Ruhiy rivojlanish sustlashishning konstitutsional shakli
Bu shaklda garmonik ,qoldiqsiz, ruhiy va ruhiy –fizik infantilizm asosiy o‘rinni egallaydi( ruhiy turg‘un bo‘lmaganlar).
Bu turdagi bolalar o‘zlaridan bir necha yosh kichik bo‘lgan bolalar rivojlanishiga to‘g‘ri keladi.Ularda kayfiyat ko‘tarinki, o‘yin faoliyatida tashabbuskorlik xislatlari saqlangan bo‘ladi.Ta’limdagi qiyinchiliklar asosan intellektual qiziqishlarning va shaxsning butunlay rivojlanmaganligi yaqqol sezilib turadi.( o‘yinga bo‘lgan qiziqishlari ustunlik qiladi). Bolalarda ko‘picha kayfiyat ko‘tarinki, hulq –atvorda hissiy motivlarning ustunligi, hissiyotlarning yuzakiligi, turg‘unsizligi va shaxsiy gipersuggestivligi (moyillikning ustunligi) kuzatiladi.bunday bolalarning hissiy – iroda sohasidagi yetishmovchilik,tana tuzilishidagi o‘zgarishlar bilan birga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |