§ = Qq-q / Quv
(7.48)
7.6- rasm.
Dvigatelning qaytar-qisqa ish rejimining
ideallashtirilgan grafigi.
bu yerda: QH.V. - dvigatelning uzoq vaqt ishlagandagi isroflar.
xmax-
Qq.q/A
boMgani uchun т/тах= Q
U.JA
bo'ladi,
u holda,
5 = w
/
(7.49)
Harorat eksponensial qonuniyat bilan o ‘zgarishini hisobga
olsak,
5 =
Tm ax
/
X m a x
=
) / ( \ - e ^
),
(7.50)
bu yerda:
£' = a-TtJ ( a ■ Tta + bTt) =a/[a
+
(bTJ
7Vn)] =
=
alia +
p
b),
e1 -
dvigatelni pauza paytida qiyin sovishini hisobga oladigan
nisbiy ishlash davomiyligi.
Qaytar-qisqa ish rejimida dvigatelning nominal nisbiy ishlashi
40% deb qabul qilinadi (eskirgan dvigatellar uchun 25%). Bundan
tashqari kataloglarda e ning 15, 25, 60 qiymatlari uchun quvvat,
tok, tezliklaming qiymatlari berilgan. Standartga muvofiq sikl
davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak.
Real ishlash grafigi uchun quvvatni tanlashda ekvivalent tok
yoki momentning qiymatlari va nisbiy ishlash davomiyligi
aniqlanadi. Aniqlangan nisbiy ishlash davomiyligi katalogdagi
qiymatdan farqli bo‘lganligi sababli dvigatel parametrlarini
topilgan e qiymatiga nisbatan qayta hisoblash zarur.
Bunda asosiy toklar nisbatini
e2
va £/ rejimlar uchun
belgilaydigan
x
=
I2II\
ni aniqlanadi, bu yerda:
-
katalogdagi
rejim uchun; s2 - haqiqiy rejim uchuri.
0 ‘zgarmas isroflami hisobga olmaganda
x =
(7.51)
bu tenglama amalda qoniqarli natija beradi.
Shunday qilib, dvigatel quvvatini quyidagi ketma-ketlikda
aniqlash mumkin.
1. Yuklama diagrammasi asosida dvigatel tanlanadi.
2. Dvigatel va mexanizmning inersiya momentini hisobga
olgan holda dvigatelning yuklama diagrammasi quriladi.
3. Dvigatelning yuklama diagrammasidan tok yoki moment
ning ekvivalent qiymati va e ning haqiqiy qiymati aniqlanadi.
4. Moment yoki tokning ekvivalent qiymati s ning haqiqiy
qiymatini hisobga olgan holda katalog qiymati qayta hisoblanib,
dvigatel qizish sharti bo‘yicha tekshiriladi.
5. Dvigatelni kutilayotgan o‘ta yuklama bilan berilgan
rejimda ishlash imkoniyati tekshiriladi.
Savol va topshiriqlar
1. Elektr
yuritmaning
yuklanish
diagrammasi
qanday
quriladi?
2. Elektr yuritma va ishchi mashinaning yuklanish diagram-
malari bir-biridan nima bilan farq qiladi?
3. 0 ‘zgarmas va o'zgaruvchan sarflar qanday aniqlanadi va u
nimalarga bog‘liq?
4. To‘la sarflar qanday aniqlanadi, ulami kamaytirish yoMlari
nimalardan iborat?
5. Dvigatelni ishga tushirish energiyasi qanday aniqlanadi?
6. Issiqlik muvozanati tenglamasi qanday tashkil etuvchi-
lardan iborat?
7. Dvigatelning issiqlik doimiyligi. qanday aniqlanadi va u
nimalarga bogiiq?
8. Davomiy ishlash rejimi deganda nimani tushunasiz?
9. Qisqa vaqt ishlash rejimida yuklanish diagrammasi qanday
ko‘rinishga ega bo‘ladi?
10. Nisbiy ulanish davomiyligi qanday aniqlanadi?
11. Qaytar-qisqa vaqt ishlash rejimida yuklanish diagrammasi
qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?
12. Davomiy va qisqa vaqt ishlash rejimida dvigatel quvvati
qanday tanlanadi?
13. Qisqa vaqt ishlash rejimida dvigatelning ishlash grafigini
tasvirlang.
14. Qaytar-qisqa vaqt ishlash rejimida dvigatelning ishlash
grafigini tasvirlang.
V III bob. M IKROPROTSESSORLI
EL EK TR YURITMALAR
8.1. M IKROPROTSESSORLI
BOSHQARILUVCHI ELEK TR YURITMALARNING
AFZALLIKLARI VA VAZIFALARI
Har qanday qattiq tuzilishli qurilmalarni va tizimlarni
mikroprotsessorli (MP) boshqarishga almashtirish quyidagi
afzalliklami beradi:
MP - tizim egiluvchanlik xususiyatiga ega. MP tizimning ishi
mantiqiy EHM xotirasida saqlanayotgan dastur bilan aniqlanadi.
Bu tizim tavsifini faqat dastumi o‘zgartirish hisobiga sezilarli
darajada o‘zgartirish imkonini beradi.
MP asosida qurilgan tizimlar anchagina arzon turadi. Bitta
protsessor odatda 75-200 ga yaqin kichik va o‘rta darajada
integrallovchi integral sxemalaming o‘mini bosadi. Buning
natijasida ulanish soni keskin kamayadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklar MP tizimlarini keng
koMamda qo‘llanishiga asos bo‘ladi va 5-10 yil mobaynida elektr
yuritma tizimlarining 85r90% ini MP tizim orqali boshqarishga
o‘tish imkonini beradi.
Elektr
yuritma
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
avto-
matlashtirishning quyi darajasiga mansub. Hozirda elektr
yuritmalami boshqarishda asosan bo‘ysunuvchan rostlash tizimida
muayyan darajada sozlangan analog rostlagichlar qo‘llanilmoqda.
Raqamli tizimlar analog tizimlardan o ‘zining aniqligi va uni
amalga oshirish imkoniyatlari, tashqi muhit ta’siridan saqlanishi,
kuchlanishlaming o‘zgarishiga moyil emasligi bilan ajralib turadi.
Ammo-raqamli tizimlarda axborotlarni qayta ishlash ketma-
ket amalga oshirilishi tufayli, ularning tezkorligi analog tizimga
nisbatan birmuncha past bo‘ladi.
Elektr yuritma boshqarish tizimini tubdan yaxshilash yuqorida
keltirilgan xususiyatlami hisobga olgan holda hamda boshqarish
nazariyasining
zamonaviy
usullaridan
adaptiv
boshqarish,
optimallashtirish, dasturli boshqarishdan samarali foydaiangan
holdagina amalga oshirish mumkin.
Elektr yuritmalami MP boshqarish tizimlarining funksional
vazifalarini quyidagicha ta’riflash mumkin:
- kuchli statik o‘zgartgichlarni boshqarish impulslarini
shakllantirish;
- proporsional
(P),
proporsional-integrallovchi
(PI)
va
proporsional-integro-differensiallovchi
(PID)
boshqarish
algoritmlarini amalga oshirish;
- ko‘paytirish, bo‘lish, kvadrat ildiz chiqarish kabi chiziqsiz
funksiyalami bajarish;
- optimal, adaptiv kabi samarali usulda boshqarish.
Kelgusi
vazifalar
rele-kontaktorli
boshqarish
turlarini
mantiqiy boshqarishga o‘tkazish bilan bog‘liq.
An’anaviy ravishda elektr yuritmalaming bunday qurilmalari
rele-kontaktorli yoki diskret elementlarda tuzilar edi. Har bir
dastgoh yoki mashina uchun o‘zining
boshqarish tizimi yaratilgan edi. Mexanizm va uning
bo‘laklarining holati, boshqarish pultidagi indikator lampalariga
qarab aniqlangan. Bunda turli relelardan, mantiqiy qismlardan
foydalanilgan bo‘Iib, ishlatish jarayonida tuzatish kiritish, tahlil
etish ancha qiyin kechar edi.
Bu esa jihozlaming samaradorligi va ishonchligini pasaytirar
edi.
MP - boshqarish an’anaviy tizimlaridagi yuqorida
ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi.
Shuning uchun MP boshqarishning vazifalari quyidagilardan
iborat.
-parallel tushayotgan axborotlami qabul qilish va ijrochi
elementlarga tarqatish;
- mashina ishlash algoritmiga muvofiq axborotlami real vaqt
masshtabda qayta ishlash;
- ijrochi elementlarga boshqarish signallarini berish;
- qurilma holatini tashhis etish;
- boshqarish tizimini tashhis etish;
- sozlash rejimini ta’minlash.
8.2. M IKROPROTSESSORLI BOSHQARILUVCHI
ELEK TR YURITM ANIN G
FUNKSIONAL SXEMASI
Mikroprotsessorli
boshqarish
dvigatel,
rostlagich,
rostlanuvchi ta’minot manbayi, kuchli o ‘zgartgich, uzatish
qurilmalari moduli darajasida qo‘llanilishi mumkin.
Bunda MPdan modul darajasida boshqarishning mantiqiy va
hisoblash masalalarini yechishda foydalaniladi. Ular tizimga
birlashtirilganda
umumiy
hisoblash
qurilmasi
orqali
boshqariladigan MP - tarmog‘i hosil bo‘ladi.
Masalaning bir qismi qattiq mantiqiy qurilma yordamida
yechilishi mumkin. Elektr yuritmani MP - boshqarish tuzilishi
turli ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. 8.1-rasmda MP
boshqarishli elektr yuritmaning tipik tizimi keltirilgan.
MP - elektr yuritma tuzilishi quyidagi blok va qurilmalardan
iborat:
1 - yuqori iyerarxiyali EHM yoki operator bilan aloqa
qurilmasi (AQ).
2 - apparat vositalari (AV) va dasturiy ta’minot (DT)dan
iborat bo‘lgan boshqaruvchi hisoblash qurilmasi (BHQ).
Apparat vositalari - bu qat’iy kommutatsiya amalga
oshirilgan avtomatdan iborat, maxsus dasturlardan foydalanish
hisobiga o‘ziga xos qo‘llanishga ega bo‘lgan funksional qism
hisoblanadi. Boshqarish tizimida BHQ EHM dan AQ orqali
tushayotgan ko‘rsatmalar asosida 3-8 tizimdagi qurilmalarda
o ‘matilgan xabarchilardan keladigan signallarni va boshqarish
signallarini ishlab chiqaradigan markaziy o ‘rinni egallaydi.
3 - qat’iy mantiqiy qurilma (QMQ) boshqarish apparatlari
ayrim bloklari qat'iy ulangan tizimini tashkil etadi. Bu apparatlar
EHM ishdan chiqqanda jarayonni mustaqil ravishda boshqarishga
xizmat qiladi. Ko‘p hollarda bu bloklar yoki ulaming qismlari
agar tizimdan yuqori tezkorlik talab etilsa, avtomatik ishlash
rejimida ishtirok etadi. QMQning chiqish signallari ta’minot
manbayi (TM) va kuchli o‘zgartqich (K 0 ‘) kirishlariga beriladi.
4 - boshqariladigan kuchli ta’minot manbayi (TM). Chastotali
boshqariladigan elektr yuritmalar uchun TM sifatida tiristorli yoki
tranzistorli boshqariladigan o‘zgartgich qo‘llanadi. Kenglik
impuls o‘zgartgichi (KIO4) - o‘zgarmas tok dvigateli ( 0 ‘TD)
tizimida yoki ventilli yuritmada TM odatda boshqarilmaydigan
to‘g‘rilagich
sifatida
amalga
oshiriladi.
Boshqariladigan
to‘g‘rilagich - dvigatel tizimida TM va K 0 ‘ funksiyalariga ko‘ra
birlashtiriladi. 8.1-rasmda yo‘g ‘on chiziqlar bilan dvigatel va
rekuperativ rejimlardagi energiya oqimi tasvirlangan ingichka chi
ziqlar bilan esa axborot oqimi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |