Xotira va idrok obrazini qiyosiy tavsiflang



Download 0,68 Mb.
bet1/11
Sana09.02.2022
Hajmi0,68 Mb.
#438836
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

18-sonli bilet.



  1. Xotira va idrok obrazini qiyosiy tavsiflang

X otira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi» .
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘ziga xos xususiyati uning atrof-olamni bevosita aks ettirishga yo‘nalmaganligi, moddiy jismlar va hodisalar bilan ish eritmasligidan iborat. Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga oshiriladi. Xotira qabul qilingan obraz va tushunchalarni «ikkinchi aks ettirish» bilan ish ko‘radi.
Har bir bilish jarayoni uzluksiz xotiraga aylanadi, va har bir xotira biror bir boshqa narsaga aylanadi. Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga oshirishning sharti bo‘lib xizmat qiladi (yoki o‘sha jarayonning keyingi bosqichi). Bu uning «ikkilamchi» mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga ega bo‘lishini, jarayonning keyingi rivojlanishi uchun tayanch vazifasini o‘tashi mumkinligini bildiradi.
Xotiraning keyingi xususiyati uning bir yo‘nalishga: o‘tmishdan kelajakka qaratilganligidir. Inson xotirasining asosiy ishlash mexanizmi uning kelajakka yo‘naltirilganligidir. Xotiraning asosiy vazifasi uning kelajakka xizmat qilishidir. O‘tmishni aks ettirish kelajakda natijaga erishishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:
- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni;
- unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;
- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni;
- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;
- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati;
- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.
Xotira qaerda saqlanadi? Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xotiraning saqlanish joyi – bosh miya ekanligiga ishonar edilar. O‘tgan asrda avval xotiradan ko‘tarilgan voqealar haqidagi axborotni o‘timish qa’ridan yuzaga chiqarish qobiliyati uchun javobgar bo‘lgan bosh miya nuqtalarini izlash ishlari boshlab yuborilgan edi. Lekin miya qutisi qancha tadqiq etilmasin, axborot to‘plash va saqlash vazifasini bajaruvchi hech qanday soha aniqlanmadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu vazifani yaxlit miyaning o‘zi, uning yarim sharlari bajaradi.


Idrok — bu inson analizatori yoki analizatorlar sistemasiga bevosita ta’sir etuvchi, narsa va hodisalarning butunligicha yoki ularning turli xususiyatlari o'zaro aloqasining shakllanish jarayonidir. Idrok turli sezgilar asosida shakllanadi. Psixologiyada idrok quyidagilarga ajratiladi: ko‘ruv, eshituv, taktil, ta’m bilish va hid bilish. Idrokning barcha turlarida harakatlanish sezgirligi muhim o‘rin tutadi, biroq bularni inson ko‘pincha idrok etmaydi. Idrok etish- da nutq katta rol o‘ynaydi. Narsa va hodisalarning so‘zlar bilan ta’riflanishi, ular orasidagi mavjud o‘zaro aloqa ta’minlanishini, ab- straksiyasi va umumlashtirilishi idrok etilayotganlarning mazmuni- ni ochishga yordam beradi. Idrokning obyektiv faoliyati inson faoliyatining ilgarilanganli- gidir. Shu bilan birga faoliyat, amaliyot idrokning rivojlanishiga, harakatlarning to‘g‘ri va to‘la aks etishiga yordam beradi. Aqli zaif bolaning ruhiyati o‘ziga xos sistemani aks ettirib, turli nuqsonlar va rivojlanishda orqada qolishlar to‘laligicha faoliyatning ruhiy jarayonlariga ta’sir etadi. Bu holat idrokka ham taal- luqlidir. Aqli zaif o‘quvchiIarning ko‘ruv idroki. Hozirgi kunda eng ko‘p o‘rganilgani aqli zaif o‘quvchilarning ko‘ruv idroki hisoblanadi. Bu — ko‘rish analizatori boshqalariga nisbatan atrof-olam haqidagi turli xil axborotlarni olishga yordam beradi. Eksperimental psixologik uslublarning ishlab chiqilganligi tegishli ahamiyat kasb etadi. Ko'rish orqali idrok etish — juda murakkab ish bo‘lib, bu jara- yonda ko‘pgina qo‘zg‘atuvchilar ko‘zga o‘z ta’sirini ko'rsatadi. Idrok etishda analiz qanchalik aniq bo'lsa, sezish shunchalik si- fatli, kuchli va to'la, aniq bo'lib ular qo'zg'atuvchilarda differensial aks ettiriladi. Sharhlash psixologiyasi — katta, murakkab, oligofren bolalarga nisbatan yaxshi o'rganilmagan bir muammodir. Kuzatishlar kichik sinflarning aqli zaif o‘quvchilarining atrofni sharhlash imkoniyat- lari juda past, bu ularning xulqiga ham ta’sir qiladi. Aqli zaif o‘quvchilarning ko'ruv idroki qator o'ziga xos xususi- yatlar bilan xarakterlanib, bular atrof-olam va uni o'rganishga ta’sir ko'rsatadi. Bu xususiyatlarga obyektni ko'rishni idrok etishning sekinlashishi kiradi. Tajribalarning ko'rsatishicha, bolalarga yaxshi tanish bo'lgan rangli rasmlarni davomiyligi 22 millisekund vaqtni tashkil etgan paytda ko'rsatganda, aqli zaif bolalar bularning biror- tasini bilmagan va to'g'ri ayta olmagan. Ommaviy umumiy o'rta ta’lim maktabining I sinf o'quvchisi shunday sharoitda ko'rsatilgan rasmlarning 57% ni to'g'ri aytadi va taniy oladi. Kuzatish muddatini 42 millisekundga cho'zganda aqli zaif bo- lalardan 55% javoblarni eshitish mumkin. Bunday sharoitda ularning sog'lom tengdoshlarining 95% to'g'ri javob qaytaradi. Ko'rib turganimizdek, aqli zaif bolalarga sog'lom bolalarga nisbatan tanish narsalarni tanib olishi uchun uzoqroq, ya’ni ko'proq vaqt kerak. Bu oligofrenlarga xos bo'lgan analiz va sintez jarayonining sekinlashishi bilan xarakterlanadi. Maxsus tekshiruvlar shuni ko'rsatadiki, aqli zaif o'quvchilarga berilgan masala qiyinlashganda, ularda sensor axborotni qayta ish- lash ancha sekinlashadi. Olingan tahlil natijalari aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion pedagogik ishlarda qo'l kelishi mumkin. Aqli zaif o'quvchilarning maktabda o'qish yillarida ularning ko'ruv idroki sezilarli darajada tezlashadi. Shunday qilib, III sinf o'quvchilariga 22 millisekund vaqtda ko'rsatilgan rasmlarda 27% to'g'ri topiladi. (Ommaviy maktabning III sinf o'quvchilari 100% natija beradi.) Ammo bu vaqtni 42 millisekundga cho'zganda 100% natija beradi. Ushbu ma’lumotlar oligofrenlarning ko'rib idrok etishi tezlashgani haqida xabar beradi, ammo bu III sinf o'quvchilari uchun yetarlicha sekinlashgan. Aniqlanishicha, aqli zaif bolalarning ko'rilishi sodda bo'lgan narsalarni idrok etishi tezlashib, narsalarning ko'rinishi murakkablashsa, ularning idrok etishlari sekinlashadi.
Shaxs tevarak - atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi a`zolariga bevosita ta`sir etib turgan narsa - hodisalarning obrazlarining kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir - biri bilan chambarchas bog`liq. Kishi narsa - hodisalarning ayrim xossalarini sezadi, uni bir butun holda idrok qiladi. CHunki, narsa va xossa bir - biridan ajralgan holda mavjud bo`lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmoq qandni idrok qilinadi, uning shirinligini seziladi. Quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligini seziladi va boshqalar.


  1. Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish