Shamsiy kalendarlar.
Shamsiy kalendarlardan hozirgi paytda dunyodagi deyarli barcha xalqlar foydalanmoqdalar. U uch kalendar tizimining biridir. Bu kalendar faqat Quyoshga, uning Yer atrofidagi harakatiga va bu harakat natijasida sodir bо‘ladigan tabiiy xodisalarga- yil boshlarining, mavsumlarning ketma-ket takroriy о‘zgarishigagina asoslangan bо‘ladi. Shamsiy kalendar Oy bilan, uning harakati bilan bog’lanmagan bо‘ladi.
Ma’lumki, kalendar yili kunlarning ma’lum butun sonidan iborat bо‘lishi kerak. Bu son yo 365, yo 366 bо‘lishi kerak. Astronomik yil esa kunlarning butun soniga ega emas, balki u vuqorida kо‘rganimizdek, taxminan 365, 2422 shamsiy (365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniya) kunga tengdir. Shuning uchun kalendar yilini tropik yilga moslashtirib turish maqsadida 365 kunlik oddiy yillarning ma’lum mikdori orasida 366 kunlik kabisa yillarini kiritib borish talab etiladi.
Biroq kalendar yilining о‘rtacha uzunligi tropik yil uzunligiga iloji boricha yaqinroq, teng bо‘lishi uchun oddiy va kabisa yillarining о‘zaro munosabatini qanday bо‘lishini belgilash birmuncha murakkab vazifadir.
Tropik yilining uzunligini о‘rtacha hisoblaganda 365, 2440 о‘rtacha shamsiy kunga teng deb qabul etsak, unda 365 kunlik oddiy yil 0, 24220 kun qisqa bо‘lib qoladi.
Bu murakkab vazifaning qanday xal etilganini navbatdagi mavzularda kо‘ramiz.
Vaqtning kun, oy va yil kabi uchchala tabiiy о‘lchov birliklarini bir-biriga moslashtirishga karatilgan urinishlar Kalendarning uchinchi turini – qamariy – shamsiy kalendarini keltirib chiqargan. Bunga misol qilib vavilonliklarning, yaxudiylarning , qadimgi yunonlarning, qadimgi xitoy, qadimgi rimliklar va boshqa Xalqlarning kalendarlarini keltirish mumkin. Bu kalendarning vazifasi kunlar va oyni yilga moslashtirishgan karatilgan bо‘ladi.
Qamariy-shamsiy kalendar hozirgi paytda yaxudiylik dinida diniy bayramlarning qachon kelishini hisoblash uchun, shuningdek Isroil davlatida kо‘llaniladi. Ularning dini ham, kalendari ham ancha murakkab kalendar hisoblanadi. Unda yil har biri 29 va 30 kunlik 12 qamariy oydan iborat bо‘lsa-da, lekin quyoshning harakatini hisobga olish uchun unga vaqti-vaqti bilan qо‘shimcha о‘n uchinchi oyga ega bо‘lgan kabisa yili qо‘shib turiladi. Bu Kalendarning oddiy, ya’ni о‘n ikki oylik yillari 353, 354 yoki 355 kundan, kabisa, ya’ni о‘n uch oylik yillari esa 383, 384 yoki 385 kundan iborat bо‘ladi. Shu yо‘l bilan har oy boshlanishining yangi oy tugilishiga deyarli aniq tо‘gri kelishiga erishib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |