"Xotirada yuzaga keladigan ayrim patalogik holatlarning vujudga kelishi"
Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Hamshiralik ishi bolimi 20-11-guruh talabasi Xayrullayeva Shohista Xayrulla qizi
Annotsiya: Xotirani o'rganish ko'p asrlar oldin boshlangan, chunki inson uchun aniq bo'lmasa ham , ma'lumotlarni qabul qilishi ularni esda saqlashi mumkunligini taxmin qila boshlagan. Bu esa o'z navbatida ko'pkina murosalarga hamda taxminlarga sabab bo'lgan. Shu bilan birga, xotira doimo o'quv jarayoni bilan bog'liq bo'lib, xotirani tushuntirishga urinishlar har doim ma'lum bir tarixiy davrda ma'lum bo'lgan ma'lumotlarni saqlash usullari bilan bir vaqtga to'g'ri keladi. Shunday qilib, bu maqola orqali inson xotirasi uning hayoti davomida qanchalik ahamiyatli ekanligi u shunchaki bilish jarayoni emas balkim inson miyasida ong ostida xosil bo'lib o'zining funkisional birligiga ega ekanligini va xotira orqali paydo boʻladigan ayrim kasalliklarni ko'rishingz mumkin. U inson faoliyati davomida o'tmish va buguni voqea-hodisalarini esda saqlash xususiyatiga egadir.
Kalit soʻzlar: kasallik, buzilish, tur, faoliyat, miya, hujayra, qobiliyat, xususiyat.
Xotira bu mavzuga oydinlik kiritish qiyin ammo u haqda ko'p o'ylaymiz insoniyatni o'rganilmagan jihatlari juda ko'p va ularni o'rganish davomida insonyat olamida yangicha hisllar yangicha faktlar xosil bo'laveradi xotira deganda har bir kishining miyyasida turli fikrlar shakillanadi hammaning qisman bo'lsa ham tushunchasi bor men ushbu ma'qolam bilan xalqimiz fuqarolariga ozgina bo'lsa ham xotira mehanizmi haqida ma'lumot berish hamda insonlarda medisinek ta'limotni yanada yaxshi shakillantirishdan iborat. Inson yashar ekan doim o'rganishda bo'ladi bunda esa xotiramiz bizga as qotadi inson ongi ostida bir necha million millionlab nerv tolalari joylashgan bo'lib uning ko'p qismi fanda o'rganilmagan. Xotira faoliyatida shaxsning g'oyaviy yo'nalishi katta o'rin egallaydi. Bu yo'nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o'zining shu faoliyati uchun muhim bo'lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo'lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. "Indvidning o'z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik xotira uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta'riflarni tahlil qilgan professor E.G.G'oziev tomonidan "Xotira atrof-muhitdagi voqelik xotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. xotira ravishda, passiv va faol holda narsajni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo'naltirilgan mnemik faoliyatdir". Xotira ong ostida xosil bo'lib u orqali inson fikri tafakkuri shakllana boradi va ko'rgan kechirganlarini jamlaydi va fikrlaydi.
Jahon psixologiya fani to'plagan ma'lumotlarga qaraganda o'zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma'nosini tushunib o'zlashtirish bir necha marta mahsuldor hamda unimlidir, xotirani organish davomida nafaqat pisxologik jihatdan balki uni patolagik jihatdan ham har bir inson oraginishi lozimdir bu holatlar insonlar faoliyati uchun muhimdir. Inson yashar ekan ozlashtirishda organishda davom etadi uning bu xususiyati umr davomida unga harohlik qiladi. Insonlarda chaqaloqlik, bolalalik, yoshlik, orta yasharlik, keksalik davrlari bolib bu davrlarda xotira ham turlicha kechadi keksalarda ozlashtirish yoshlarnikiga nisbatan past foizli boladi.
Xotira hajmi - bu xotirani saqlash va ma'lumotni saqlash qobiliyatini tavsiflovchi eng muhim ajralmas xarakteristikadir.Har bir inson xotirasini takomillashtirar ekan u ko'rganlari va eshitganlari orqali xotirasi mustahkamlana boradi inson xotirasi miyaning fizalogik hususiyatiga ko'ra undagi nerv tugunlari o'tkazuvchanligiga ham bog'liq bo'lib inson idroki aql zakovati uning esda saqlash qobiliyatlari bu hammasi ong ostida hosil bo'ladi.Inson esda saqlashni qanchayin istamasin buni uddasidan chiqolmasligi mumkun bu esa o'z navbatida xotirani mustahkam yoki sustligi faqat inson xoxoshiga bog'liq bo'libgina qolmasdan inson sog'ligiga ham bog'loqdir bu esa kasallik bo'lib xotira kasalliklari ular qisqa yoki uzoq muddatli voqealarni eslab qolish qobiliyatiga ta'sir qiladigan patologiyalar.
Biz xotiraga oid Korsakoff sindromi, Altsgeymer kasalligi va Parkinson kasalliklari haqida qisqacha malumotlar berib otsak maqsadga muvofiq boʻladi, bu bilan xotira nafaqat fiziologik balki patalogik jihatdan ham inson hayot faoliyatiga oz tasirini otkazmasdan qolmaydi shunday ekan har bir inson uchun buni bilish muhumdir.Hozirgi kunda fanda Xotira bilan bogʻliq ravishda unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat berilmoqda. „Normal“ unutishni psixik kasalliklardagi Xotira buzilishidan farq qilmoq kerak. Bu kasalliklarda Xotira susayishi (gipomneziya), yoʻqolishi (amneziya) yoki bir tomonlama kuchayishi (gipermneziya) kuzatiladi. Shunday ekan men bu ma'qola orqali nafaqat xotirani psixologik hamda medisinek jihatdan ham yoritib bermoqchiman.
Protsessual xotiraga, ya'ni faoliyat va protseduralar qanday bajarilishini eslashga ham ta'sir ko'rsatishi mumkin. Asosiy va tez-tez uchraydigan Korsakoff sindromi, Altsgeymer kasalligi va Parkinson kasalliklari bo'lib xotira bu miyyaning eng muhim funksiyalaridan biridir.Uning yordida inson xozirgi va o'tmoshga oid hodisa voqialari haqidagi ma'lumotlarni saqlashi va olishi mumkin. Vaqtinchalik ko'lamiga ko'ra u ikki turga bo'linadi.Birinchidan, bu qisqa muddatli xotira bo'lib, u qo'zg'atuvchi sinaps orqali paydo bo'lib, sporadik sezuvchanlik yoki kuchayishni xosil qiladi. Boshqa tomondan, bizda o'rta / uzoq muddatli xotira bor, bu ma'lum bir genlar faollashadigan va oqsil sintezi sodir bo'ladigan sinapsning kuchayishi natijasidir.
Altsgeymer kasalligi asta-sekin boshlanib, asta-sekin kognitiv ravishda yomonlashuvga olib keladigan asosiy neyrodejenerativ kasallikdir.Ushbu kasallikka chalingan odam miyasining ayrim qismlari to'qimalarida mikroskopik o'zgarishlarga uchraydi va miya faoliyatining maqbul ishlashi uchun hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan kimyoviy (nörotransmitter) asetilxolinning progressiv va doimiy yo'qotilishini boshdan kechiradi.
Atsetilxolinning vazifasi asab hujayralari (xolinergik zanjirlar) bilan aloqa qilishga imkon berishdir, bu faoliyat o'rganish, xotira va fikrlash bilan bog'liq ishlarda mavjud.
Altsgeymer borligi uchun to'g'ridan-to'g'ri patologik testlarni topish oson ish emas, shuning uchun uni boshqa demans etiologiyasi chiqarib tashlanganida aniqlash mumkin.
Altsgeymer kasalligi turlari Altsgeymer - bu xotiraga ta'sir qiluvchi kasallik. Eng xarakterli va keng tarqalgan alomatlari ko'p bo'lmagan muddatga xotiraning yo'qolishi bu yangi ma'lumptlarni saqlab qolish qobiliyatiga ta'sir etadi. Ko'p muddatga xotiraning yo'qolishi inson o'ziga tegishli bo'lgan m'lumotlarni eslay olmasligiga olib keladi.Bunday hollarda insonda asabiylashish,tashabbusning susayishi, beparvolik kabi holatlar yuzaga keladi. Bu kasallikka chalingan insonlarda odatiy so'z boyligi yo'qolishi hamda oddiy so'zlarni tushunishga qiynalishi kabi holatlar yuzaga keladi.
Korsakoff sindromi
Shuningdek, korsakoff psixozi sifatida ham tanilgan. Ushbu sindrom alkogolni haddan tashqari va surunkali iste'mol qilishning sababi bo'lib, B1 vitamini (tiamin) etishmasligining natijasidir. Buning sababi shundaki, spirtli ichimliklar ushbu vitaminning to'g'ri ichakka singishiga to'sqinlik qiladi va medial diensefalik mintaqaga zarar etkazadi va to'yib ovqatlanmaydi.
Korsakoff sindromi talamus yadrosidagi ushbu defitsit va gemorragik shikastlanishlar tufayli ko'plab neyron kasalliklarini keltirib chiqaradi. Eng muhimi, xotira unga ko'proq ta'sir qiladi. Bundan tashqari, psixotik epizodlar ham paydo bo'lishi mumkin.
Parkinson kasalligi ushbu kasallik markaziy asab tizimining degenerativ buzilishidir va garchi xotira eng ko'p ta'sirlanadigan joylardan biri bo'lmasa ham, u yomonlashadi. Bunga substrat nigraga tegishli neyronlarning miyasi o'lishi sabab bo'ladi.
Odatda, miyaning ushbu sohasidagi neyronlar dopamin deb nomlangan nörotransmitter ishlab chiqaradi, uning vazifasi ushbu modda nigra va striatum o'rtasida signallarni berish uchun mas'ul bo'lgan kimyoviy xabarchisidir. Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha biror narsa yoki xodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng avval miya po'stida idrok qilinayotgan narsalar-buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning «izlari» xosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan qoladigan materialning ayr 64/241 bilim va tajriba o'rtasida, esda elementlari o'rtasida bog'lanishvujudga kelishidan iboratdir. Xotira jarayonlariga qisqacha to'xtaladigan boʻlsak, jarayonlarning biri boʻlmish esda olib qolishning ikki turi mavjud: assosiativ va mantiqan esda qoldirish. Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va hodisalarning obrazlari oʻrtasida miyada xosil bo'ladigan bog'lanish assosiativ bog'lanish yoki assosiasiya deyiladi.Masalan, birorta qo'shiqni eshitib turib, ayni zamonda shu qo'shiqni aytayotgan odamning o'zini ham ko'rsak, shu qo'shiqni idrok qilish o'rtasida yondosh assosiasiya xosil bo'ladi. Assosiasiyaning yondoshlik assosiasiyasidan tashqari o'xshashlik, qarama-qarshilik turlari ham mavjud.
Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi ma'no va mantiqiy bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan ochiladi. Ma'no bog'lanishlarni ochish birorta narsaning obrazini oddiy esda olib qolish emas, balki narsa va xodisalarga xos bo'lgan eng muhim va zaruriy bog'lanishlarni ochish demakdir, bir guruh doirasiga kirgan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular o'rtasidagi sabab va natija bog'lanishlarini aniqlash demakdir.
O'tmishda idrok qilingan narsalarning his tuyg'u, fikr va ish harakatlarning ongimizga qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari xosil bo'lgan nerv bog'lanishlarning qo'zg'alishidir. Idrok etilgan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli, qilingan ular turli usulda esimizga tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda ilgari tug'ilgan taasurot, fikr, his-tuyg'u va ish harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday moyillikning xosil bo'lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik egiluvchi alohida xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Unutish ilgarilari esga olib qolingan narsalarning ongimizdan tamomila yo'qolishi, ya'ni uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu esa xato fikrdir. Esdan chiqarish xotirani ko'pgina keraksiz detallardan holi qilish va eslab qolinganini umumlashtirish, shu orqali esa uning saqlanib qolishiga yordam beradi. Esdan chiqarishning o'ziga xos xususiyati uning bir tekisda bo'lmasligidir. Esdan chiqarishning oldini olish uchun u materialni shunday, biroq o'z vaqtida takrorlash kifoyadir, chunki esdan chiqarilgan narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat talab qilinadi. Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar LP.Pavlovning oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta'limotining eng muhim qoidalari bilan chambarchas bog'liqdir. Muvafiqqat shartli bog'lanishlaming xosil bo'lishi haqidagi ta'limot-bu sub'yektning individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi taʼlimot, ya'ni aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.
Xotiraning turlarga bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va yana qayta eyaga tushirish jarayonlari o'rin olgan faoliyatning aynan o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu xotiraning u yoki bu turi kishida uning psixik tuzilishiga xos xususiyat sifatida gavdalangan hollar uchun ham to'g'ridir. Muayyan psixik xususiyat faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi.Bunda esa inson hayot tarzi muhum o'rin kasb etadi. Xotira haqida ma'lumot berar ekanman uning o'rganilmagan topilmagan xususyatlari borligiga amin bo'la boshladim va uni yana chuqurroq o'rganishga qaror qildim ushbu ma'qola orqali sizga tushuncha bera olgan bo'lsam men vaqtimni zoya ketkazmagan bo'laman.
Xulosa qilishimiz kerakki, Bizning aqliy dunyomiz har xil va ko'p qirrali. Biz o'rgangan har bir narsa, har bir tajribamiz, taassurotimiz yoki harakatlarimiz, xotiramizda ma'lum bir iz qoldiradi, ular yetarlicha uzoq vaqt saqlanib qolishi va tegishli sharoitlarda yana paydo bo'lib, ong mavzusiga aylanishi mumkin. Xotira aqliy bilish jarayonlari orasida alohida o'rin tutadi. Shunday qilib, xotira bir-biri bilan bog'liq bo'lgan bir nechta xususiy jarayonlardan iborat bo'lgan murakkab aqliy jarayondir. Xotira inson uchun zarurdir - bu unga shaxsiy hayot tajribasini to'plash, saqlash va undan keyin foydalanishga imkon beradi, unda bilim va ko'nikmalar saqlanadi. .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 Turaqulova.B.N Umumiy psixologiya.
2 Mutabar Abdusalomova Mahsudova psixologiya fanlar nomzodi docent. Muloqot psixologiyasi
3 Shuhrat Mirzi Rahmonov Mukammal xotira
4 F.I. Xaydarov N.I. Xalilova. Umumiy psixologiya
5 Sh.R. Baratov. L.Y. Olimov.O.R.Avezov.PSIXOLOGIYA NAZARIYASI VA TARIXI
6 www.ziyo.net.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |