TAʼLIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA KОʻRGAZMALILIKNING ROLI
Ganiyeva Umida Yusuf qizi, Buriboyeva Shohista Olimjon qizi
Sirdaryo viloyati, Guliston shahar 2-sonli matematika faniga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘zbek tili fani oʻqituvchisi
Annotatsiya: Maqolada taʼlim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, oʻquv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda yangicha pedagogik yondashuvlarni amalga oshirish to‘g‘risida maʼlumotlar berilgan
Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e‘tiborga olib ta‘lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og‘zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma‘rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq- odobga doir g‘oyalarini o‘rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda. ―Kelajak bugundan boshlanadi deydi dono xalqimiz.
Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko‘rsatuvchi ruhiy va ma‘naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta‘lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta‘limni ilg‘or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogik tajribalar asosida olib borish ayniqsa muhimdir.
Inson tomonidan borliqni bilishning turli yoʻllari, vaqtlari mavjud boʻlishiga qaramasdan, bu oʻrinda koʻrgazmalilik, yaqqol alohida ahamiyat kasb etadi. Maʼlumki, tevarak-atrofni, umuman olganda borliqni bilish insonlar toʻgʼrisida muayyan maʼlumotlarni egallash va tasavvurlarni hosil qilish dastavval yaqqol koʻzga tashlanadigan, tashqi koʻrinishi bilan oʻziga tortuvchi, jozibador, maftunkor koʻrgazmali hissiy yoʻl bilan oʻziga tortuvchi obrazlarni idrok qilish ulardagi yangiliklarni yangi koʻrinishi, alomati, rang- barangligi singari unsurlarga ahamiyat berishda namoyon boʻladi. Tuzilishi jihatdan murakkab, mazmun va mohiyatan mavhum bilimlarni ilmiy tushunchalar va atamalar maʼnosini yengilroq tushunish maqsadida odamlar ularni oʻzlashtirish uchun yaqollashtirish uslubini tadbiq etishga odatlanganlar. Ushbu ijtimoiy voqelik (realiya) hodisa bir tomondan ularni tasavvur qilish yoki anglashni tezlashtiradi, ikkinchi tomondan esa aqliy zoʻr berishlikni shaxsiy faollik darajasini susaytiradi.
Hozirgi davr pedagogika fani maʼlum bir yuksalish bosqichiga koʻtarilmoqda. Buning albatta, obʼektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha boʻlishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy qarashlarning oʻzgarishi bilan bogʻliq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha boʻlgan. Demak ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogika fani zamonaviy tus ola boshlaydi. Zamonaviy pedagogika bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda.
Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlar, maʼnaviy qadriyatlarlar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos boʻlmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan yangi tahrirdagi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonunda maqsad koʻrsatilgan. Zero, zamonaviy pedagogikaning bosh maqsadi ham yetuk, yuksak malakali, maʼnaviyatli, maʼrifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Koʻzlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta‘lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, oʻquvchilarni turli kasb -hunar kollejlari, akademik litseylarda tahsil olishlarini taʼminlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qoʻymoqda. Masalan, ushbu oʻquv muassasalari uchun davlat ta‘lim standartiga muvofiq keluvchi milliy oʻquv dasturlari va darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermogʻi lozim.
Oʻquv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham anʼanaviy usullardan farqli oʻlaroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni oʻzlashtirish va ta‘lim jarayonida qoʻllash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida eʼtibor berilgan. Albatta, ilgʻor pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta‘limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik horijiy davlatlarda bundan 30-yillar muqaddam paydo boʻlgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qoʻlga kiritgan. Bugungi kunda pedagogika sohasidagi ilgʻor texnologiyalarni kengroq va chuqurroq oʻzlashtirish, ularni oʻz mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqish zarur muammoga aylandi. Bu muammoni hal etish hozirgi kungacha shakllanib kelgan ta‘lim-tarbiya sohasidagi nazariy va amaliy tajribalarni oʻrganishni taqozo etadi.
Pedagogik texnologiya taʼlim sohasidagi mexanizmlari quyidagilardir:
-taʼlim muassasalarida ijodiy muhit yaratish, ilmiy pedagogik xodimlar orasida tashabbuskorlik va yangilikka boʻlgan qiziqishni orttirish;
-taʼlim sohasidagi ijodkorlikni, yangiliklarni qabul qilish va keng yoyish uchun ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
-izlanuvchanlik faoliyatini ragʻbatlantirish, uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini ishga solish;
-nisbatan istiqbolli yangiliklarni, samarali loyihalarni amalda harakatdagi taʼlim tizimiga joriy etish, toʻplangan yangilik va tajribalarni doimiy haraktadagi umumtaʼlim tizimi rejimiga singdirish.
Shu bois mamlakatimizda taʼlim tizimini takomillashtirish va uni hozirgi zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan jahon andozalari darajasidagi tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanmoqda. Bu vazifalarni hal qilish uchun esa birinchi navbatda oʻquv jarayonini tubdan isloh qilish, unga jahonning rivojlangan davlatlarida keng qoʻllanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izchillik bilan tadbiq etish zarur.
Ilmiy texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning koʻp sonli tarmoqlariga, balki madaniy sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqazo etmoqda.Shu boisdan bugugi kunning dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiya hisoblanadi.
Taʼlim - insonlar faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun taʼlim tizimida inson faoliyati bilan bogʻliq koʻpgina muammolarni hal etish zarur.
Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnik jarayonning oʻzgarishi bilan bogʻliq holda taʼlim nazariyasini yaratish, yaʼni fanni jamiyatning faol, samarali ishlab chiqarish kuchiga aylantirish orqali amalga oshirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh. M. Maktab ta‘limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur. T. 2019-y. 23-avgustdagi videoselektor nutqidan.
2. SH. Mirziyoyev ―Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak‖ 2017-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |