Pishloqda g‘ovaklarning paydo bo‘lishi. Ma‘lumki, yetilish jarayonida ularda ammiak, karbonat angidrid va qisman vodorod kabi gazlar hosil bo'ladi. Mana shu gazlarning bir qismi massada usblanib qolib, tashqariga chiqib keta olmasdan, pishloq xamirini kengaytirib, bo'shliqlar, ko'zchalar hosil qila di. Bu ko'zchalarning shakli, o'lchamlari, ko‗p yoki ozligi, joylanishi pishloqlarning turiga, ularda ketayotgan jarayonlarning tezligiga va boshqa omillarga bog'liq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |