaqt о‘lchovining yana bir tabiiy, kunga nisbatan birmuncha yirikroq birligi – oy paydo bо‘ladi. U oyning ikkita bir xil fazalari о‘rtasidagi vaqtdan, masalan, bir yangi oydan navbatdagi yangi oygacha о‘tgan vaqtdan iboratdir.
Kо‘pchilik xalqlar vaqtni oylar bilan hisoblashni yil hisoblaridan ancha ilgari boshlashgan. Lekin ular vaqtni oylar bilan hisoblashda, bir oydagi kunlar sonini belgilashda butun sonni olishgan, albatta. Shuning uchun ham tez orada kishilar vaqtning bunday oy hisobida qandaydir nomuvofiqlik borligini sezishgan. Agar doim bir oy 29 kundan iborat deb hisoblanilsa, aytaylik, yangi oyning tugilishi tobora keyingi kunlarga tо‘gri kela boshlagan. Masalan, bir yildan keyin u avvalgi birinchi kundan endi yettinchi kunga tо‘gri keladigan bо‘lib qoldi. (esda saqlang, Oy fazalarining tо‘lik bir marta almashuvi 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2,9 soniya yoki 29,5 kun). Bordi-yu, bir oydagi kunlar sonini о‘ttiz kundan iborat qilib olinsa, aksincha Oy fazalari borgan sari oldingi kunlarga tо‘gri kela boshlagan. Endi esa yangi Oy tugilishi oradan bir yil о‘tgach yetti kun ilgari yuz bergan. Bunday takdirda Kishilarning hisobi Oyning harakatidan orqada qolgan. Shuning uchun oy hisobi bilan yashagan Xalqlar keyinchalik yangi oy tugilishining doim oyning boshlanishiga tо‘gri kelishi uchun oylarni gox 30 kundan, gox 29 kundan qilib, almashtirib hisoblashga о‘rganganlar.
Vaqtni Oy harakatiga binoan hisoblashning xususiyati shundaki, bu hisob yil fasllarining о‘zgarishi bilan mutlaqo moslashtirilmagan bо‘ladi. Yil fasllarining bir marta tо‘lik almashuvi, yerning quyosh atrofini bir marta aylanib chiqishhida xosil bо‘ladigan yil (esda saqlang, buni tropik yil deymiz) 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyaga tо‘gri keladi. 12 ta qamariy oy esa taxminan 354 kundan (29,5 x 12 =354) iboratdir. Demak, agar biz qamariy oy kunlari hisobining ma’lum bir nuqtasini (aytaylik yangi yilni) oladigan bо‘lsak, u har yili tropik yilga nisbatan 11 kundan oldin kelaveradi. Buning natijasida yangi yilning boshlanishi turli oylarga va turli fasllarga tо‘gri kelib turadi.
Xullas, Oyga asoslangan qamariy yil 12 qamariy oyga (ya’ni 354 shamsiy kun 8 soat 49 daqiqaga) teng bо‘lib, uni yil fasllariga muvofiqlashtirish qiyin bо‘lgan. Shuning uchun undan voz kechishga tо‘gri kelgan. Hozirgi paytda dunyodagi kо‘pchilik xalqlar quyosh kalendariga amal kilsalar, Islom dinining turli amallari va marosimlarini bajarishda Hijriy qamariy kalendardan foydalaniladi. (bu kalendar xususida keyinroq tо‘xtalib о‘tamiz). Biz hozir quyosh kalendari bо‘yicha yashaymiz, bu kalendar oylari oyning harakati bilan bog’liq emas. Shu о‘rinda о‘kuvchilarimizga bizdan oldin shu sohada kalam tebratgan hamkasblarimizning, bu vaqt birligining faqat nomigina bizga uning qanday kelib chiqqanligini eslatib turadi deb, shoshma-shosharlik bilan chiqargan xato xulosalarini ta’kidlab, islom dini mavjud ekan, oy kalendari ham amal qilishini yana bir bor eslatmoqchimiz.
Vaqt о‘lchovining oy harakatiga asoslangan birligining yaratilishi xalqlar tarixida katta ahamiyatga ega bо‘lgan. U ma’lum darajada yetti kunlik haftaning yaratilishiga ham ta’sir etgan. U umuman Kalendarning paydo bо‘lishiga olib kelgan – xitoylar, vavilonliklar, yaxudiylar, hindlar kabi kо‘pgina qadimgi xalqlar kalendar tizimiga asos qilib olingan. Ayrim Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlar vaqtni hozir ham qamariy kalendar bо‘yicha hisoblaydilar.



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish