Xotira sirlari !!!!


Semantik – universal bilimlar to’plami, aynan mana shular tufayli biz bir – birimizga o’xshagan xarakatlarni bajaramiz. Episodik –



Download 115,5 Kb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi115,5 Kb.
#269977
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xotira sirlari.!!!!

Semantik – universal bilimlar to’plami, aynan mana shular tufayli biz bir – birimizga o’xshagan xarakatlarni bajaramiz.

  • Episodik – shaxsiy hayotdagi voqealarning esdaligi – bazi insonlarda shunday xotira kuchli rivojlanadi

  • Protsessual – ish qilish tartiblari juda asqotadigan xotiradir.

    Har qanday ta’lim jarayonining asosida neyronlararo sinapslar o’rtasida bog‘lanishlarning hosil bo‘lishi yoki mavjud bog‘lar orqali qo‘zg‘alish o'tishining osonlashishi yotadi. Sinapslardan qo‘zg‘alish o ‘tishining ortishida qo‘zg‘atuvchi mediatorlardan atsetilxolinga alohida e ’tibor berilgan tajribalar qilingan. Tajriba natijalariga ko‘ra shartli refleks hosil qilinayotganda xolinesteraza fermenti faolligining ortganligi aniqlangan, agar xolinesteraza faolligi sun’iy yo‘l bilan susaytirilsa, xotiraning tuzalishi kuzatilgan [3]. Demak, xotira izlarining shakllanishida va mustahkamlanishida mediatorlar va ularni parchalovchi fermentlarning ahamiyati kata.

    Bundan tashqari miyamizda amigdala va gipokampus bor. Amigdala bodomsifat organ bo’lib asosan hissiyotlarni go’yoki ro’yxatga olish bilan band bo’ladi. Gipokampus esa fikrlashdagi emotsiyalarni chiqarib beradi va o’zingizga aloqador bo’lgan shaxsiy va qisqa muddatli xabarlarni uzoq muddatga o’tkazish bilan shug’ullanadi. Ularning ikkalasi xotiramiz uchun o’ta muxim hisoblanadi [2].

    Ko’p yillik tajribalar natijalarida shu narsa ma’lum boldiki, shartli reflekslarni hosil bo‘lishida DNK molekulalarini metillanish darajasi ortib ketadi. Bu o‘z navbatida ayrim genlarning faolligini orttiradi. Bu o‘zgarishlar gippokam va bosh miya yarim sharlarida sezilarli bo‘lib, miyachada unchalik ko‘rinmaydi [1.2].

    Nerv hujayrasining asosiy tuzilmalari oqsil molekulalari hisoblanadi. Shu sababli uzoq muddatli xotirani o‘rganuvchilarning e’tibori neyron oqsillari va ularni fraksiyalarini o‘rganishga qaratilgan. Kabutarlarda o‘tkazilgan tajribalarda o‘rgatish jarayonida miya oqsillarining membranadagi glikoproteidlar ning fraksiyalari ko‘payganligini kuzatiladi [3]. Oqsillarning uzoq muddatli xotirani shakllanishdagi ahamiyatini ko‘rsatuvchi tajriba natijalariga ko‘ra oqsil sintezi to‘xtatilsa, qisqa muddatli xotirani uzoq muddatli xotiraga o‘tishi buzilgan.

    Shunday qilib qisqa muddatli xotirani uzoq muddatli xotiraga o‘tishida oqsillarni ayniqsa membranadagi kislotali oqsillarni va glikoproteinlar ni ahamiyati kata ekan.

    Uzoq muddatli xotirani moddiy asosi sifatida peptidlar ni ham ahamiyati bor. Ular aminokislotalardan tarkib topgan, biroq oqsilga nisbatan soddaroq tuzilishiga ega. Bunday peptidlar shartli reflekslarni hosil bo‘lishini tezlatadi.

    Ularni boshqa organizmlarga yuborilsa orttirilgan malakalarni namoyon etadi. Bu xotirani ko‘chirish masalasiga olib kelmoqda.

    Xotirani ko'chirish. Xotirani ko‘chirishga oid tajribalar alohida ahamiyatga ega. Bu muammo yuzaga kelishi planariyalarda o‘tkazilgan tajribaga bog‘liq. «0’qigan» planariyalarni iste’mol qilgan chuvalchanglarda shartli reflekslarni hosil qilish tezlashgan. Bu tajribalarda xotirani bir individdan ikkinchi individga o‘tish RNK orqaliligi aniqlangan. Umurtqali hayvon miyasi ekstraktini boshqa hayvonlarga yuborish hisobiga xotirani o‘rganish tajribasi natijalari doimo bir xil chiqmagan. Miya ekstraktidan ajratib olingan peptidni aniq ta’sir qilish imkoniyati borligi aniqlanadi. Qorong‘idan qochishga o ‘rgatilgan kalamush miya ekstraktidan ajratib olingan peptid (15 aminokislota) o‘rganilmagan kalamushlarga yuborilsa, ular ham qorong‘idan qochishgan. Bu peptidga skotofobin deb nom berishgan [3]. Sun’iy yo‘l bilan sintezlangan skotofobin ham tabiiyday ta’sir ko'rsatgan. Qorong‘ida qolgan kalamushlarda u stress holatini yuzaga keltirgan. Biroq xotirani ko'chirish konsepsiyasi ko‘pchilik tomondan tan olingan emas. Shunga qaramasdan bu muammoni hal qilish xotira mexanizmlarini hal qilishda zarur boladi.


    Download 115,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish