Xronologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqalari. Tarixiy va astronomik xronologiyа. Xronologik tadqiqotlarning uslublari. Tarixiy xronologiya va tarix fanlari. Xronologiyaning fan sifatida vujudga kelishi



Download 30,11 Kb.
bet4/6
Sana28.03.2023
Hajmi30,11 Kb.
#922487
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 mavzu Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyot

Mirzo Ulug‘bek “Ziji Kо‘ragoniy” asarida vaqtni hisoblash masalalariga tо‘xtalib о‘tgan. Olim yil kitobining Sharq halqlari qabul qilgan usullarini bayon etib, yunon, malikiy, xitoy va uyg‘ur eralari hamda ular orasidagi farqlar, mazkur eralardagi bayram kunlari tо‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi. Hijriy-qamariy kalendaridagi arab davriyligi, yil boshi, oylarni aniqlash jadvallari va formulalarini kо‘rsatib о‘tadi. Yevropada Mirzo Ulug‘bek va Nasriddin Tusiyning yulduzlar jadvali katologi 1648 yilda Oksford universitetida astronom Jon Grivs tomonidan nashrga tayyorlangan. 1650 yilda Mirzo Ulug‘bek asarlarining xronologiyaga oid ma’lumotlari, Sharq xalqlarida yil hisobi va kalendarlarga doir qismlari “Xronologiya” nomi bilan nashr etiladi. Mirzo Ulug‘bekning yulduzlar katalogi 1665 yilda Tomas Xayd tomonidan lotin va fors tillarida nashr qilinadi.
Oksfordda nashr etilgan mazkur ishlar Ulug‘bek ilmiy merosini о‘rganishga va ommalashtirishga qaratilgan dastlabki bosqich bо‘ldi. “Ulug‘bek ziji” milodiy II asrda ishlab chiqilgan Giparx-Ptolomey jadvalidan sо‘ng о‘z sohasida ikkinchi bо‘lib tarixga kirgan ilmiy kashfiyot ekanligi e’tirof etiladi.
4. Vaqt sanasi birligi. Vaqt tushunchasi. Hafta, sutka, soat tushunchalari. Dastlabki soatlar.
Hafta, sutka, soat tushunchalari. Dastlabki soatlar. Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri uning bir tomonlama, ya’ni olg‘a, kelajak tomonga yurishidir. Matematiklar ta’biri bilan aytganda, manfiy vaqt bо‘lishi mumkin emas. Vaqtni о‘lchash uchun sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy va yil birliklari butun dunyo mamlakatlarida bir xil qabul qilingan. Aniq vaqt astronomik kuzatishlar asosida maxsus asboblar yordamida osmon jismlari kuzatilib, aniqlanadi.
Vaqt tabiatdagi davriy hodisaga, yerning о‘z о‘qi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan о‘lchov birligidir. О‘rta asr solnomachisi rohib Beda Dostopochtenniy, “yilning uzunligini - tabiat, oyning uzunligini - an’analar haftaning uzunligini belgilaydi”, - deb yozgan edi. Vaqtning sun’iy birligi bо‘lgan haftalar, qadimda uch, besh va yetti kundan iborat bо‘lgan. Bobil va Shumer matnlarida yetti kunlik hafta mavjudligi haqida ma’lumotlar berilgan. Yetti kunlik hafta vaqt о‘lchovi sifatida Bobilda ishlatilgan. Rimda qadimda dastlab sakkiz kunlik hafta bо‘lib, unga A harfidan N harfigacha bо‘lgan nomlar berilgan. Imperator Avgust davrida (mil. av. 63 y. mil. 14 y.) yetti kunlik hafta keng tarqalgan. Yetti kunlik hafta yahudiylardan misrliklarga, ulardan rimliklarga, sо‘ngra G‘arbiy Yevropaga tarqalgan. Bobilliklar yettini “qutlug‘ son” deb hisoblaganlar. Bu sig‘inish о‘sha davrda ma’lum bо‘lgan beshta “sayyora” – “planeta” yoki “daydib yuruvchilar” va ular qatoriga qо‘shib hisoblangan Oy, Quyosh bilan bog‘liq bо‘lgan. Ular yer atrofida yetti sayyora - Oy, Merkuriy, Venera, Quyosh, Mars, Yupiter va Saturn aylanadi, deb hisoblaganlar. Haftalarga sayyoralarning nomi berilgan. Bu nomlarni rimliklardan sо‘ngra, G‘arbiy Yevropa xalqlari ham qо‘llashgan. Lotincha, fransuzcha va inglizchada ularning kо‘rinishlarini quyidagi jadvalda kо‘rish mumkin.

Download 30,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish