9. Elektromexanik o‘tkinchi jarayon
deganda nimani tushu-
nasiz?
10. Bog‘lanishlarni chiziqlashtirish maqsadida elektromexa
nik o‘tkinchi jarayonlami hisoblash uchun qanday joizliklar qabul
qilinadi?
11.Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelining
differensial tenglamasini yozib bering.
12. Dvigatelni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulab ishga tushi-
rishda elektromexanik o‘tkinchi jarayon qanday ko‘rinishga ega
bo‘ladi?
V II bob. DVIGATEL Q U W A T IN IT A N L A S H
VA YURITM A ENERGETIKASI
7.1. DVIGATEL Q U W A T IN I TANLASH
Elektr yuritmani loyihalashning asosiy bosqichlaridan biri bu
dvigatel quvvatini tanlashdir. Yuritmani ishonchli va samarali
ishlashi kutilayotgan yuklamaga dvigatel rejimining mos kelishiga
bogiiq.
Ishlash jarayonida dvigatel chulg‘amlari va magnit tizimida
dvigatel haroratini ortishiga olib keladigan
energiya isrofi yuzaga
keladi. Haroratning ortib ketishi izolyatsiyaning eskirishi va
ishdan chiqishiga olib keladi. Harorat izolyatsiya materialining
fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq.
Dvigatel quvvatining ortib ketishi ham maqsadga muvofiq
emas. Katta quvvatdagi dvigatel uning o‘lchamlari va inersiya
momentining ortib ketishiga, natijada o ‘tkinchi
jarayonlaming
cho‘zilib ketishiga olib keladi. Yuklamasi kichik bo‘lgan
assinxron dvigatel qo'shimcha energiya sarfiga olib keladigan
passiv quvvat koeffitsiyenti bilan ishlaydi.
Shunday qilib, dvigatel quvvatini tanlash uchun bir tomondan
dvigatelni to‘la yuklanmasligi va u ishlayotganda harorati joiz
qiymatdan ortib ketmasligi uchun hisoblashlar bajarilishi kerak.
Lekin bu hisoblar nominal quvvati, inersiya momenti, FIK va h.k.
ma’lum bo‘lgan dvigatel uchun bajarilishi darkor. Bu holda
oldindan yuklama grafigi, ya’ni yuritma
mexanizmining ishlab
chiqarish siklidagi tok, moment va tezligining o‘zgarish grafigi
qurilgan bo‘lishi kerak.
Demak, dvigatel quvvatini birdan aniqlab bo‘lmaydi. Avval
mo‘ljallangan quvvatdagi dvigatel tanlanib, so'ng berilgan
shartlar bo‘yicha quvvatni aniqlashga to‘g‘ri keladi.
Bunda har
safar yuritma dinamikasini hisoblab, yuklama diagrammasini
qurishga to‘g ‘ri keladi. Qizish shartlari bo‘yicha tanlangan
dvigatel
o ‘ta
yuklanish
qobiliyati
bo‘yicha
yuklama
diagrammasidagi
yuklama
cho‘qqilariga
qo‘llangan
holda
tekshirilishi shart.
7.2. EL EK TR YURITMALARNING
YUKLAMA DIAGRAMMALARI
Elektr yuritmalami yuklama diagrammalarini qurish dvigatel
quvvati hisobining majburiy bosqichi hisoblanadi.
Faqat yuklama
diagrammasi asosida oldindan tanlangan dvigatelni quvvati ijrochi
mexanizmning ishlash rejimiga va o‘ta yuklanish qobiliyatiga mos
kelishini
tekshirish
mumkin.
Mexanizm
ishining
ayrim
bosqichlarida
tezlik
va
tezlanish
qiymatlarining
haqiqiy
qiymatlarini o‘tkinchi jarayonlarni hisoblagandan keyingina
aniqlash mumkin. Shunday qilib, faqat yuritmaning yuklama
diagrammasigina
tizim
harakatining
haqiqiy
xarakterini
belgilaydi.
Odatda, yuritmaning yuklama diagrammasi ish mashinasining
yuklama diagrammasiga o‘xshamaydi. Ular faqat mexanik tavsif
absolut qattiq, ya’ni sinxron dvigatelning
mexanik tavsifiga
o‘xshagandagina to ‘g ‘ri kelishi mumkin.
Agarda mexanik tavsif ozgina qiyaroq boisa, u holda,
yuritmaning
yuklama
diagrammasi
Do'stlaringiz bilan baham: