IV. Gazeta va jurnallar
1. A.Do 'stov. Qadimiy о 'Ichov birliklari. “Ma 'rifat” gazetasi 7.03. 2002 yil 25- bet.
2. A.Do'stov. Qadimgi Xorazm kalendari.“Ma 'rifat” gazetasi. 4.12. 2002 yil.16-bet.
3. A.Do 'stov. Muchal haqida bilasizmi? “Ma 'rifat” gazetasi. 22.03.2003 yil. 16- bet.
4. A.Do'stov. So’g'diyona kalendari. “Ma 'rifat” gazetasi . 7.03.2004 yil. 14- bet.
5. A.Do'stov. Qadimgi Xorazm taqvimi.Ilm sarchashmalari.Urganch Davlat universiteti ilmiy jurnali . № 4.2010. 47-bet.
6. A.Do'stov. O`rta Osiyoda qo`llanilgan kalendarlar. Q DU ilmiy jurnali.2010 yil, № 2.144-145-betlar.
V. Internet saytlari:
1. httr: www.orexca.com/rus/uzbekistan.shtml
2. httr: www.philos.msu.ru./fac/history/
3. httr: www.rsu.edu.ru/index.php?section=131
“Xronologiya va metrologiya” fanidan maruza matnlari
Mavzu: «Xronologiya va metrologiya» fanining asosiy maqsadi va vazifalari. Kalendar tarixi va turlari.
Reja:
1. Хrоnоlоgiya fanining maqsad va vazifalari.
2. Tariхiiy va astrоnоmik хrоnоlоgiya.
3. Хrоnоlоgiya fanining taraqqiyotiga hissa qo`shgan оlimlar.
4. Kalеndar haqida tushuncha. Kalеndar turlari.
Xronologiya grekcha xronos- “vaqt”, logos- “fan” sо‘zlaridan tuzilgan bо‘lib, taraqqiyot bosqichlarining vaqtini aniqlash demakdir. Xronologiya XVI asrda tarix fanining rivojlanishi bilan paydo bо‘ldi. U ikki qismga bо‘linadi:
1 Astronomik (matematik).
2 Tarixiy (texnik) xronologiya.
Matematik xronologiya osmon jismlarining harakatini ilmiy kuzatish-izlanishlar va hisob-kitob yо‘li bilan aniq astronomik vaqtini о‘rganadi.
Tarixiy (texnik) xronologiya yozma va arxeologik manbalarni tadbik etish asosida u yoki bu tarixiy voqealarni shuningdek, tarixiy manbalarning vujudga kelish vaqtini aniqlaydi.
Tarixiy xronologiya yozma va arxeologik manbalarni tadbiq etish asosida tarixiy voqea, xodisalarni vaqtini, о‘rnini aniqlaydi. Yozma yodgorliklarga- qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblar kirsa, odamlarning qadimiy makonlari, uy-joy, shahar qoldiqlari, qadimgi mozor-kо‘rgonlar arxeologik yodgorliklar hisoblanadi.
Xronologiya tarixan vujudga kelgan bilimlar tizimidir. Tabiatni kuzatish vaqtni aniqlashda murakkab matematik hisob-kitoblar qadimdayoq xronologiya fani paydo bо‘lishiga zamin yaratdi.
Shuningdek xronologiya vaqt hisobining turli tizimlarini tarixan vujudga kelishi va rivojlanishini о‘rganadi, vaqtni aniqlaydi va belgilaydi, tekshiradi, tarixiy voqea va manbalarni vaqtini hozirgi vaqt hisobiga о‘girish bilan shug’ullanadi.
Xronologiya fanining rivojlanishi sharqning qadimgi davlatlari, Bobil, Misr, Gretsiya va Rimda kuzatilgan.
Tarixiy xronologiya fani rivojiga Abu Rayxon Beruniy katta hissa kо‘shgan. Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy о‘rta asrning buyuk olimlaridan biridir. Beruniy о‘z zamonasining hamma fanlarini egallagan buyuk ensiklopedist olim. Rossiyalik akademik I.Y.Krachkovskiy sо‘zi bilan aytganda, u qiziqmagan sohalarni sanab chiqishh osonroqdir.
Beruniy 973 yil 4-sentabrda (Hijriy 362 yili 3 zulxijjada) janubiy Xorazmning Kat (Hozirgi Beruniy) shaxrida tug’ilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqish qobiliyati kuchli bо‘lib, о‘z zamonasining mashxur olimi, о‘sha davrda “Ptolomey” laqabini olgan Abu Nasr Mansur ibn Iroq qо‘lida ta’lim oladi. 1004- yildan boshlab Gurganchda “Dorul xikma va maorif” nomini olgan ilmiy muassasa tо‘la shakllanib, Beruniy bu akademiyada 1017- yilgacha ishlagan. Abu Rayxon Beruniy 152 ta asar yozgan, shulardan 30 tasi bizgacha yetib kelgan.
1017 yilda Xorazm saltanati Maxmud G’aznaviy tomonidan zabt etilgach, Ma’mun akademiyasi tarqatilib, Beruniy bir qancha olimlar bilan G’azna shaxriga olib ketiladi. U umrining oxirigacha shu yerda yashab ijod qiladi va 1048 yil 13 dekabr (hijriy 440 yil 3 rajab oyi) da shu yerda vafot etadi.
Abu Rayxon Beruniyning birinchi yirik asari “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobidir. Asarning arabcha nomi “Al osor al-boqiya an al-kurun al-xoliya” bо‘lib, Yevropada “Xronologiya”, о‘zbek sharqshunosligida “Osor al-boqiya” nomi bilan mashxurdir. Beruniy bu asarni 27 yoshida 1000 yilda yozib tamomlagan. Asar arab tilida yozilgan bо‘lib, bu kitobni birinchi marta Yevropaga tanishtirgan qishi mashxur nemis olimi Eduard Zaxau (1845-1930) edi. 1957 yilda marxum arabshunos olim M.A.Salye birinchi marta rus tiliga tarjima qiladi.
“Yodgorliklar” deb ham atalgan ushbu asarda Beruniy о‘ziga ma’lum bо‘lgan Xalqlarning: yunonlar, rimliklar, eroniylar, sо‘gdiylar, xorazmliklar, harroniylar (yulduzga topinuvchilar), qibtiylar (misrliklar), xristianlar, yaxudiylar, islomgacha bо‘lgan arablar va musulmonlarning yil hisoblari, xayitlari va mashxur kishilarini mufassal tasvirlab beradi. Asarda astronomiya va matematikaning kо‘p masalalari yoritib berilgan. Beruniy musulmon olimlari ichida birinchi marta yaxudiylar kalendari haqida ma’lumot beradi. “Osor al -boqiya” chulg’ab olgan masalalar bular bilan chegaralanib qolmaydi. Unda juda kо‘p tarixiy voqealar, turli millat va dinlarga oid muxim ma’lumotlar, paygambarlar va soxta paygambarlar, podshoxlar, mashxur tarixiy shaxslar va olimlar haqida ma’lumotlar berilgan.
Beruniy о‘z asarida turli xalqlardagi yil hisoblar, ularning urf-odatlari ustida tо‘xtar ekan, О‘rta Osiyo xalqlari madaniyatini vuqori kо‘yadi.
“Osor al-boqiya”da ham har xil davrda hukm surgan turli podshoxliklar va sulolalarning juda kо‘p jadvallari kiritilgan: makedoniyalik batlimuslar (ptolomeylar), rum, xristian, qadimgi eron, sosoniylar sulolasi podshoxlari, arab halifalari (ummaviylar va abbosiylar) kabi. Mazkur jadvallar shunday aniq manbalardan olinganki, podshoxlarning xukmronlik qilgan davrlari deyarli tо‘g’ri kо‘rsatilib, ular boshqa tarixiy kitoblar bilan solishtirish natijasida tо‘la isbot etilgan.
Soniyalar, daqiqalar, soatlar, kunlar, oylar, yillar, asrlar...- vaqtning bunday betо‘xtov oqimi hammaga tanish.
Kо‘pgina boshqa hayotiy-falsafiy masalalar qatorida vaqt muammosi ham inson aqlini ming-ming yillar davomida band etib kelmoqda. Insoniyat о‘zining butun hayoti davomida vaqt tо‘grisida qanchadan-qancha falsafiy karashlar, astronomik xulosalar, fizik taxminlar, matematik hisoblar, geografik о‘lchovlar yaratmagan deysiz. Bu tabiiydir, albatta. Chunki inson о‘zining dunyodagi о‘rnini aniqlashga, tabiat sirlarini bilish va ulardan imkoni boricha kо‘proq foydalanishga hamisha harakat qilgan. Vaqt о‘lchami insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan.
Vaqt va uning о‘tishi, oqimi albatta о‘z sayyoramiz Yerning boshqa sayyoralar va butun yulduzlar olami tarkibidagi harakati bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham inson son-sanoqsiz kuzatishlar natijasida vaqt hisobini tabiat bilan, uning xodisa va qonuniyatlari bilan bog’lash zarurligi haqidagi birdan-bir tо‘gri xulosaga kelgan.
Kun bilan tunning uzluksiz almashuvi, osmon gumbazida quyoshning kо‘rinadigan yо‘li, oy fazalarining izchillik bilan takroriy almashuvi, ayrim yulduzlar xolatining kunlik о‘zgarishi va boshqa shunga о‘xshash tabiiy xodisalarni kuzatgan inson tabiat qonuniyatlari tо‘grisida asta-sekin tushunchalar tо‘play boshlaydi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq kishilar kun bilan tunning о‘zaro almashuvini, suvning muzlashi va erish davrlarini, yomg’ir yog’ishi va daryolarning toshish paytlarini, о‘t-о‘lanlarning kо‘karishi va mevalarning pishish vaqtlarini kuzatish natijasida vaqtning oqimini faxmlab, uni aniqlashni hamda о‘lchashni о‘rganganlar.
Hozirgi kalendar paydo bо‘lgunga qadar odamlar yogoch va boshqa narsalarga о‘yib kun, oy sanoqlarini sanash, kanop, arkon qabilarga tugun kо‘yish, xurofiy alomatlar, rivoyatlar, qissalar orqali avlodlarga xabarlar yetkazganlar. Bu odamlarga ov, ekin-tekin, yig’im-terim mavsumini aniqlash, asosan turmush zaruriyatidan kelib chiqib hisob olib borilgan.
Avvaliga bu о‘lchov anchagina qо‘pol, haqiqatdan birmuncha uzoq bо‘lgan, albatta keyinchalik asrlar о‘tishi bilan haqiqatga tobora yaqinlashib, aniqlashib borgan. Inson madaniyat taraqqiyotining tobora vuqori bosqichlariga kо‘tarilgani sari, uning umuman о‘zini kurshab turgan olam tо‘grisidagi va vaqt tо‘grisidagi bilimlari ham tobora chuqurlashib, kengayib borgan.
Demak, ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki bosqichlaridayoq Kishilar ma’lum tabiiy xodisalarga bog’liq xolda vaqt tо‘grisida tasavvurlarga ega bо‘lganlar. Kundalik ijtimoiy hayot talablari vaqtning о‘lchov birliklarini oylab topish va ularni hisoblash zaruriyatini tugdiradi. Biroq maxsus vaqt hisobining yaratilishi hamda uning hayotga keng kо‘lamda qо‘llanishi esa ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog’liqdir.
Hozirgi paytda inson Yerni, uning harakatini va uni kurshab turgan yulduzlarni о‘rganib, vaqtni о‘lchash uchun shunchalik nozik usullarni va kuchli asboblarni yarata olganki, natijada kit’alarning siljishini sezish hamda yerning aylanishidagi yuz yil davomida soniyaning minglik qismlarinigina tashkil etadigan nomuvofiqlikni о‘lchash mumkin bо‘lmoqda. Ikkinchidan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bekiyos yuksak bosqichi ham ibtidoiy davrda kishilar vaqtni о‘lchash va hisoblashda tabiat xodisalariga asoslanib juda tо‘gri ish qilganliklarini yana bir bor isbot etayotir. Demak, tabiat vaqt о‘lchovining birdan-bir tо‘gri va ishonchli birliklarini beruvchi manba hisoblanadi.
Vaqt о‘lchovining ana shunday tabiiy manbalaridan biri - aylanuvchi yerdir.
Kishilar о‘zlari oyoqqa turgan о‘sha qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlaboq kundalik hayotlarida kechagiga о‘xshash bugun ham tun kun bilan, kun esa tun bilan albatta almashuviga, ertaga ham, indinga ham va doim shunday bо‘lishiga ishonch xosil qilganlar. vaqt о‘lchovining birinchi va asosiy birligi – kun shu tariqa odamlar ongida tabiiy holda paydo bо‘lgan. Bu tabiiy о‘lchov birligi quyoshning chiqishhidan botishigacha bо‘lgan vaqtni о‘z ichiga olmay, balki u kun va tundan iborat bо‘ladi.
Yer о‘z о‘qi atrofida g’arbdan sharqqa qarab tinimsiz aylanib turadi. Bu aylanish davomida quyosh nuri shar shaklidagi yerning yarminigina yorita oladi, ya’ni yerning qaragan tomonigagina nur tushadi. Demak, yer sharining quyosh yoritib turgan tomonida о‘sha paytda kunduzi va qarama-qarshi, quyosh yoritmayotgan tomonida esa kechasi, tun bо‘ladi.
Kunduzi bilan kechasi birgalikda haqiqiy quyosh kunini (sutkani) tashkil etadi. quyosh kuni - ikkita bir xil quyosh kulminatsiyasi о‘rtasidagi vaqtdir.
Kun 24 soatdan iboratdir. Kunni bunday 24 soatga bо‘lish Dajla va Frot daryolari vodiysiga joylashgan qadimgi Bobildan boshlangan. Ikki daryo oralig’idagi qadimgi Bobil, Shumer, Akkad kabi mamlakatlar va qadimgi misr umuman insoniyat madaniyatining–dehqonchilik, chorvachilik, kuruvchilik, binoqorlikning ham va ana shu hayotiy extiyojlar zaminida paydo bо‘lgan matematika, geometriya, astronomiya, chizmakashlik kabi kо‘pgina fanlarning ham beshigi bо‘lgan. Bu vodiyda, uning geografik joylashuviga bog’liq xolda, kun butun yil davomida tunga deyarli teng bо‘lgan. Shuning uchun Bobilliklar kunni ikkiga - har birini 12 soatdan qilib kunduzgi va tungi soatlarga bо‘lishgan. Shuni ham aytish kerakki, dunyodagi turli xalqlar о‘z taraqqiyotining va madaniyatining turli bosqichlarida kunni odatda turlicha qismlarga bо‘lganlar. Kunning 24 soatlik hisobi bizga qadimgi Bobildan yetib kelgan.
Lekin kunni 24 soatdan iborat deb о‘ylamaslik kerak. Tо‘gri yerning о‘z о‘qi atrofida bir marta tо‘lik aylanishi natijasida xosil bо‘ladigan vaqtning tabiiy о‘lchov birligidir. Yerning о‘z о‘qi atrofida bir kunlik aylanishi esa bizga ma’lum bо‘lgan barcha harakatlar ichida eng tо‘g’ri, bab-baravar, bir meyordagi harakat hisoblanadi. Astronomik kuzatishlarning isbotlashiga kо‘ra, kunning uzunligi, ya’ni yerning о‘z о‘qi atrofida bir kunlik yoki bir marta aylanish vaqti keyingi ikki ming yil davomida hatto sekundning yuzdan bir qismiga ham о‘zgarmagan. Demak, mazkur vaqtni о‘lchash birligimiz yetarli darajada ishonchli va tо‘g’ri birlikdir.
Yer о‘z о‘qi atrofida qancha soatda bir marta aylanadi? 24 soat ichida desak tо‘gri bо‘lmaydi. Astronomlar odatda:Yer о‘z о‘qi atrofida bir yulduzlar kuni (sutkasi) davomida bir marta tо‘liq aylanadi,- deb javob berishadi.
Yulduzlar kunining nimaligini tо‘liqroq tushunish uchun quyidagi misolni kо‘rib chiqing. Baland bino tepasidan turib eng ravshan porlab turgan yulduzni kuzating. Sizning kо‘z oldingizdagi yulduz bino orqasiga yashirinadi. Shu paytda soatingiz qaysi vaqtni (aytaylik 23 soat 20 daqiqani) kо‘rsatayotganligini ham belgilang. Bunday kuzatishni davom ettirsangiz, siz tanlagan yulduz ertasi kuni bino orqasiga yashiringan vaqtni ( 23 soat 16 daqiqa ) aniqlang. Uchinchi kun soat 23 dan 12 daqiqa о‘tganda, tо‘rtinchi kun soat 23 dan 8 daqiqa о‘tganda, beshinchi kun soat 23 dan 4 daqiqa о‘tganda yashiringanligining guvoxi bо‘lasiz. Siz tanlagan yulduz bino orqasiga har kuni о‘tgan kunga nisbatan 3 daqiqa 56 soniya ilgari yashiringanligini guvoxi bо‘lasiz.
Demak, har qanday yulduz yoki osmon gumbazidagi boshqa biror nuqta oradan 23 soat 56 daqiqa va 4 soniya о‘tganda yana о‘zining eski xolatiga qaytar ekan. Bu yulduzli osmonning yer atrofini bir marta tо‘lik aylanish vaqtidir. Aslida esa yulduzlar yoki osmon yer atrofida aylanmaydi, balki yer о‘z о‘qi atrofida aylanadi. Biz yerda turganligimiz sababli bu aylanishni mutlaqo sezmaymiz. Yerning о‘z о‘qi atrofida bir marta aylanish vaqti 23 soat 56 daqiqa 4 soniyadan iboratdir. Bu vaqt yulduzlar kuni (sutkasi) deb ataladi. Yulduzlar kuni vaqtning eng asosiy birligi hisoblanadi. Chunki yulduzlar kunining uzun-qisqaligi doimo bir xil, о‘zgarmasdir (23 soat 56 daqiqa 4 soniya).
Yulduzlar kunini astronomlar 24 yulduz soatiga, har bir saotni 60 yulduz daqiqasiga, har bir daqiqani 60 yulduz soniyasiga bо‘lishadi. Bu “yulduz” soatlari “Quyosh” vaqt birligidan bir oz (10 soniya) qisqaroqdir. Astronomiya rasadxonalarida yulduzlar vaqti bilan yuruvchi, ya’ni bizning odatdagi soatlarimizga nisbatan kuniga 3 daqiqa 56 soniya oldinga о‘tib ketadigan soatlar bordir. Kunning uzun qisqaligi ana shu soatlar yordamida tekshiriladi. Bunday soatlar astronomiya uchun nixoyatda zarurdir. Yulduz soatiga qarab, qaysi yulduzning qachon va kayerda bо‘lishini darxol aniqlay oladilar.
Yulduzlar vaqti Kishilar hayoti uchun noqulaydir. Chunki yulduzlar kunining boshlanishi butun yil davomida kun va tunning turli vaqtlariga tо‘gri kelaveradi. Insonning hayoti quyoshga bog’liqdir. Shuning uchun kishilar о‘zlarining kundalik hayotlarida quyosh vaqti deb ataluvchi vaqtga amal qiladilar. Biroq quyosh vaqti yulduzlar vaqtiga nisbatan anchagina murakkabdir.
Haqiqiy quyosh vaqtini yaxshiroq tushunish uchun astronomlar avval quyoshning kо‘rinadigan yillik harakati bilan tanishishni maslaxat beradilar. quyosh ham osmon gumbazining kunlik harakatida katnashadi. Bundan tashqari quyosh yana о‘zining harakatiga ham egadir. Quyoshning bu harakati yer aylanayotgan yо‘nalishda, ya’ni garbdan sharqka tomon yuz beradi.
Quyoshning yulduzlararo harakat yо‘li astronomiyada ekliptika deyiladi.
Quyoshning bu harakat yо‘li osmonda katta bir doirani tashkil etadi. Astronomik teleskoplar yordamida olib borilgan kuzatishlar natijasida olimlar shunday xulosa chiqarishgan: Quyosh yil davomida osmonda gо‘yo butun dunyo bо‘ylab sayoxat qiladi. U о‘z sayoxati davomida doim bir tomonga harakat qilib, rosa bir yildan keyin yana xuddi о‘sha о‘zi chiqqan joyga- о‘sha yulduz yoniga qaytadi. Bu – quyoshning yillik harakatidir. Quyosh yer atrofida aylanmay, balki yer о‘z о‘qi atrofida aylanishidan tashqari yana quyoshning atrofida ham aylanadi va aylanish uchun u bir yil vaqt sarflaydi.
Astronomik kuzatishlarning kо‘rsatuviga kо‘ra, quyosh bir baxorgi kun bilan tun tengligi nuqtasidan boshqa baxorgi kun-tun tengligi nuqtasiga 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniya vaqt ichida borar ekan. Bu vaqt, ya’ni quyoshning bir baxorgi kecha-kunduz tengligidan ikkinchi baxorgi kecha-kunduz tengligiga yetib borgunigacha sarflangan vaqt astronomiya tilida tropik yil deyiladi. Demak, xuddi ana shuncha vaqt davomida, ya’ni bir tropik yilda yer quyosh atrofini bir marta aylanib chiqadi. Biroq yerning quyosh atrofida yillik aylanish yо‘lining turli joylarida uning harakat tezligi hamisha bir xil bо‘lmaydi. Buning natijasida quyoshning yillik harakati bizga bir meyorda emasdek bо‘lib kо‘rinadi. Masalan, quyoshning yozgi yarim yil davomida bosib о‘tadigan va bizga kо‘rinadigan yо‘li uning qishki yarim yil davomida о‘tadigan yо‘liga (yarim doiraga) aniq tengdir. Vaxolanki, quyosh birinchi yarim doirani 186 kunda (21 martdan 23 sentabrgacha) va ikkinchi yarim doirani esa faqat 179 kunda (23 sentabrdan 21 martgacha) bosib о‘tadi.
Mana endi quyosh vaqtining yulduzlar vaqtiga karaganda murakkab ekanligiga ishonch xosil qildik. Quyosh yulduzlarga nisbatan bir joyda harakatsiz turmaydi, balki osmonda, yulduzlar orasida о‘z о‘rnini doim о‘zgartirib turadi. Misol uchun Quyosh va ma’lum bir yulduz kecha osmon meridianini ma’lum bir vaqtda aytaylik, qoq tush paytida kesib о‘tdi, deylik. Bugun esa meridianga yulduz yana kaytib keldi-yu, (shunday qilib, bir tо‘lik yulduzlar kuni о‘tdi, deb hisoblaymiz), lekin hali quyosh yetib kelgani yо‘q, u negadir kechikayapti. Demak, quyosh kuni hali tugagan emas, yangi tush payti boshlanmagan. quyosh hozir kechagi xuddi shu paytdagiga nisbatan deyarli bir gradus sharqiy tomonda turibdi. Uning meridianga yetib kelishi uchun yana 4 daqiqa (aniqrogi 3 daqiqa 56 soniya) vaqt kerak bо‘ladi.
Quyoshning meridiandan о‘tib, unga yana kaytib kelishigacha bо‘lgan vaqtni haqiqiy Quyosh kuni (sutkasi) deyiladi. Biroq yulduzlar kunidan vaqtli о‘laroq haqiqiy Quyosh kunining uzun-qisqaligi vaqti-vaqti bilan о‘zgarib turadi. Buning sababi shundaki, Yer elleps shaklidagi о‘z orbitasining Quyoshga yaqinroq joyida turganda tezroq harakat qiladi. Yarim yildan keyin esa Yer ellipsning qarama-qarshi tomoniga о‘tgan bо‘ladi va u endi orbita bо‘ylab sekinroq siljiydi. Yerning о‘z orbitasi bо‘ylab bir meyorda harakat qilmasligi Quyoshning osmonda bizga kо‘rinadigan harakatining turlicha meyorda bо‘lishini keltirib chiqaradi: demak, quyosh yilning turli davrlarida turlicha tezlik bilan siljiydi. Shuning uchun ham haqiqiy quyosh kunining uzunligi yil davomida bir oz о‘zgarib boradi. Haqiqiy quyosh kunlarining eng uzuni dekabrda va eng qisqasi esa sentabrda bо‘ladi. Lekin bu farq juda ham kichik raqamni Tashkil etadi: eng uzun haqiqiy Quyosh kuni (23 dekabr) eng qisqa kundan (16 sentabr) atigi 51 soniya ortiq, xolos.
Demak, haqiqiy quyosh kunining uzun-qisqaligi yil davomida turlicha bо‘lganligi sababli, haqiqiy quyosh vaqtining boshqa birliklari – haqiqiy soat, daqiqa va soniyalarning ham yilning turli kunlarida turlicha uzun-qisqalikka ega bо‘lishi tabiiydir. Agar biz haqiqiy Quyosh vaqti bilan yashamoqchi bо‘lsak, u vaqtda о‘z soatimizni deyarli har kuni gox tez, gox sekin yurishga majbur etishimizga tо‘gri kelardi. Bunday xol albatta ortiqcha tashvish va noqulaylik tugdiradi. Demak, haqiqiy quyosh kuni uzun-qisqaligi turlicha bо‘lganligi sababli kundalik hayotda vaqtning о‘lchov birligi sifatida undan foydalanish mumkin emas. Shuning uchun astronomlar uni о‘rtacha quyosh vaqti (yoki о‘rtacha quyosh kuni) deb ataluvchi vaqt о‘lchov birligi bilan almashtirishni taklif etishgan va shu taklif butun dunyoda qabul etilgan.
Shunday qilib, bizning barcha soatlarimiz – qо‘l, osma, chо‘ntak va boshqa soatlar osmondagi, haqiqiy quyoshning harakati bо‘yicha yurmay, balki biz tasavvur etadigan boshqa bir nuqtaga binoan yuradi. Haqiqiy quyosh yer atrofini qancha vaqtda bir marta tо‘lik aylanib chiqsa, xayolimizdagi bir nuqta ham Yer atrofini xuddi shuncha vaqt ichida aylanib о‘tadi. Lekin bizning xayoliy nuqtamiz doimo osmon ekvatori orqali va butunlay bir meyorda harakat etadi. Bu nuqta о‘rtacha quyosh deb ataladi. Bu о‘rtacha quyoshning meridiandan о‘tish payti о‘rtacha tush payti deyiladi. Boshqacha qilib aytsak, bizning xayoliy quyoshimiz osmonning aniq janubida turganda о‘rtacha quyosh vaqti bо‘yicha kunduzi soat 12 bо‘ladi. Bunday о‘rtacha tush payti haqiqiy quyosh vaqtining tush paytiga, ya’ni haqiqiy tush paytiga umuman tо‘gri kelmaydi.
Ikkita о‘rtacha tush payti о‘rtasidagi vaqt о‘rtacha quyosh kuni deyiladi. Bu о‘rtacha quyosh kunlari (sutkalari) ning uzun-qisqaligi bir xil bо‘ladi. Bunday о‘rtacha quyosh kuni 24 soatga, о‘rtacha quyosh vaqtining har bir soati esa о‘z navbatida 60 daqiqaga, har bir daqiqa о‘rtacha quyosh vaqtining 60 soniyasiga bо‘linadi. Biz ana shu vaqt birliklari bо‘yicha yashaymiz. О‘rtacha quyosh kuni vaqtning asosiy о‘lchov birliklaridan biri sifatida hozirgi zamon kalendariga asos qilib olingandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |